E.Vohidov. «Hikmatnoma». 3-bet, Toshkent, 1990 y




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

5 E.Vohidov. «Hikmatnoma». 3-bet, Toshkent, 1990 y.
71


chuqur bor, ko‘zingga qara» deb qilgan ishora - tayoqchaga; 
boshqalami yillab ochilgan buloq, ekilgan daraxtga; o'zlaridan 
keyin keluvchilar ham imonli, ilm-ma’rifatli bo‘lsinlar, deb 
ellar, yurtlar o‘rtasida yaxshi bordi-keldilar bo‘lsin, - deb 
solingan masjid, madrasa, yo‘1, ko‘prik, karvonsaroylarga 
o‘xshatadi. 0 ‘zbekman degan har bir insonning o‘z yurti 
kechmishini va hozirini mukammal bilmog'i, o‘z ona tilisining 
zargari - fikriga maqollar bilan ko‘rk berib gapirishini istaydi»,
- deydi о‘zining asarida.
Darhaqiqat, o‘zbek xalqining asrlar davomida «yashash 
darsi»dan to‘plagan boy tajribasi ko‘plab maqollarda o‘z aksini 
topgan. «Har gulning o‘z isi bor, har elning o‘z tusi bor» 
deganlaridek, maqollarimiz xalqimizning turmushi, urf- 
odatlari, an’analari va eng muhimi - o'zbek bolasining qanday 
kishi bo‘lishi va qanday kishi bo‘lmasligi kerakligi haqida ibrat 
va o‘maklar jamlangan ma’naviy- madaniy merosdir.
Milliy-madaniy, siyosiy, iqtisodiy, pedagogik turg'unlik 
o'zbek millati hayotida nimalarda aks etdi? Eng awalo, milliy 
o‘zlikni anglashning, milliy tashabbuskorlikning, millatdagi 
yaratuvchilik quwatining ancha so‘ndirilganligida, ilm-fan 
jabhalarida orqada qolishda namoyon boidi.
Biroq Turkistonda jadidchilikka barham berildi. Bunga 
sabab bir tomondan, ulaming maqsadini to‘g‘ri tushuna 
olmagan Buxoro amiri, ikkinchi tomondan, jadidchilardan 
inqilobiy harakat deya cho‘chigan chor Rusiya amaldorlari 
boisalar, uchinchidan, jadidchilikni Islomga dushman bir 
harakat deb tushungan, uning asi mohiyatini anglashni 
istamagan mutanosib dindorlar edi. Mutanosib ruhoniylar 
yoshlami milliy-zamonaviy tarbiya yo‘li bilan mustam- 
lakachilikdan ozod qilish maqsadida intilgan jadidchilar - 
Mulla Nafas, Zinhoriy, Avliyoqo‘li, Miskin, Ibrat, Komil 
Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo'ja Behbudiy, Fitrat,
72


Zohiriy, Tavallo, Zavqiy, Cho'Ipon, Avaz 0 ‘tar, Avloniy, 
Hamza, Ayniy, Qodiriy va boshqa ma’rifatparvarlarfli kofir deb 
e’lon qildilar.
Shuningdek, go‘zallikni tushunish, san’at, adabiyot, 
tasviriy san’at turlari, san’at turlari, tili, bayramlari, 
pazandaligi, maqollari, qomat tutishi, kiyinishi, ibosi, imo- 
ishoralari, tabassumi, uyqusi, xayoli, ta’zimi, marosimlari, xalq 
ijodiyoti, ta’bi, didi va boshqalarda an’anaviy « 0 ‘zbekchilik» 
aks etib turadi. Buning bosh sababi - tarbiyaning ana shu 
xususiyatlarga tayanishida - milliy, madaniy mohiyatga 
egaligidadir.
0 ‘zbek xalq milliy tarbiyasining yuqorida keltirilgan ilmiy 
talqini bizga quyidagi xulosalami chiqarish imkonini beradi:
- o‘zbek xalqining milliy tarbiyasi, tarixi turkiy qabilaviy, 
urug‘ va elatlar tarbiyaviy tizimlarining tadrijiy umumlashuvi, 
rivojlanishining tarixi demakdir;
- qabilaviy, milliy tarbiya nuqtai nazaridan insonning 
qandayligi undagi so‘z, niyat (fikr) va ish birligiga tayanuvchi 
uchlik asosida baholangan;
- Islom dini Markaziy Osiyo xalqlarining millatlararo 
muloqot madaniyatining umumiy manbasi, umuminsoniylikka 
va birlashishga yo‘naltiruvchi tarbiyaviy omil vazifasini bajardi 
va bajarmoqda.
Milliyiik tarbiyaning obyektiv xususiyati bo‘lganligi 
tufayli avloddan-avlodga yetkazilib kelindi, yo‘qolmadi.
Yosh avlodning ma’naviy madaniyatini yuksaltirish 
qadriyat atamasi keng tushuncha bo‘lib, ma’lum voqeiylikdagi 
hodisalami insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash 
uchun ishlatiladi. Inson faoliyatidagi, jamiyatdagi rang-barang 
narsalar, tabiat hodisalari, mavjud qadriyatlar uchun obyekt 
sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Demak, u insonning 
kundalik hayotida, uning qiziqishi, ongining shakllanishida
73


muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, qadriyat «obyekt va 
subyekt o‘rtasidagi O‘zaro muloqotning natijasidir».
Bu tushunchaning mohiyatida voqeiylikdagi muayyan 
hodisalaming ijtimoiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ifodasi 
yotadi. Demak, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan 
narsalar (shuningdek, tabiat, ijtimoiy hodisalar, inson xatti- 
harakatlari va madaniy hodisalardan iborat bo‘lib, kishilaming 
talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida munosabat, o‘zaro 
ta’sir atrof-muhit bilan, insonlar bilan natijasida vujudga 
keladigan holatdir.
Qadriyatlaming falsafiy tasnifga ko‘ra murakkab ichki 
qurilishiga ega bo‘lib, tashqi olamning ifodasi (ashyolar, 
narsalar, voqealar, xatti-harakatlar), fikrlash mahsuli (g‘oyalar, 
timsollar, nuqtai nazarlar)dan iboratdir. Bu ichki qurilish 
qadriyatlar xarakteri (moddiy va ma’naviy), amal qilish 
qamroviga ko‘ra, o‘quvchi ma’naviy madaniyatiga, uning 
ma’naviy ehtiyoji, talabi, qiziqishi asosida ta’sir etadi. 
Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga boiinib, turmush- 
ning barcha tomonlarini qamrab olgan. Faylasuf olimlar 
qadriyatlami xarakteriga ko‘ra turlicha tasnif etadilar. Bir 
guruh olimlarning fikrlariga ko‘ra, ular «hayot qadriyatlari» va 
«madaniyat qadriyatlari»dan iborat. Ikkinchi guruhdagilar esa 
madaniyatning an’anaviy boiinishig'a asoslanib, qadriyatlami 
ham «moddiy» va «ma’naviy» tarzda tasnif etadilar. Uchinchi 
guruh tasnifda qadriyatlar «moddiy», «ma’naviy» va «ijtimoiy- 
siyosiy» tarzda ifodalanadi.
0 ‘quvchilaming ma’naviy madaniyatini shakllantirishda 
ikkinchi guruh tasnifga asoslash maqsadga muvofiq. Chunki 
hozirgi jamiyat talabiga javob beruvchi o‘quvchida har ikkala 
gurnhga xos qadriy sifatlar mujassam bo‘lmog‘i lozim. 
Ma’naviy 
qadriyatlar o‘quvchi ma’naviy 
madaniyatiga 
xarakteri, qamrovi, shakl va mazmuniga ko‘ra ta’sir etadi.
74


Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar manfaatiga mos 

Download 5,2 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



E.Vohidov. «Hikmatnoma». 3-bet, Toshkent, 1990 y

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish