Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yo‘llari va vositalari




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yo‘llari va vositalari
Ma’naviy-axloqiy tarbiya yoshi va o‘quvchining to‘g‘ri 
yo‘nalish olish uchun hal qiluvehi ta’sir ko‘rsatadigan muhtini 
ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati 
jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning yo‘1 va 
usullari o‘quvchilarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni 
tashkil qilishda alohida xususityaga ega. Ushbu yoilam i ko‘rib 
chiqaylik. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy 
vazifalarni bajaradi: inson hayoti va madaniyatining axloqiy 
qadriyatlari to‘g‘risida keng tasawur beradi.
Axloqiy tasawurlar, qarash, mulohaza, baho berishni 
shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqod shakllantirishga 
ta’sir ko‘rsatadi:
- o‘quvchilarni o‘zlarining axloqiy tajribalarini mushohada 
qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
- turli manbalardan axloq to‘g‘risida olingan bilfmlami 
to‘g‘rilaydi;
- shaxsning o‘zini axloqiy tarbiyalashga yordam beradi.
Ma’naviy-axloqiy bilim, asosan axloq to‘g‘risidagi
suhbatlar, ma’ruzalar, tanlangan mavzuga oid kechalar, turli 
kasb namoyondalari bilan uchrashuvlar, anjumanlar va boshqa 
uchrashuvlar bilan amalga oshiriladi.
Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda o‘quvchilaming 
yosh xususiyatlarini, ulaming shaxsiy axloqiy tajribalarini, 
axloqiy me’yorlar to‘g‘risidagi xabardorlik darajasini axloq 
sohasidagi o‘zlashtirgan bilimlarining axloqiy talablari bilan 
munosabatini hisobga olish zarur.
Shaxsning 
axloqiy rivojlanishi 
axloqiy 
ehtiyojlami 
shakllantirishni o‘z ichiga oladi: mehnatga, muloqotga, 
madaniy qadriyatlami o‘zlashtirishga, bilish qobiliyatini 
rivojlantirish va boshqalarga ehtiyoj seziladi. Bu ehtiyojJar
59


o‘quvchilar faoliyati va munosabatlarining real tajribasida 
rivojlanadi. Ko‘p qirrali faoliyat jarayonida xatti-harakatning 
ijtimoiy fbydali k~o‘nikmalari, axloqiy odatlar, barqaror 
munosabatlar shakllanadi.
Har qaysi rol muayyan axloqiy-psixologik xususiyatni 
taqozo etadi. Har qanday ijtimoiy rol eng muhim axloqiy ilm 
olishni talab qiladi; onglilik, mas’uliyat, mehnatsevarlik, 
yordam ko‘rsatishga tayyorlik, o‘zining shaxsiy qiziqishlari 
bilan harakat qilish. Demak, ijtimoiy majburiyatlami ongli 
qabul qilish u yoki bu vazifalami va uni amalga oshirish 
yo‘llarini o‘zlashtirishda kuchli ta’sir qiluvchi asos bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin.
Axloqiy ehtiyoj ni shakllantirish va amaliy faoliyat 
o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud. Biroq axloqiy va obyektiv 
ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat har doim ham o‘quvchida 
istalgan ehtiyojni tug‘diravermaydi.
M&hnat faoliyati axloqiy tarbiyada boshqa omillardan 
foydalanilmaydigan taqdirda muhim yutuqlarni bermaydi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida axloqiy odatlar alohida 
o‘rinni egallaydi. Chuqur o‘zlashtirilgan axloqiy me’yorlar 
bilan belgilanuvchi xatti-harakat odatning ma’naviy sababining 
barqaror ko‘rsatkichidir.
Odatlar o‘zlashtirilgan xatti-harakatni ishlab chiqarish 
yo‘llaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha axloqiy 
odatlar insonparvarlik, mehnatga mas’uliyat bilan yondashish 
tuyg‘ularini shakllantirish uchun zarurdir. Odatlar shartli 
ravishda oddiy va murakkabga bo‘linadi. Oddiy odatlar 
deyilganda 
ijtimoiy 
turmushning 
elementar 
qoidalari, 
belgilangan intizom me’yorlari va muloqot madaniyati asosida 
yotgan ishlar va harakatlar ko‘zda tutiladi.
Murakkab axloqiy odatlarga fuqarolik, mehnat oilaviy 
burchlarini, axloqiy xatti-harakatlarini vijdonan bajarishga
60


boigan ehtiyoj kiradi. Axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi 
xatti-harakatlami odatga aylantirishdir. Axloqiy odatlami 
tarbiyalashga qo‘yiladigan pedagogik talab o‘quvchining fe’l- 
atvori va ongining birligi va o‘zaro aloqasiga asoslanadi.
U yoki bu odatni tarbiyalashdan oldin, o‘quvchini ijobiy 
odatlami egallash va salbiy odatlarga barham berishga moyil 
qilish lozim. Ma’naviy-axloqiy odatlami tarbiyalash o‘quvchi 
fe’l-atvorining ijobiy dalillari asosida amalga oshiriladi.
Odatlar izchillik bilan oddiydan nisbatan murakkabga 
qarab tarbiyalanadi, u o‘z-o‘zini nazorat va tashkil qilishni 
talab qiladi.
Axloqiy odatlami tarbiyalashda o‘quv yurtining umumiy 
muhiti katta ahamiyatga ega. An’analar, jamoa qonunlari bilan 
qoilab-quwatlanayotgan fe’l-atvoming shakllanish usullari 
o‘quvchilar tomonidan yengil o‘zlashtiriladi. Fe’l-atvor 
tajribasini tashkil qilish, asosan barqaror ijobiy ta’sir 
vositalarini yaratishdadir.
Axloqiy 
me’yorlami 
o'zlashtirish 
insonning 
bu 
me’yorlariga emotsional munosabati bilan boyiydi. Axloqiy 
me’yomi ma’lum ma’noda u yoki bu xatti-harakatni keltirib 
chiqarishga undovchi sabablar ham belgilaydi.
Axloqiy tuyg‘u, axloqiy iztirob va munosabatlar qat’iy 
shaxsiy ma’naviy qiyofaga ega. Ular insonni oliyjanob harakat 
va niyatlardan qoniqtiradi, axloqiy me’yorlami buzganlarida 
vijdon azobiga soladi. Bolalik yoshi tuyg‘ulaming rang- 
barangligiga muhtoj va tarbiyachining boladagi tuyg‘ular 
obyektiga ijtimoiy zarur yo‘nalish bera bilishdir.
Psixologlaming aniqlashlaricha, kichik maktab yoshi 
axloqiy talab va me’yorlami o‘zlashtirishga moyilligining 
yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu shaxs rivojlanishga o‘z 
vaqtida axloqiy poydevor qo‘yish imkonini beradi. Kichik 
yoshda shaxsning axloqiy rivojlanisbini belgilovchi tarbiyaning
61


mohiyati bolaning hissiy hozir javobligiga tayanuvchi 
insonpaVarlik 
munosabat 
va 
o'zaro 
munosabatlarini 
shakllantirishdan iborat.
0 ‘smirlik yoshida yaqin atrof-muhitini 
o‘zlashtirishda 
muayyan tajriba paydo bo'ladi, tengdoshlar bilan barqaror 
aloqalar o‘matiladi, o‘z-o‘zini anglash, xususiy shaxsini 
tasdiqlashga ehtiyoj kuchayadi. 0 ‘smir atrofdagi kishilar 
namunasiga ergashadi, ideal axtarish, o‘z mavqeini belgilash 
vositasini tanlashga intiladi.
0 ‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish, o‘z o‘mini topish 
ehtiyoji o‘spirin uchun xarakterli xususiyatdir. Bu ehtiyoj inson 
shaxsiga qiziqish, insonlaming ishlariga, ulaming asoslangan 
doirasiga tahliliy yondashish tuyg‘ularini shakllantiradi.
0 ‘z-o‘zini anglash hissiyoti rivojlanishning ma’lum 
bosqichida o'spirinda hayotda o‘z o‘mini topish ehtiyoji paydo 
bo‘ladi. Bu ehtiyoj shaxsning ijtimoiylanuvchi jarayoni, 
ilgarigi hayotiy tajribasi, ruhiy va jismoniy rivojlanishining 
o‘ziga xos xususiyatlari qanday o‘tishiga bog‘liq ravishda 
nihoyatda qarama-qarshilikda namoyon bo‘ladi.
0 ‘z mavqeini belgilashga intilish o‘spirinlik vaqtida tez-tez 
namoyon bo‘lib turadigan faol mustaqillikning o‘sishi bilan 
qo‘shilib 
ketadi. 
Hozirgi 
o‘quvchilaming 
intellektual 
rivojlanishi ayrim hollarda, eng avvalo, atrofdagi odamlar bilan 
o‘zaro munosabat va o‘zaro ta’sirda oliy ma’naviy tuyg‘u va 
axloqiy xatti-harakat tajribasida o‘zib ketadi.
0 ‘smirlik va o‘spirinlik yoshi tarbiya uchun qiyin davr 
hisoblanadi, holbuki, agar tarbiyachi o‘quvini, oilasini, uning 
rivojlanishida yuzaga keladigan qiyinchiliklaming xarakterini 
bilsa, bu qiyinchiliklaming oldi olinishi mumkin.
Ta’lim muasssasalari o‘smimi oilaviy hayotga Tayyorlashi 
lozim. Mana shunday tayyorlashning muhim vositalaridan biri 
yaxshi tashkil etilgan tarbiyadir. Jinsiy tarbiya axloqiy
62


tarbiyaning elementidir. Uni to‘g‘ri amalga oshirish shaxsning 
garmonik rivojlanishi. uning axloqiy sOgiomligi uchun katta 
ahamiyatga ega.
Uzluksiz ta ’limni insonparvaHashtirishda yuqoridagi tarbiya 
funksiyalari muhim ahamiyatga ega
6-shakl.
63


Buyuk 
bobokalonimiz 
Amir 
Temir 
har 
vaqt: 
«Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulugiaydi», 
degan hikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va hayotda 
o‘zlari ham amal qilgan. Shuni aytish kerakki, Amir Temir 
odob-axloq, imon, e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o‘zi 
yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. 
Bunga ishonch hosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan 
yaratilgan odob va axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand- 
nasihatlarni o‘qib chiqish kifoya.
Aqliy tarbiya - tabiatdan berilgan aqliy kuchlar, sezgilar 
ruhiy holatlar, biluvchanlik va faoliyat erkinligini rivojlantirish 
natijasida insonda mustaqil fikr yuritib, oldiga maqsad qo‘ya 
olishi hamda ko‘zlagan maqsadiga erishish qobiliyatini 
shakllantirishdir.
Axloqiy tarbiya - odamlami oilada, mehnat jamoasi 
hamda keng jamoatchilik ichida va umuman, har joy da 
bo‘ysinishi va o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan, umuminsoniy 
qadriyatlarga 
asoslangan 
axloq 
va 
odob 
qoidalarni 
o‘zlashtirishdir.
Jismoniy 
tarbiya 
-
insonning 
hamma jismoniy 
xususiyatlarini; 
anatomik, 
fiziologik 
sistemalarini 
har 
tomonlama 
rivojlantirish, 
sogiom
hayot kechirishning 
afzalliklari, 
shart-sharoitlari, 
asoslari 
hamda 
jismoniy 
ma’naviy atining zaruriy elementlarini shakllantirishdir.
Ruhiy tarbiya - insonning aqliy, jismoniy va ijtimoiy 
mohiyatini oshirib borib, uning barcha qobiliyatlarini tinmay 
tarbiyalab, ishonch kuchini oshirib borishdir.
M ehnat tarbiyasi - mehnatning mohiyati, uning inson 
ruhi va ongini chiniqtirishdagi ahamiyatini amalda ko‘rsatib 
berish. Mehnatsevarlik qobiliyatini rivojlantirish, ishlab chiqa- 
rish vositalari bilan ishlashga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik va 
ishga ijodiy yondashish xususiyatlarini shakllantirishdir.
64



Download 5,2 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yo‘llari va vositalari

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish