M hamdamova




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

Mehnatsevarlik. Bu axloqning eng muhim tarkibiy 
qismlaridan biridir. Mehnatga mas’uliyatli munosabatning 
asosiy begilari: beg‘arazlik, mehnat majburiyatlariga ongli, 
mas’uliyatli 
yondashish, 
intizomlilik, 
ijodiy 
izlanish,
56


tashabbus, faoliyat natijalarini oldindan ko‘ra bilish va 
mustaqil qaror qabul qilish, jamoatchilik hamkorligi
o‘rtoqlariga yordam 
ko‘rsatishga 
tayyorgarlik, 
mehnat 
kishisining qadr-qimmati tuyg‘usini rivojlantirish.
Ongli intizom. Ongli intizom axloqning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Intizom deganda burchni bajarish - shaxsiy va 
ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik majburiyatlarini kam- 
ko‘stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga jamiyat 
qabul qilgan xatti-harakat me’yorlariga amal qilish tushuniladi.
Intizom ma’naviy va siyosiy hodisadir. U qandaydir 
alohida intizomiy tadbirlaming natijasi emas, balki tarbiya 
natijasidir. Ongli intizom nuqtai nazar va e’tiqoddan о‘sib 
chiqadi. 0 ‘quvchilami intizomlilikni tarbiyalash ulaming 
e’tiqodini shakllantirish, umumiy madaniyatini o‘stirish, 
muntazam mehnatga va vazifasini qat’iy bajarishga o‘rganish 
bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Axloqiy tarbiyaning mazmuni, awalo o‘quvchilaming 
amaliy faoliyatlarida, o‘qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, 
ulaming munosabatlari xarakterida, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish 
usullari, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishlarida namoyon 
boiadi.
Axloqiy tarbiyaning mazmuni o‘quv dasturlari va 
darsliklarga joylangan boiib, u o‘quv jarayonida amalga 
oshiriladi.
Axloqiy ideal hayotiy rejalar va xulq-atvor namunalarida, 
hayotiy nuqtai nazarlarda namoyon boiadi. 0 ‘quvchilar 
tasawurida barkamol shaxs va uning jamiyat bilan 
munosabatlarida amalga oshiriladi. Bu tasawur umumlashgan
saylangan, 
axloqiy 
faoliyatning 
dasturi 
ko‘rinishlarida 
namoyon boiishi mumkin.
Axloqiy 
ideal 
o‘quvchilaming 
hayotiy 
rejalarini 
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ideal va hayotiy
57


rejalaming o‘zaro bir-biriga ta’siri o‘quvchilaming axloqiy 
tuyg‘u va irodasi, o‘z-o‘zini attglashining rivojlanish darajasi 
bilan bog‘liqdir. Axloqiy ideallar o‘quvchilaming jamiyatning 
ijtimoiy qadriyatlari tuyg‘usidagi tasawurlarini aks ettirish 
barobarida bevosita ulaming kasbiy intilislilari bilan bog'liqdir.
0 ‘spirinlik va ayniqsa, ilk o‘smirlik yoshlarida o‘quvchilar 
boshqa kishilaming asosiy xatti-harakati va ishlarini tahlil 
qiladilar, 
oqibatda 
shakllangan 
qarashlarini 
o‘zgartirish 
qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqiy namunalami 
o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir qiladi.
Har qanday ijtimoiy me’yor-siyosiy, huquqiy, axloqiy 
xulq-atvomi tartibga solish vazifasini bajaradi. Huquqiy va 
axloqiy me’yorlaming o‘ziga xoslik va o‘zaro aloqadorlik 
tomonlari nimada?
Axloqiy dunyoqarash tegishli yurish-turish me’yorlari 
bilan chambarchas bog‘langan. Huquqiy sohada har qanday 
qarashlar huquqiy normalarda mujassamlashavermaydi. Shu 
bilan birgalikda axloqiy me’yor inson faoliyatining barcha 
sohalarini qamrab olib, huquqiy qonunlarga nisbatan ancha 
keng tarqalgan.
Axloqiy me’yorlaming ta’sirchanligiga tartibga solish 
mexanizmlari vositasida erishiladi. Ular yordamida me’yoriy 
talablar shaxsning ichki zararuriy munosabatlariga, uning 
axloqiy sifatlariga aylanadi.
Shunday 
qilib, 
axloqiy 
sifatlami 
shakllantirish 
tarbiyachining axloqiy ong, axloqiy tuyg‘u va axloqiy fe’l- 
atvomi ko‘zda tutgan holda shaxsga butunligicha yondashish 
tizimi orqali amalga oshiriladi.
58



Download 5,2 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish