M hamdamova




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

To‘rtinchidan, ta’lim va tarbiyaning uzluksiz jarayoni 
insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlanishining nazariy va 
metodik jihatlari shu sohada mehnat qilayotgan kadrlaming 
ongi va qalbidan o‘rin olish kerak. Ular ta’lim-tarbiyani 
«Ta’lim to ‘g‘risidagi» Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturini amalga oshirish bo'yicha belgilanadigan yaqin va 
uzoqqa mo‘ljallangan tadbirlarda, o‘quv rejasi va dasturlari, 
test savollari tuzayotganida, darslik, qo‘llanmalami yaratganda 
va boshqa shu kabi ta’limiy ishlarda ulaming mazmuni 
insonparvarlik g‘oyasi bilan, milliy g‘oya va mafkura bilan 
sug‘orilgan boiishiga asosiy e’tibomi qaratishlari darkor 
bo‘ladi. Bunday maqsad va vazifalami ro‘yobga chiqarish 
hamda ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish uchun 
quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
1) respublikada m a’naviy-axloqiy muhitni milliy zaminda 
sog‘lomlashtirishda ta’limning ustuvorligi tamoyili;
2) ta’lim va tarbiyaning uzluksizligi va bir-biridan 
ajralmaslik tamoyili;
3) ta’lim 
va 
tarbiyada 
oila 
va 
mahalla jamoasi 
mas’uliyatini oshirish tamoyili;
4) ta’lim jarayonida tarbiya samaradorligini va tarbiyalash 
jarayonida ta’lim qadriyatini oshirish tamoyili;
5) ta’lim-tarbiyani 
dunyoviy 
tasnifda 
shakllantirish 
tamoyili;
6) o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarida ustoz-shogirdlikni 
hamkorlik pedagogikasi talablari asosida qaror toptirish 
tamoyili;
7) o ‘quv dasturlari va qo‘llanmalami, darsliklami, boshqa 
yordamchi o‘quv adabiyotlarni, ta’limning texnik vositalarini
46


zamon talablariga muvoflq muntazam yangilab borish tamoyili;
8) ta’lim-tarbiya jarayonlari va vositalarini davr talabiga 
muvofiq muntazam yangilab borish, tegishli axborot bilan 
ta’minlash va ularga milliy g'oyani singdirish tamoyili;
9) talabalar bilimlarini, professor-o‘qituvchilar mahoratini 
baholash va rag'batlantirishda uzviylashtirish tizimidan 
foydalanish tamoyili;
10) ta’limni jahon andoza-standartlari va ko‘rsatkichlari 
darajasiga chiqarish tamoyili va boshqalar.
Bu tamoyillaming har birini alohida izohlab, sharhlab 
o ‘tirishning zarurati bo‘lmasa kerak. «Ta’lim to‘g‘risidagi» va 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonunlarida ham bular 
ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim jihatlari sifatida 
qaralgan.
Muhimi, bu tamoyillami ta’lim-tarbiya tizimiga joriy 
etishda va asosiy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishda 
asrlar mobaynida shakllangan ilg‘or an’analarga, qadriyatlarga 
suyanish, ilg‘or mamlakatlaming tajribalarini ham qo‘llash, 
ulardan samarali foydalana bilishdadir. Talaba-o‘quvchilarni 
zarur bilimlar va boy axborot bilan ta’minlash, tegishli kasb- 
hunar malakalarini berish masalaning bir tomoni bo‘Isa, 
bo‘lajak mutaxassisning ma’naviy-axloqiy jihatdan ham 
barkamol shaxs sifatida shakllanishini, umummadaniy saviyasi, 
ongi va dunyoqarashining keng, chuqur, sermazmun boiishini 
ham ta’minlash masalaning у ana ham muhim tomonidir. 
M a’naviyati, imon-e’tiqodi sust, madaniy saviyasi past, ongi va 
dunyoqarashi 
to ia
shakllanmagan 
kimsaga 
zamonaviy 
bilimlami, nozik kasb-hunami ishonish xavflidir.
Keyingi yillarda uzluksiz ta’lim jarayonlariga yangi-yangi 
fanlar, maxsus kurslar kiritildi. Masalan, «Ma’naviyat 
asoslari», «Madaniyatshunoslik», «Huquqshunoslik», «Dinshu- 
noslik», «Odobnoma», « 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘rga-
47


nish», «Siyosatshimoslik», «Demokratik jamiyat qurish 
nazariyasi va amaliyoti», «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy 
tushuncha va tamoyillar», « 0 ‘zbekiston tarixi», «Lotin 
imlosiga asoslangan yangi o‘zbek imlosi va qoidalari» va 
hokazolar.
Ijtimoiy-gumanitar blokda aw aldan o‘qitilib kelinayOtgan 
an’anaviy fanlar bilan bir qatorda bu fanlar ham bevosita 
talabalar ongi va dunyoqarashini shakllantirishga, boyitishga, 
ularda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning takomillashuvini, 
vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg‘ularining mustahkam qaror 
topishini ta’minlashga qaratilgandir. Bu fanlar ijtimoiy- 
iqtisodiy 
va 
gumanitar 
fanlar 
tizimini 
yana 
ham 
mustahkamladi, boyitdi, ta’lim muassasalarida gumanitar va 
insonparvarlik 
ta’limining, 
ma’naviy-axloqiy 
tarbiya 
jarayonlarining ustuvorligi uchun muayyan zamin b o id i. Shu 
o‘rinda ta’kidlash lozimki, mazkur fanlaming mavjud 
mazmun-mundarij asi 
hanuzgacha 
ta’limni 
insonparvar­
lashtirishga to iiq xizmat qilmayotir. Shu sababli, bu fan va 
kurslaming mazmun mundarijasiga insonparvarlik g‘oyalari va 
mohiyatini yanada chuqurroq singdirish lozim.
Ta’lim-tarbiya 
jarayonlarini 
insonparvarlashtirishga 
qaratilgan tadbirlarda hisobga olinishi zarur bo‘lgan yana bir 
jihat mustaqillik yillarida mamlakatimizda yuzaga kelgan 
milliy 
shart-sharoitlami, 
dunyoda 
sodir 
bo‘layotgan 
mafkuraviy-siyosiy jarayonlami, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy- 
tarixiy 
voqea-hodisalarni 
e’tibordan 
soqit 
qilmaslik. 
Zamonaviy kadrlami tayyorlashda mamlakatimiz ichkarisiga 
va tashqarisida qaror topgan va о ‘ sib-o ‘ zgarayotgan real muhit 
beradigan oziqlardan unumli va samarali foydalanish zarur. 
Chunki har bir shaxs o‘zi tarbiya topgan, shakllangan 
muhitning farzandi hisoblanadi. Bizning milliy-ma’naviy 
qadriyatlarimiz, moddiy imkoniyatlarimiz, hududiy-jog‘rofiy
48


muhitimiz kishilarimizda muayyan ong va dunyoqarashni 
shakllantirish va qaror toptirish tamoyillarimiz, ulaming boy 
ma’naviy-ruhiy imkoniyatlarini ishga solish bobida o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega b o iib , masala o‘ziga xos yondashuvlami 
ham talab qiladi. M a’lumki, mamlakatimizning sharqiy 
chegaralari ijtimoiy-siyosiy ixtiloflar ro‘y berayotgan 
va 
fuqarolar urushi uzoq yillardan beri davom etib, oqibatda diniy 
ekstremi'zm, terrorchilik, milliy nizolar avjiga chiqqan 
Afg‘oniston va Tojikiston kabi notinch davlatlar hududlari 
bilan tutashgan. U mamlakatlar aholisi ko‘p vaqtlardan buyon 
bir-biriga qarama-qarshi guruhlar, siyosiy kuchlar ta’sirida 
bo‘lib, dahshatli urushlar girdobiga tortilib, ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy taraqqiyotdan uzilib qolmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, giyohvand moddalaming mamlaka- 
timizda ma’lum darajada tarqalishiga va bundan kelib 
chiqadigan 
salbiy hodisalami giyohvand moddalaming 
g‘ayriqonuniy aylanishi va bu bilan bog‘liq jinoyatlaming 
tobora ortib borishiga sabab boim oqda. Respublikamizda 
narkotik moddalaming g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi 
kurashish bo‘yicha tegishli tadbirlami amalga oshirmoqda, 
fuqarolarimizni giyohvandlik, OITS (SPID) kabi kasal- 
liklardan muhofaza etish choralarini ko‘rmoqda. Uzluksiz 
ta’lim tizimida «Giyohvandlikka qarshi kurash» 10 soatlik 
maxsus kursi va «Talaba-o‘quvchilar orasida OITS (SPID) 
tarqalishining oldini olish» 10 soatlik maxsus kursining joriy 
etilishi ham respublikamiz aholisining, jumladan, talaba- 
yoshlaming salomatligini muhofaza qilishga, ularda siyosiy 
hushyorlikni, 
jahonda 
kechayotgan 
siyosiy-mafkuraviy 
jarayonlarga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash va 
shakllantirishga qaratilgan tadbirlardandir.
Yoshlaming insonni borliqning eng oliy qadriyati sifatida 
idrok etishi, o‘zlashtirishi va chuqur anglab yetishini
49


ta’minlash, bo‘lajak mutaxassis sifatida ulaming har bir 
ixtisoslik va ijtimoiy faoliyatda bunga amal qilishga erishish 
lozim.
Bugungi kunda bu vazifalar butun dunyo miqyosida sodir 
bo'layotgan - jamiyatni insonparvarlashtirish jarayonining 
tarkibiy qismi va muhim vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, ta’limni insonparvarlashtirish 
oliy va o ‘rta maxsus o‘quv yurtlarida pedagogik faoliyatni 
talaba shaxsini takomillashtirishning ustuvorligiga yo‘naltirish, 
uning ijodiy qobiliyatini o‘stirishga, erkinlik va huquqlarini 
kengaytirishga, ma’naviy-axloqiy qiyofasi va fuqarolik ongini 
kamol toptirishga qaratishdan iboratdir.
Ta’limning maqsadi talabalaming turli-tuman qiziqishlari 
doirasini, bilishga bo‘lgan intilishlari va imkoniyatlarini, ilmiy, 
ijodiy, umummadaniy saviyasi, qobiliyatlari va iqtidorini 
aniqlashdangina iborat bo‘lmay, balki ulami tarbiyalash va 
o‘stirishga ham qaratilishi zarur.
Buning uchun bir qator aniq vazifalami belgilab olish 
maqsadga muvofiqdir:
- talaba-yoshlaming inson sifatida sha’ni va or-nomusini, 
haq-huquqlarini hurmat qilish, ularga munosabatda bo‘lishda 
o ‘zaro hamkorlik tamoyillarining ustuvorligiga rioya qilish;
- ulaming har tomonlama keng va chuqurroq, ko‘proq 
bilim olishlari uchun o‘z shaxsini ham jisman, ham aqlan va 
ruhan taraqqiy ettirishlari, o‘z ichki va tashqi imkoniyatlarini 
erkin namoyon etishlari uchun sharoitlar yaratish va 
qayg‘urish;
- talabalar o‘quv yurtida o‘zlarini erkin va ozod his 
etishlari, hech kimning shaxsiy ta’siri 
va tayziqi ostida 
siqilmay, mustaqil fikrlashi, mustaqil taraqqiy qilishi uchun 
qulay muhit vujudga keltirish;
50


- o‘qituvchi-xodimlaming o‘zaro aloqalarida, talabalar 

Download 5,2 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish