Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda ta’limni




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

2.3. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda ta’limni 
insonparvarlashtirish usullari
0 ‘zbekistonda 
uzluksiz 
ta’lim-tarbiya 
tizimini 
insonparvarlik yo‘nalishida qayta qurish eng asosiy va 
markaziy muammolardan biridir.
0 ‘tmishda inson kamolotining muhim vositalaridan biri 
bo‘lgan ma’naviy-ruhiy va badiiy-estetik tarbiyaga kam ahamiyat 
berildi. Badan tarbiyasi va sog‘liqni 
saqlashning ahamiyatini 
yoshlar ongiga singdirish masalalari oqsab qoldi. Mutaxassislar 
tayyorlashda o‘rta miyonachilikka ruju etilishi, ijtimoiy hayotda 
shaxsning roli pasayishiga sabab bo‘ldi. Bu hoi, ta’lim-tarbiya 
tizimida raqobatning yo‘qligi, yuqori malakali pedagog kadrlaming 
tansiqligiga olib keldi. Talaba-o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat 
ham shundan iborat edi. Oliy ixtisoslik ma’lumotiga ega bo‘lgan, 
diplomli mutaxassislar juda ko‘p yetishtirildi, ammo ular xalq 
xo‘jaligini rivojlantirishning zamon talablariga to‘la javob 
beradigan mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllanmadi. Ularda 
tadbirkorlik sifatlari kam bo‘lgani uchun ba’zilarining ijtimoiy 
taraqqiyot, inson kamoloti yo‘lidagi o‘rinlari bilinmay qolayotir.
Ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyasi va konsepsiyasi 
ta’lim-tarbiya tizimidagi mana shunday kamchiliklami bartaraf 
etishga, 
0 ‘zbekistonning 
o‘z 
oldiga 
qo‘ygan 
buyuk 
maqsadlarini amalga oshirishga qodir va layoqatli, ma’naviy 
barkamol va malakali mutaxassislami yetishtirishga qaratilgan 
bo‘lmog‘i lozim.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng 
dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviy-
39


axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetik, o‘z mamlakati va iming 
jahon hamjamiyatida tutgan o‘mi va rolida o‘zining fuqarolik 
mas’uliyatini to‘g‘ri va to‘la anglab yetgan 
komil inson 
shaxsini tarbiyalash maqsadlariga bo‘ysundirishdan iboratdir.
Ta’lim va tarbiyaning uzluksiz jarayoni insonparvarlik 
tamoyillari asosida rivojlanishining nazariy va metodik jihatlari 
shu sohada mehnat qilayotgan kadrlaming ongi va qalbidan 
zarur darajada o‘rin olishi kerak.Ular ta’lim-tarbiyani Ta’lim 
to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini 
amalga oshirish bo‘yicha belgilanadigan yaqin vaqt va uzoq 
davrga m o‘ljallangan tadbirlarda, o‘quv rejalari va dasturlari, 
test savollari tuzayotganlarida va boshqa shu kabi ta’limiy 
ishlarda ulaming mazmuni insonparvarlik g‘oyasi bilan 
sug‘orilgan bo‘lishiga asosiy e’tibor qaratishlari zarur...
Ta’lim va tarbiyani tashkil etishning o‘quv-metodik, 
nazariy-metodologik jihatlari bo‘yicha ish ko‘radigan davlat 
muassasalari, 
ulaming jamoalari, 
shuningdek, 
nodavlat 
strukturalar jamoalari o‘z faoliyatlarini belgilayotganlarida 
insonparvarlik g‘oyalariga qat’iy amal qilishlari uchun ham 
Davlat hujjatlarini yaratish zarurati tug‘ilmoqda.
Gumanitar, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
konsepsiyasini 
qayta 
yaratishda 
ta’limni 
insonparvarlashtirishning 
tashkiliy 
jihatlarini belgilab olish zarur.
Uzluksiz 
ta ’lim 
tarbiya 
tizimining 
insonparvarlik 
yo‘nalishida shakllanishida ijtimoiy-gumanitar fanlaming 
alohida о‘mi va roli bor. Shuning uchun 
oliy ta’lim 
muassasalarida ulami o‘qitadigan kadrlar har jihatdan o‘z 
sohasining 
bilimdoni 
va 
mohir 
pedagog, 
o‘qitish 
pedagogikasini mukammal egallagan bo‘lishiga erishish kerak. 
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan fanlaming umumiy soat- 
lari miqdoridan universitet va pedagogika institutlarda kamida 
30 foizi, boshqa oliygohlarda 25 foizini ijtimoiy-gumanitar
40


fanlami o‘qitishga ajratilishi zarur. Ulami jahon standartlari 
darajasiga yetkazish muhim ahamiyatga ega.
1. 
Uzluksiz 
ta’lim-tarbiya 
tizimini 
insonparvarlik 
yo‘nalishida 
shakllantirish 
konsepsiyasini 
o‘quv-tarbiya 
jarayonlariga joriy etish uch bosqichda amalga oshirilishi 
ko‘zda tutilmoqda;
B irinchi 
(bosh!ang‘ich) 
bosqich 
-
kasb, 
ta’lim 
dasturlarini va o‘quv rejalarini ushbu konsepsiyaga muvofiq 
qayta tayyorlash, gumanitar fanlar mutaxassislarini ixtisoslik 
bo‘yicha tayyorlashning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan 
holda o'rganishni yo‘lga qo‘yish. Bu bosqichda o‘quv-uslubiy 
adabiyotlarni 
tayyorlash, 
ta’limni 
insonparvarlashtirish 
maqsadlarini hisobga olgan holda tarbiyachilar professor- 
o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Ikkinchi (o‘tish) bosqich - gumanitar fanlar o‘qitishni 
chuqurlashtirish, ta’limning yangicha shakl va uslublarini 
ishlab chiqish, uning yangi texnologiyalari bo‘yicha izlanish 
«hamkorlik 
pedagogikasi», 
o‘qituvchi 
kompyuterlar, 
ta’limning texnik vositalari-(TTV) va boshqa ta’lim tizimlarini 
insonparvarlashtirish 
muammolari 
bo‘yicha 
tadqiqotlar 
natijalarini tahlil etish va hayotga tatbiq qilish, kadrlar 
tayyorlash va qayta tayyorlashni davom ettirish.
Uchinchi (asosiy) bosqich - ta’limning milliy andozasi 
(modeli)ni insonparvarlashtirish jarayonini takomillashtirish, 
bu sohani jahon miqyosiga ko‘tarilishini ta’minlash.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartini belgilab olish 
maqsadida «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy» fanlar bo‘yicha 
ishchi guruhlari tuziladi. Ishchi guruhidagi mutaxassislar bilan 
hamkorlikda «Bakalavr akademik darajasiga va ta’limning eng 
zarpriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar» mezoni ishlab chiqiladi.
Ushbu me’yoriy hujjatda bakalavr uchun tayyorlanadigan 
fan sohalarida umum-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
41


bo‘yicha bilim va saviyalariga qo‘yiladigan talablar har bir fan 
sohalari bo‘yicha alohida-alohida beriladi. Xuddi shuningdek, 
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumi bo‘yicha ham 
eng zaruriy (minimal) talablar mazmuni har bir fan bo‘yicha 
alohida-alohida bayon etiladi.
Umvimgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar o‘z ichiga 
quyidagi o ‘n sakkizta fanni qamrab oladi:
1) falsafa (etika, estetika, mantiq);
2) 0 ‘zbekiston tarixi;
3) huquqshunoslik;
4) dinshunoslik;
5) ma’naviyat asoslari;
6) milliy g‘oya va mafkura;
7) iqtisod nazariyasi;
8) 0 ‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish 
nazariyasi va amaliyoti;
9) siyosatshunoslik;
10) 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish;
11) sotsiologiya;
12) pedagogika;
13) psixologiya;
14) madaniyatshunoslik;
15) o‘zbektili;
16) rus tili;
17) chet tili;
18) jismoniy tarbiya.
Mana shu fanlar bo‘yicha namunaviy dasturlami va 
darsliklami qayta tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak? 
Birinchi navbatda 
ta’limning uzviyligiga va tarbiyaviy 
ahamiyatiga e’tibor berish kerak.
Masalan, «Ma’naviyat asoslari» kursi bo‘yicha mavzular 
va soatlar taqsimoti berilgan. Unda - auditoriya soatlari-24
42


soat, 
amaliy 
mashg‘ulotlar-16 
soat, jami 
40 
soatga 
m o‘ljallangan. H ar' bir mavzu yuzasidan kichik axborot 
berilgan. Unda har bir mavzuni batafsil ochib berish, 
talabalarga yetkazish uchun asosan nimalarga e’tibor berish 
kerakligini ta’kidlash zarur.
Dastur barcha akademik litsey va professional kollejlar 
uchun asos va umumiy yoilanm a hisoblanadi. Unda har bir 
o‘quv 
muassasasi 
yo‘naltirilgan 
mutaxassisligiga 
xos 
xususiyatlami hisobga olib, bu dasturga ba’zi o‘zgartirishlami 
kiritishi mumkinligi ham aytib o‘tilgan. Keyingi yillarda 
yaratilgan dasturlarda qaytariqlar va birmuncha murakkabliklar 
mavjud.
Xulosa qilib aytganda, 1-blokka tegishli ijtimoiy-gumanitar 
fanlar blokidagi barcha o‘quv dasturlarini milliy g‘oya asosida 
insonparvarlashtirish g‘oyasini ham singdirish, fanga qo‘yilgan 
talablarni ham shunga moslab qayta ishlab chiqish maqsadga 
muvofiqdir.
5-shakl.
43


Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng 
dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviy- 
axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetik, o‘z mamlakati va uning 
jahon hamjamiyatida tutgan o‘mi va rolida o‘zining fuqarolik 
mas’uliyatini to‘g‘ri va to‘la anglab yetgan imonli, komil inson 
shaxsini tarbiyalash maqsadlaridan kelib chiqadi. Ta’limni 
insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda yuksak 
axloq va fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning or- 
nomusi, sha’ni va mas’uliyati kabi tuyg‘ulami, vatanparvar- 
likni, m a’naviy-ruhiy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Ta’limning o‘quv va madaniy-tarbiyaviy vazifalari, shu 
jumladan, ijtimoiy-gumanitar fanlami o‘qitishning sifati 
samaradorligini oshirish yuzasidan qilinayotgan ishlar davlat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan ushbu muhim masalani hal qilishga 
qaratilmoqda. Ta’lim tizimimizni kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi asosida qayta qurish, ijtimoiy-gumanitar fanlar 
mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi bilan boyitish bu vazifalami 
nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash va mustahkamlashga 
qaratilgan keng miqyosli tadbirlardir.
Mutaxassislaming 
kasbiy, 
ixtisoslik 
tayyorgarligi 
millatning ma’naviy merosidan oziq olgan bo'ladi, ulaming 
yuksak ma’naviy-axloqiy imkoniyatlari, keng dunyoqarashi va 
chuqur aql-idroki, yuksak ijtimoiy axloq me’yprlari bilan 
o‘zaro muvofiq kelishi ta’minlanadi.
Ta’limni insonparvarlashtirishning o‘ziga xos tamoyilla- 
riga ko‘ra, inson va uning kamoloti, erkinligi butun ta’lim- 
tarbiya tizimining markazida turmog‘i lozim.
Birinchidan, inson, inson uchun oliy qadriyat, oliy maqsad 
bo‘lib qolishi, buning uchun esa, avvalo yoshlaming, ularga 
ta’lim-tarbiya berayotgan barcha kishilaming, ma’naviy 
yuksak, o‘z sohasini puxta egallagan, pedagogik mahorati 
yuqori bo‘lmog‘i lozim.
44



Download 5,2 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda ta’limni

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish