Uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

2.2.Uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni 
insonparvarlik ruhida tarbiyalash usullari
Uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirish tamoyillari va 
asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish uchun barcha ta’lim 
muassasalarida bugungi kunda har jihatdan qulay va 
mustahkam poydevor sifatida gumanitar muhit yaratish 
vazifalari 
birinchi 
o‘ringa 
qo‘yilmoqda. 
Istiqbol 
sari 
yo‘nalishni bu tarzda aniq belgilab olgan oliy ta’lim tizimi 
talabalar va o‘qituvchilaming fan va madaniyat olamiga hamda 
bozor munosabatlari tizimiga ortiqcha iztiroblarsiz va 
larzalarsiz kirib borishini ta’minlashi mumkin.
Gumanitar muhit - ijtimoiy-tarixiy hodisa. 0 ‘quv yurtida 
muayyan bilimlar olish, kasb-hunar o‘rganish va ma’naviy 
madaniyatni, o‘z shaxsini erkin takomillashtirish uchun qulay 
va zarur shart-sharoitlaming mavjudligini bildiradi.
Gumanitar muhit sermazmun va keng miqiyosli tushuncha 
bo‘lib, u barcha maktab oldida turgan muhim vazifa - ta’limni 
insonparvarlashtirish jarayonlarini amalga oshirishda o‘quv 
yurtining 
ta’lim-tarbiyaviy, 
madaniy, 
m a’naviy-axloqiy 
imkoniyatlarini, malakali kadrlar bilan, shuningdek, moddiy va
30


moliyaviy ta’minlanganlik darajasini, umumiy 
ahvolini 
ko‘rsatib turadi.
Gumanitar muhit - bu yoshlar psixologiyasining, 
ma’naviyatning va qadriyatlarga munosabati shakllanishi 
sharoitidir. Qulay va badastir gumanitar muhit quyidagi 
belgilarga ko‘ra aniqlanadi:
1. 0 ‘quv jarayonining tuzilishiga ko‘ra, talabaning 
ma’naviy manfaatlari, uning boiajak ixtisoslik faoliyatining 
insonparvarlashuvi, umummadaniy tayyorgarligining taraqqiy 
etishi, shaxsning intellektual imkoniyatlari bilan uning istak va 
manfaatlarini birlashtirish masalalari, shuningdek, yangicha 
fikrlashni, 
mustaqillikni, 
mas’uliyatini, 
insonparvarlikni 
rag‘batlantirish kabilaming ta iim muassasalari 
ixtisoslik 
sohalarining talablari bilan qay darajada yaqinlashtirilganligi 
va moslashtirilganligiga ko‘ra aniqlanadi.
2. Ta’lim maskanlarida 
talabalami ijtimoiy muhofaza 
qilish 
siyosatining 
ma’muriyat bilan talabalar jamoat 
tashkilotlarining hamkorligidagi muayyan tizimi orqali amalga 
oshirilishiga va talabalarga moddiy yordam ko‘rsatilishi 
darajasi va ahvoliga qarab aniqlanadi.
3. T a iim muassasalarida demokratlashtirish jarayon- 
larining borishi va ahvoliga qarab, ya’ni talabalar orasida o‘z- 
o‘zini boshqarishning qay darajada y o ig a qo‘yilganligi, 
o‘qituvchilami, 
ayrim 
predmetlarni 
o‘zlari 
tanlash 
imkoniyatlari, muqobil ma’ruzalar o‘quv kurslari, taiim
shakllari va talabalaming ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb etish 
darajasi kabilar.
4. Talabalar va o‘qituvchilar jamoalarida o‘qish ishlash 
uchun qulay va mo‘tadil sharoit yaratilishi, oliy ta iim
muassasalarini 
boshqarishning 
ma’muriy-buyruqbozlik 
uslublaridan voz kechilganligi va boshqalar.
31


5. Tegishli moddiy-texnikaviy asoslaming va ijtimoiy- 
madaniy rtiuhitning mavjudligi, yangi va eng yangi o ‘quv 
dasturlari, adabiyotlari, ta’limning texnik vositalari bilan o‘quv 
yurtining yetarli darajada ta’minlanganligi va shu kabilar.
Gumanitar muhit tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
a) o‘qish-o‘rganish jarayonlarining barcha yo'nalish- 
laridan; talabalar bilan o‘quv ishlarini olib borish shakllari va 
usullari, o‘qituvchilaming ilmiy pedagogik faoliyati, o‘quv 
jarayonlarini 
tashkil 
etishni 
ta’minlaydigan 
yordamchi 
xizmatlaming ishi va boshqalar;
b) gumanitar fanlar o‘qituvchilari ishining samaradorligini 
oshirish bu ikkita omilga bog‘liqdir: birinchidan, talabalarda 
insonparvarlik dunyoqarashi va gumanitar madaniyat asoslarini 
shakllantirish mahorati va qobiliyatining mavjudligi; talabalar 
ongini m a’naviy-ruhiy qadriyatlar bilan boyitish, ulaming 
ongini jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash; 
ikkinchidan, o‘qitilayotgan fanlaming mazmuniga va ularda 
gumanitar sohaning kuchaytirilganligiga bog‘liqdir.
Uzluksiz 
ta’lim-tarbiya 
tizimini 
takomillashtirish 
jarayonida insonparvarlik ruhini bosqichma-bosqich singdirib 
borish natijasida yangicha dunyoqarash, dunyoni yangicha his 
etish, shu asosda tafakkuming keng miqyosli tarzi shakllanishi 
uchun bu tizimning har bir qismi va unsuri vazifalari aniq- 
ravshan bo‘lishi lozim. Bular quyidagilardir:
1. Oila ta’limi va tarbiyasi.
2. Bog‘cha ta’lim va tarbiyasi.
3. Boshlang‘ich ta’limi va tarbiyasi.
4. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim va tarbiya.
5. 0 ‘rta ta’lim va kasb-kor maktablari (litsey, kollejlar) 
dagi ta’lim va tarbiya.
6. Oliy mutaxassislik (bakalavriyat va magistratura) ta’lim 
va tarbiyasi.
32


7. Aspirantura va doktorantura ilmiy tadqiqotlarini 
insonparvarlik yo‘nalishida uyushtirish milommasi.
8. Malakani uzluksiz va izchil amalga oshirib borishga 
xizmat 
qiladigan 
ilmiy-uslubiy 
muassasalaming 
keng 
tarmoqlami vujudga keltirish va undagi mashg‘ulotlar 
insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilishiga e’tibomi qaratish.
9. Bo‘sh vaqtdan samarali foydalanishga yordam beradigan 
va ta’minlaydigan davlat va nodavlat tuzilmalami tashkil etish.
10. 0 ‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy muhitni sogiomlash- 
tirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlami bir tizimga 
solish va bu masala yuzasidan Davlat dasturini ishlab chiqish.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining ana shu qismlari va har 
birining dasturlari milliy zaminda va insonparvarlik asosida 
qayta ko‘rib chiqilishi va takomillashtirilishi lozim.
Shu munosabat bilan, ta’lim muassasalarida gumanitar 
muhitning 
shakllanishida 
ijtimoiy-gumanitar 
fanlar 
kafedralaming o‘mi katta ekanligini alohida ta’kidlash zarur. 
Ular bu borada ta’limning ilg‘or va samarali shakllarini, 
uslublarini dadil va jadal ravishda joriy etmoqlari va keng 
yoymoqlari lozim. Jumladan, talabalar guruhlari yoki ayrim bir 
talaba uchun moijallangan differensial - farqli ijodiy 
topshiriqlar tizimini yaratish va ulardan ta’lim jarayonlarida 
foydalanish, ta’limning «dumaloq stol», « matbuot anjumani», 
simpozium, 
«ish 
o‘yinlari», 
referat 
himoyasi, 
bahs> 
munozaralar, yetakchi olimlar va mashhur kishilar bilan 
uchrashuv, muloqot uyushtirish kabi shakllarini keng qoilash.
Gumanitar 
fanlar 
o‘qituvchilari 
o‘quv 
ishlarining 
samaradorligi, ulaming tabiiy-ilmiy va ixtisoslik fanlar 
kafedralari bilan, shuningdek, oliy o‘quv yurtining rahbariyati 
va boshqa barcha b o iim hamda qismlari faoliyati bilan qay 
darajada aloqadorligiga ham bogiiqdir.
33


Talabani barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarining 
ta’lim . muhitini insonparvarlashtirish bilan chambarchas 
bogiiqligi va aloqadorligi masalasi o‘quv jarayonining butun 
mazmuni va mohiyatini belgilaydigan muhim vazifadir. 
Ta’limda tarbiyaviy ta’siming muhim xususiyati uning 
umuminsoniy madaniyatning asosiy tamoyillari va qadriyatlari 
bilan aloqadorligidadir. Predmet orqali tarbiyalash talaba 
shaxsining shakllanishi va taraqqiy etishiga maqsadli yo‘nalish 
va aniqlik baxsh etadi:
a) jamiyatni va oliy maktabni isloh qilish natijalari 
bamaslahat, 
kengashib 
ish 
qilish, 
tadbirkorlik 
va 
tashabbuskorlik, mas’uliyat, talabchanlik kabi demokratik 
tamoyillarining 
amalga 
oshishi 
uchun 
muhim 
zamin 
tayyorlaydi. Bu jarayonda ijtimoiy-psixologik shakllanish va 
ta’lim muassasalarida buning uchun qulay sharoitni vujudga 
keltirish ishlari muhim ahamiyat kasb etadi;
b) ijtimoiy-madaniy sohaning tarkibiy qismlari bo‘lgan 
kutubxona, 
o‘quv 
va 
o‘quv-uslub 
xonalari, 
sport- 
sog‘lomlashtirish majmualari, talabalar yotoqxonalari, oshxona 
va bolalar muassasalari, bozor iqtisodi munosabatlariga o‘tish 
sharoitida, o‘quv yurtida qulay ijtimoiy-psixologik sharoitni 
yuzaga keltirishning muhim va belgi-lovchi omiliga aylanadi.
Har bir o‘quv yurti o‘ziga xos mikroijtimoiy tizimdir. 
Jamiyat hayotida kechayotgan butun jarayonlarda ham o ‘ziga 
xos shaklda va kichik miqyoslarda sodir bo‘lib turadi. 
Gumanitar 
muhitni 
vujudga 
keltirish 
va 
ta’limni 
insonparvarlashtirish ishlarida hozirgi vaqtda ba’zi bir ta’lim 
muassasalarida ayrim salbiy holatlar ham ko‘zga tashlanadi: 
o‘qituvchilar muhitidagi moddiy sharoitning va faoliyatning 
nisbatan qiyinlashuvi oqibatida kelib chiqayotgan muayyan 
taranglik, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash 
imkoniyatlarining hozirgi zamon talablari darajasida emasligi,
34


talabalar orasida mustaqil bilim olishga intilishning sustligi, 
yoshlar orasida madaniy va ilmiy bilimlami egallashdan ko‘ra 
faqat bugungi, tor manfaatlami ko‘zlab, moddiy foyda 
orttirishga intilishning tobora ustunlik qilayotganligi, ba’zi bir 
yosh mafkuraviy ta’sirlarga, milliy-axloqiy me’yorlarimizga 
zid qarashlarga, oz bo‘lsa-da, berilib qolishi kabilar.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni insonparvarlashtirish 
uchun quyidagi vazifalami amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir:
- oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan iijtimoiy-gumanitar 
fanlaming mazmunini yanada takomillashtirish;
- mutaxassislami 
tayyorlash 
ixtisosliklarini 
va 
kafedraning ilmiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda oliy 
gumanitar ta’lim dasturini ishlab chiqish;
- talabalaming bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilish tizimini yangilash, ulaming mustaqil ijodkorlik 
intilishlarini kuchaytirish nuqtai nazaridan bu tizimni 
takomillashtirish;
- konsepsiyani amalga oshirish yo‘llarini aniqlash, ilg‘or 
tajribalami keng yoyish va o‘rganish maqsadlarida oliy o‘quv 
yurtlarida, mintaqaviy, respublika va xalqaro anjumanlar, 
seminarlar o‘tkazib turish;
- gumanitar fanlar o ‘qituvchilarining ijtimoiy maqomini 
yanada yuksaltirish choralarini aniqlash;
- o‘quv-uslubiy markazlarining, xonalari, kutubxona, 
klub, muzeylar va hokazolaming gumanitar ta’lim va tarbiya 
masalalari bo‘yicha faoliyatining samaradorlgini oshirish.
0 ‘rganilayotgan muammoni ilmiy-uslubiy ta’minlash:
- mutaxassislar tayyorlash sifatini yuqori darajada 
ta’minlash uchun barcha mavjud imkoniyatlardan to‘liq 
foydalanish;
35


- oliy ta’lim tizimining barcha ilmiy imkoniyatlarini 
ta’limni insonparvarlashtirishni ta’minlashga yo‘naltirish;
- gumanitar muammolar 
sohasidagi 
tadqiqotlaming 
maxsus dasturini ishlab chiqish;
- ta’limni insonparvarlashtirish va takomillashtirishni 
hisobga olgan holda darsliklar, m a’ruzalar, o‘quv dasturlari va 
qo‘llanmalaming, ilmiy-uslubiy adabiyotlaming yangi avlodini 
tayyorlash va chop ettirish;
- gumanitar muammolar va ta’lim uslublarini ishlab 
chiqish va o‘rganishda akademiya, oliy ta’lim va soha 
fanlarining hamda ishlab chiqarishning kuch va imkoniyatlari 
integratsiyasiga erishish;
- oliy 
ta’limni 
insonparvarlashtirish 
muammolari 
bo‘yicha ilmiy tadqiqot tajriba (laboratoriya) larini yaratish;
- ta’lim tizimini insonparvarlashtirish sohasidagi ilmiy 
tadqiqotlami, ilmiy-uslubiy ishlanmalami iqtisodiy rag‘batlan- 
tirish va moliyaviy ta’minlashning budjet va budjetdan tashqari 
mablag‘larini qo‘llash mexanizmlarini yaratish.
Jamiyatning yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga o‘tib 
borishi munosabati bilan kishilaming hayot tarzi va foliyatida 
ro‘y berayotgan ijobiy o'zgarishlar, shuningdek, 0 ‘zbekiston 
oliy maktabining jahon ta’lim tizimiga kirib borishi ehtiyoji 
oliy 
ta’lim 
muassasalarida 
insonparvarlik 
muhitini 
takomillashtirishga yxiqori talablar qo‘ymoqda.
Bu talab quyidagilardan iborat:
- ta’limning yangilangan mazmuniga asoslangan yangi 
o‘quv ta’lim texnologiyalarini yaratish;
- pedagogning ixtisoslik obro‘-e’tiborini, nufuzini qayta 
tiklash va mavqeini yanada orttira borish;
- ko‘pdan 
beri 
shakllanib 
kelayotgan 
salohiyatli 
universitetlar markazlariga tayangan holda va shuningdek, 
yangilarini 
tashkil 
etish 
hisobiga 
ta’lim 
infratizimini
36


kengaytirish #va ulaming joylarda haqiqiy madaniy-ma’rifiy, 
ilmiy-pedagogik iftarkaz darajasida bo‘lishiga erishish;
- ta’lim muassasalari tizimida muloqotning ma’muriy- 
buyruqbozlik usulidan voz kechish, oliy ta’limda jamoalararo 
munosabatlami demokratizm, insonparvarlik, o‘zaro talabchanlik, 
shaxsiy mas’uliyat va sog‘lom raqobatdoshlik tamoyillari 
asosida rivojlantirish;
- ta’lim muassasalari kadrlar tarkibini tubdan yaxshilash, 
yuqori malakali, ilmiy faol, ruhan va ma’naviy-axloqiy 
jihatdan barkamol yoshlar hisobiga boyitish, o‘qituvchilar 
ongini 
eskicha 
qoliplarda 
fikrlashdan 
qutqarish 
va 
insonparvarlik ruhini singdirish;
- oliy 
ta’lim 
muassasalarida 
talaba 
shaxsini 
ijtimoiylashtirishning asosiy tarkibiy qismlari 
birlashib, 
qo‘shilib ketadigan bir butun, mukammal ijtimoiy organizmni
- ta’lim-tarbiyaning yangicha tizimini, sog‘lom ma’naviy-ruhiy 
va ishchan muhitni shakllantirish va insoniy qadriyatlami 
takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadlarga qaratilgan ruhiy- 
pedagog, tashkiliy va moddiy-texnik tadbirlami amalga oshi­
rish;
- ta’lim muassasalari hayoti va faoliyati uzluksiz ta’lim- 
tarbiya tizimini milliy va umuminsoniy, umummadaniy 
qadriyatlar, 
ma’naviy-axloqiy 
boyliklar 
bilan 
hamda 
zamonaviy 
fan-texnika, 
sanoat, 
texnologiya 
yutuqlari 
kommunikatsiya va axborotlar oqimi bilan mustahkam bog‘lab 
rivojlantirish.
0 ‘zbekistonda 
ta’lim tizimi islohotlaming bunday 
istiqbolli va katta yo‘lida dadil qadam tashlab bormoqda.
Ta’lim-tarbiyaga uzluksiz tizim sifatida qaralishining o‘zi 
insonparvarlikning amalda namoyon bo‘lishidir. Ayni chog‘da 
insonparvarlik ta’lim-tarbiyaning uzluksiz va izchil bo‘lishini 
taqozo etadi. Zero, bundan kuzatilgan asosiy maqsad muayyan
37


kasb-komi mukammal egallab olish va ayni chog‘da sog‘lom, 
barkamol inson shaxsini vujudga keltirish, uni hozirgi zamon 
fan-texnika va texnologiyasi yutuqlaridan bahramand etish, 
axborot asri sifatida namoyon bo‘lishi kutilayotgan XXI 
asrning 
yuksak 
talablariga 
muvofiq 
kadrlar 
bo‘lib 
yetishishlariga erishishdir. Kadrlar chuqur va keng bilimli, 
malakali mutaxassis boiishlari zarur, ammo bu bilimdonlik 
tarixiy-milliy zaminlarda qaror topadigan boy ma’naviyat, pok 
axloq, 
imon-e’tiqod 
butunligi 
bilan 
mujassam 
bo‘lib 
ketgandagina ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida mehnat qilayotgan har bir 
mutaxassisning qat’iyatli, ma’lum bir fikri b o iish i kerak. 
Ta’lim-tarbiya 
tizimini 
insonparvarlik 
yo‘nalishida 
shakllantirishda qaysiki, qat’iyatli fikr aytish uchun ju r’at 
kerak. Jur’at uchun esa javobgarlikni his etish zarur. 
Javobgarlik, mas’uliyat uchun ilmiy asos kerak. Ilmiy asos 
insonparvarlikka, e ’tiqodli amaliy axloqqa kelib taqaladi. Buni 
esa shaxsning malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishi yechib 
beradi. Bugungi kundagi ta’lim tizimimizga islohotlami 
amalga oshirish yuqorida aytib o‘tilgan ju r’at, javobgarlik va 
ilmiy 
asosni 
o‘zida 
umumlashtiruvchi 
Davlat 
hujjati 
yaratilishini taqozo qiladi.
«Ta’lim to‘g ‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi» shunday hujjatlardir. Endi jamiyatimizning har 
bir a’zosi mas’uliyat bilan ulami bajarishi shart.
Agar ta’lim muammosini yechishga mas’uliyat bilan 
yondashadigan boisak, unda o‘z-o‘zidan «Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi»ning tub mohiyat mazmunini jiddiy anglab 
yetishga to‘g‘ri keladi. Umuman, ta’lim jarayonini mantiqan 
o‘ylab ko‘rsak, bizning ta’lim tizimimiz endi pedagogik «til», 
yer, manfaat birligiga kelishimizni amaliy ta’minlab berishi 
lozim. Shuning uchun ham bu holning ijobiy, ijodiy yechilishi
38


ta’lim tizimi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Zotan, «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsadi va vazifalarini uzluksiz 
amalga oshirilishini keng ma’noda tushunish kerak.

Download 5,2 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish