Ikkinchidan, 0 ‘zbekiston jahonga yuz tutdi, jahon ham
0 ‘zbekistonga o‘z bag‘rini ochmoqda. Binobarin, endigi
kadrlar jahon xalqlari bilan doimiy muloqotda bo‘ladilar.
0 ‘zbekistonga, nning xalqiga har bir kadming
shaxsiy
sifatlariga qarab baho beradilar, munosabat belgilaydilar.
Bunday sharoitda bo‘lajak mutaxassisning o‘z kasbining qay
darajada ustasi ekanligi, ayni chog‘da 0 ‘zbekiston. fuqarosi
sifatidagi fazilatlariga qarab xorijliklar bizning mamlakatimiz
haqida tasawurga ega bo‘ladilar. Buni har bir yosh avlod
nazarda tutishi, shundan kelib chiqib, ta’limga munosabat
belgilashi, o ‘z-o‘zini va milliy o'zligini anglashi muhimdir.
Ya’ni yoshlarda o ‘z xalqi, vatani oldidagi fuqarolik, farzandlik
burchini chuqur his etishni, yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini
tarbiyalashni bu sohadagi muhim vazifalar sifatida belgilash
zarur.
Uchinchidan, 0 ‘zbekiston
bozor
munosabatlarini
shakllantirish,
ijtimoiy yo‘naltirilgan mazmunga ega
bo‘Imoqda, Demak, ana shu munosabatlarni shakllantiradigan
va unda faoliyat ko‘rsatadigan kadrlaming ma’naviy olami -
«Men»i yuksak ideallar, insonparvarlik g‘oyalari, Milliy
qadriyatlar asosida shakllanishi uchun ta’lim-tarbiya tizimining
butun yo‘nalishi insonparvarlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan
bo iish i lozim, ya’ni bozor iqtisodi muhiti insonda chinakam
insoniy fazilatlaming to ia nomoyon bo‘lishini ta’minlashga
xizmat qilsin. Qisqasi, bozor munosabatlari muhiti pirovard
natijada to‘kin-sochin, farovon turmush tarzi bilan birga,
barkamol, imon-e’tiqodli, yuksak madaniyatli insonlami
voyaga yetkazish hamda ular o‘z qobiliyatlari, iste’dodlarini
erkin ro‘yobga chiqarishi uchun qulay sharoit sifatida qaralishi
kerak.
«Bozor iqtisodiyoti tufayli insoniy xislatlami unutish
gunohdir, - deb uqtiradi Prezidentimiz I.Karimov. Agar biz pul
45
va foyda ketidan quvib, kishilaming ma’naviy qashshoqligiga
yo‘l qo‘ysak, unda bunday jamiyat hech kimga kerak bo‘lmay
qoladi».