Ishontirish usulida tarbiyachi o‘quvchilar ongiga, ruhiga,
oriyatiga,
irodasiga
ta’sir
etish yo‘li
bilan
ulaming
xarakteridagi axloqiy, intellektual va boshqa ijobiy xislatlami
shakllantiradi, illatlami kamaytiradi, yo‘qotadi. Ishontirish
shakllanayotgan shaxsning qadriyatlariga, dunyoqarashiga
asoslanib, ruhiy va ijtimoiy munosabatlaming tub mag‘zini
chuqur tushuntirishga tayanadigan metod hisoblanadi.
0 ‘qituvchi
o‘zi
aytayotgan,
uzatayotgan axborotga
o‘quvchilami ishontira olsagina, o‘z orqasidan ergashtira oladi.
0 ‘quvchilami o‘quv mehnatiga, aqliy faoliyatiga rag‘batlantira
oladi.
0 ‘qituvchi o ‘quvchilami
ishontirish uchun turli
vositalardan foydalanishi mumkin. Jonli suhbat, iboralami,
asosli faktlami keltirish, hissiyotlariga ta’sir etish shular
sirasiga kiradi.
Ishontirish orqali o ‘qituvchi o‘quvchilarda har tomonlama
kompleks
tarbiyani
amalga
oshiradi.
Hukumatimiz,
Prezidentimizning olib borayotgan tashqi va ichki siyosati,
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
respublikamizga
xos
tamoyillari,
bozor
iqtisodiyotiga
o‘tishning
yo‘llari
tushuntirilganida talabalar kelajakda
respublika hayotiga
o‘zlarining shaxsiy daxldorliklarini chuqurroq his etadilar va
shunga yarasha bilim, ko‘nikmalami egallashga harakat
qiladilar.
Tarbiya tizimining yetakchi bo‘g‘ini yoshlami tarbiyalash
o‘quv jamoalaridagi tarbiyachilar, bolalaming turar joylaridagi
mavzelar, mahallalar, oiladagi ota-onalar,
ommaviy axborot
vositalari, adabiyot, san’at va boshqa vositalar orqali amalga
oshiriladi. Mazkur tizimda yosh avlodga tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatishning yetakchi bo‘g‘ini umumta’lim maktablari
hisoblanadi. Maktabga kuni uzaytirilgan tizim kiritiladi, o'quv
klublari, oromgoh ishlari tashkil qilinadi, darsdan tashqari
vaqtlarda o‘quvchilarga o ‘quv
xonalari, sport zallari va
54
kutubxonalardan keng
foydalanish imkoniyati
ochiladi.
Ulaming maktab madaniyat muassasalari bilan alocjasi
kuchayadi. Malakali pedagogik xodimlarga ega boigan
maktab, oila va korxona hamda turar joy jamoatchiligi bilan
birgalikda muntazam ishni pedagogik jihatdan yo‘naltiradi.
Bolalar tarbiyasi bo‘yicha o ‘quv maskani, oila va
jamoatchilikning faoliyatini muvofiqlashtirish, asosan quyidagi
tashkiliy shakllarda amalga oshadi:
1. Ta’lim muassasasining
pedagogika jamoasi, ota-onalar
qo‘mitasi, korxonalar va turar joylari, klublar, kutubxonalar,
sport maydonlari bo‘yicha jamoatchilik kengashlari vazifasi
aniq
taqsimlangan
holda
tarbiyaviy
ish
rejalariga
muvofiqlashtiriladi.
2. 0 ‘qituvchilaming kuchi bilan ota-onalar va jamoatchilik
vakillarini bolalar bilan ishlashning eng samarali pedagogik
usullarini muntazam joriy qiladilar.
3. Tarbiyaviy ishlaming borishi va natijalarini sinchkovlik
bilan o‘rganish, topilgan kamchiliklaming
sabablarini aniqlash
va uni bartaraf etish tadbirlari birgalikda amalga oshiriladi.
Hozirgi
vaqtda
bolalaming
oiladagi
tarbiyasini
yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda.