keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo‘lib, milliy qadriyatlar  bilan




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo‘lib, milliy qadriyatlar 
bilan yagona tarbiyaviy asosga egadir. Umuminsoniy ilg‘or 
ma’naviy g‘oya va bilimdan har bir millat o‘zining milliy 
xususiyatidan kelib chiqqan holda foydalanadi va amaliyotga 
tatbiq etadi. Umuminsoniy qadriyatlar negizida ma’lum millat 
tomonidan olg‘a surilgan insonparvarlik, adolat, demokratiya, 
hamkorlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo‘lib, ular 
barcha millatlar uchun hayotiy ehtiyoj hisoblanadi.
Milliy qadriyatlar milliy madaniyatning tarkibiy qismi 
bo‘lib, uning paydo bo‘lishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy 
jarayondir.
Milliy qadriyatlar mazmunan o‘sha millatning g‘oyalari, 
qarashlari, e’tiqodlari, ma’naviy turmush tarzi, orzu-istaklari, 
kelajak maqsadlarini ifoda etadi. U «mazmunan kommunistik, 
shaklan baynalmilal» bo‘lishi mumkin^ emas. U ham 
mazmunan, ham shaklan milliy insonparvarlik xarakteriga ega 
bo‘lib, o‘quvchining o‘zligini anglashida muhim vosita bo‘lib 
xizmat qiladi.
An’analarning kelib chiqishi tarixiga nazar solinsa, ular din 
hukmronlik qilgan bir davrda paydo bo‘lganligidan dalolat 
beradi. Demak, diniy an’analar shu davr talab va ehtiyojlariga 
mos holda maydonga kelgan hamda asrlar davomida o‘zining 
ba’zi bir axloqiy talablari bilan xalq uchun ma’qul bo‘lib 
kelmoqda. 
Shuning uchun diniy qadriyatlaming ham 
aksariyatining mazmuni mehr-oqibat, imon-e’tiqod, adolat, 
insonparvarlik kabi g‘oyalar bilan sug‘orilgan bo‘lib, xalqni 
nopoklik, 
oqibatsizlik, 
jaholat 
botqog‘iga 
botish, 
ichkilikbozlik, zino, jabr-zulm kabilardan saqlashga xizmat 
qilib kelganligini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur. Uchinchidan, 
milliy qadriyatlar shaklan va mazmunan qanday bo‘lishdan 
qat’i nazar, u shu millatning madaniy mulki hisoblanadi.
75


Ulardagi xalqning talabini, ehtiyojini qondira olmaydigan ba’zi 
bir belgilar o‘z-o‘zidan barham topa boradi. Shu boisdan; 
milliy qadriyatlami ilg‘or yoki jaholatga boshlovchi kabi 
guruhlarga boiish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar o‘quvchining kundalik 
faoliyatida odat, an’ana tusiga kirib qolgandagina u shaxsning 
ma’naviy shakllanishiga bevosita ta’sir etadi. Qadriyatlaming 
«bolalarga boigan ta’siri kattalarga boigan ta’siridan ancha 
ustun turadi, chunki kattalaming dunyoqarashi va e’tiqodlari, 
odatlari qaror topgan boisa, bolalarda endilikda ulaming 
poydevori quyilayotgan boiadi. Bolalar, o‘z tabiatiga ko‘ra, 
ta’sirchan boiganliklari uchun ularga borliq va undagi 
voqealaming ta’siri kuchli boiadi.
Borliqdagi 
voqea-hodisalar 
turli-tuman 
boiganidek, 
qadriyatlaming shakl va mazmuni ham rang-barangdir.
Mazkur qadriyatlar o‘quvchi ongi va faoliyatiga o‘zining 
umumiylik, ya’ni ulaming talab va qiziqishlarini qondirish, 
xususiy belgilari: zaruriyligi, foydaligi, ma’qulligi bilan ta’sir 
etadi.
Mazmunan aqliy bilish faoliyati bilan bogiiq qadriyatlar 
o‘quvchining tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy tushunchalarini 
kengaytirishga 
dunyoqarashini 
shakllantirishga, 
bilim 
saviyasini oshirishga xizmat qiladi (ilmiy, tarixiy, insoniy, 
diniy, badiiy manbalar). Bunday qadriyatlar o‘quvchiga o‘zbek 
xalqining jahon ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini, aqliy 
kamoloti dialektikasini ilmiy, badiiy asarlar orqali yetkazadi. 
Axloqiy 
qadriyatlar 
o‘quvchining 
ongi 
va 
faoliyatini 
faollashtiradi, ish va so‘z birligini ta’minlashga olib keladi.
Bunday qadriyatlar jumlasiga: insonparvarlik, ma’rifat- 
parvarlik, mehr-muhabbat, poklik, kattalarga, ota-onaga 
hurmat, muhabbat, xushmuomalalik, do‘stlik, saxiylik, saxovat, 
bolajonlik, shirin so‘zlik va boshqalar kiradi. Mazkur
76


qadriyatlar negizida jamiyatda, oilada, ta’lim muassasalarida 
o'quvchini yuksak insoniy fazilatlarga ongli ravishda amal 
qilishga undash g‘oyasi yotadi.
Estetik qadriyat san’at, adabiyot va xalqning badiiy-estetik 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ulaming mazmunini o‘quvchida 
nafosatni, estetik hissiyotni shakllantirishni tashkil etadi. 
Estetik qadriyat tabiati va mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-g‘oyaviy 
aqliy nafosat va badiiy tarzda o‘quvchi ongi va faoliyatining 
shakllanishiga ta’sir etadi.
Har qanday insoniy fazilat subyektning obyekt bilan hamda 
shaxs va jamiyatning munosabati mahsuli sifatida maydonga 
keladi. Munosabat jarayonida obyekt subyektga, subyekt 
obyektga bevosita ta’sir etadi, bir-birini boyitadi, rivojlantiradi. 
Xuddi shuningdek, o‘quvchi ham badiiy qadriyat bilan aloqa 
qilish jarayonida undan ma’naviy ozuqa oladi, hayotiy 
tajribasida badiiy qadriyatlarda olg‘a surilgan g‘oyalarga amal 
qiladi. Estetik qadriyatlaming mezoni oliyjanoblik, tashqi va 
ichki go‘zallik, muloyimlikdan iborat. 0 ‘quvchida estetik- 
badiiy madaniyatni shakllantirishda badiiy, musiqa, san’at 
asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik, turli xarakterdagi 
bayramlar, an’analar, urf-odatlar, xalq o‘yinlari, teatr, kino, 
radio, oynai jahon, matbuot asosiy vosita hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida bunday vositalardan foydalanish, 
ulaming mazmunini idrok etish, tasawur va tafakkur qilish 
natijasida o ‘quvchining ma’naviy madaniyati shakllanadi.
Ekologik mazmundagi qadriyatlar o‘quvchini tabiat, 
jamiyat hodisalariga ongli munosabatning shakllanishiga ta’sir 
etadi. 0 ‘simlik va hayvonot olamiga, tabiat va jamiyat 
boyliklariga muhabbat, mehnatsevarlik, tozalik, ekologik 
madaniyatining asosiy belgilari hisoblanadi.
Ijtimoiy-siyosiy 
guruhdagi 
qadriyatlar 
mazmuni 
o‘quvchining siyosiy saviyasi o‘sishga, dunyoqarashini
77


shakllantirishga, 
o‘tmishda bo‘lgan va hozirgi kunda 
bo‘layotgan xalqaro siyosiy voqealar mohiyatini obyektiv 
baholashga, 
jamiyatning 
ijtimoiy, 
iqtisodiy, 
madaniy 
taraqqiy oti muammolariga ongli munosabatda boiishga 
o‘rgatadi.
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar mazmunida adolat, tenglik, 
tinchlik, do‘stlik, erkinlik, haqiqat, mustaqillik, milliy o‘zligini 
anglash, o‘z taqdirini belgilash, hayotda tejamkorlik, iqtisodiy 
bilimdonlik, burch va mas’uliyat, imon va e’tiqod kabilar 
mujassam boiib, yaxlit shakllangan shaxs uchun zaruriy 
xususiy atlar hisoblanadi.
Huquqiy davlat qurish bosqichida o‘quvchilarda o‘z vatani 
taqdiriga javobgarlik hissini shakllanishi, ota-ona, oila, jamoa, 
jamiyat va xalq oldidagi burch va vazifalariga mas’uliyat bilan 
yondashish huquqiy qadriyatlaming mohiyatini tashkil etadi.
Shakl jihatdan boy va rang-barang milliy qadriyatlar 
mazmunida kishilaming bir-birlariga, jamiyatdagi moddiy va 
ma’naviy hayotga, oilaga, xalqning shaxsiy hamda ijtimoiy 
hayotida qanday voqealar boisa, barchasiga munosabati o‘z 
ifodasini topadi. Talab va qiziqish maqsadni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Maqsad qamrovi o‘quvchining talab qiziqish 
darajasiga bogiiq boiib, amaliy faoliyat jarayonida o‘z 
yechimini topadi. Bu jarayonda bilish (o‘quvchi har bir xatti- 
harakat haqida, qadriy belgilar haqida dastlabki tushun- 
chalarga ega bo‘lmog‘i lozim), baholash va amaliy faoliyat 
muhim ahamiyatga ega. Qadriyatlar talab va ehtiyojlami bilish 
va baholashni keltirib chiqarmaydi, aksincha, talab va ehtiyoj 
asosida insoniy qadriyatlar paydo boiadi, uni bilish va 
ahamiyatini baholash jarayoni vujudga keladi.
Lekin 
amaliy otda 
ta’lim 
muassasalari 
talaba- 
o‘quvchilarining 
umuminsoniy 
va 
milliy 
qadriyatlami 
o‘rganishga va ular asosida o‘z ma’naviy madaniyatini
78


shakllantirishga bo‘lgan talabi, qiziqishi qoniqarli emas. 
0 ‘quvchida bu holatni keltirib chiqargan obyektiv va subyektiv 
sabablar mavjud. Ulami quyidagicha izohlash mumkin:
1. Ma’naviy qadriyatlaming tarixiy taraqqiyot bosqich- 
larini mukammal bilish, qiyosiy o‘rganishga e’tiboming 
kamligi.
2. 0 ‘qituvchilar, ota-onalar, katta yoshdagi kishilamng 
ma’naviy 
qadriyatlaming 
mohiyati 
haqidagi 
bilimlari 
chegaralanganligi, ya’ni o‘quvchi uchun salbiy namuna.
3. Ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari mazmunida 
qadriyatlar muammosiga e’tiboming yetarli emasligi.
4. Hayotiy 
tajriba 
bilan 
ilmiy 
haqiqat 
o‘rtasidagi 
nomutanosiblik.
Ma’naviy qadriyatlar muammosini pedagogik muammo 
sifatida talqin etgan holda, ulaming o‘quvchi shaxsining 
ma’naviy 
madaniyatini 
shakllantirishdagi 
tarbiyaviy 
ahamiyatini inobatga olib, bu borada yo‘l qo‘yilgan ba’zi bir 
kamchiliklami bartaraf etishning asosiy yo‘li milliy maktablar 
tashkil etishdan iboratdir. Buning uchun qator qoidalarga amal 
qilish talab etiladi.
Ya’ni umuminsoniy, milliy ma’naviy qadriyatlaming 
maqsadi, vazifalari, mazmunidan amaliyotda foydalanishda 
bugungi kun talablaridan kelib chiqish:
- har bir qadriyat mazmunida o‘zini namoyon qilgan milliy 
ma’naviy xususiyatlarga alohida ahamiyat berish;
- ta’lim-tarbiya jarayonini, shakl va usullarini takomil­
lashtirish, 
ta’lim-tarbiyaning 
noan’anaviy 
shakllaridan 
foydalanish zamr;
- ma’naviy qadriyatlaming o‘quvchi ongi va faoliyatiga, 
jamiyat ma’naviy turmushiga ta’sir etish darajasini hisobga 
olish.
79


Mazkur qoidalarga- umumiy ta’lim maktabida va sinfdan 
tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida hamda oila va madaniy 
ma’rifiy muassasalarda amal qilish talab etiladi. Shuningdek, 
ma’naviy 
qadriyatlardan 
foydalanib, 
yuqori 
sinf 
o‘quvchilarining ma’naviy madaniyatini shakllantirish muhim 
pedagogik vazifalami bajaradi.
1. Sharq xalqlarining uzoq tarixga ega ta’lim-tarbiya 
g‘oyalari, qonun-qoida va tamoyillarining mohiyatini anglab 
yetishda, ulaming bugungi davrdagi ahamiyatini ilmiy, tarixiy 
asoslashda tayanch manba bo‘lib xizmat qiladi.
2. Milliy ta’lim maskanlarining mazmunini yaratish uchun 
asos bo'ladi.
3. Bugungi an’anaviy dars va darsdan tashqari tarbiyaviy 
tadbirlami shaklan bir qolipga kirib qolishining oldi olinadi, 
o‘quvchilarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqod, 
qiziqish, ishonch tarbiyalanadi. Ulami milliy g‘urur asosida 
o‘rganish, kelgusi avlodlarga yetkazish, sevish va asrashga 
ehtiyoj paydo bo‘ladi.
4. Qadimiy milliy qadriyatlarimiz tiklanadi. Chunki milliy 
xususiyatlami aks ettimvchi qadriyatlaming mohiyatini har bir 
mavzu, har bir tarbiyaviy tadbir mazmuniga bevosita yoki 
bilvosita singdirilishi asosida azaldan tarbiya vositasi bo‘lib 
kelgan qadriyatlami mazmunan boyib, mustahkamlanib 
borishiga erishiladi.
Ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
ma’naviy 
qadriyatlardan 
foydalanib, 
yuqori 
sinf 
o‘quvchilarining 
ma’naviy 
madaniyatini shakllantirish muhim manbalarga tayangan holda 
amalga oshiriladi. Ular:
-
qadimdan tarbiya vositasi bo‘lib 
kelgan xalq 
pedagogikasi, uning tarkibiy qismlari - xalq og‘zaki ijodi, 
hunarmandchiligi, tasviriy va amaliy san’ati, musiqasi, teatri 
mazmunida xalqning tarbiyaga oid g‘oyalari, tasavvurlari,
80


orzu-istaklari, an’analari milliy qadriyatlaming boshlang‘ich 
negizi tarzida o‘z ifodasini topadi;
- xalqning qadimiy turmush tarzi, axloq normalari, kelajak 
orzulari haqida ma’lumot beruvchi dastlabki manbalar 
(bitiklar);
- diniy manbalar («Avesto», «Qur’on»«, «Hadis»);
- Sharq xalqlari milliy qadriyatlari haqida asosli bilim 
beruvchi Sharq mutafakkirlari madaniy merosi;
- yozma badiiy ijodiyot shakllari (pandnoma, klassik va 
hozirgi zamon badiiy ijod namunalari);
- turli xarakterdagi san’at asarlari, xalq. hunarmandchiligi, 
badiiy-estetik an’analar, urf-odatlar, bayramlar va boshqalar.
Ushbu manbalaming tarbiyaviy imkoniyatlari va yuqori 
sinf o‘quvchilarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishdagi 
ahamiyati ilmiy tadqiqot ishining navbatdagi bandlarida ochib 
beriladi.

Download 5,2 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo‘lib, milliy qadriyatlar  bilan

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish