‘zbek xalqining milliy-tarbiyaviy tajribasi




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

0 ‘zbek xalqining milliy-tarbiyaviy tajribasi
0 ‘zbekistonda 
davom 
etayotgan 
mustaqillikni 
mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya tartibotini ham isloh 
qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga payvand qilishni; yosh 
avlodlarda 0 ‘zbekiston vatanparvarlariga xos fazilatlaming 
tarixiy o‘zaklarini aniqlashni; o‘zbek xalqi tarixi, tili, adabiyoti, 
san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy tarbiyaviy tadqiq 
qilishni talab etmoqda. Ana shu nuqtai nazardan tadqiqotimiz 
mavzusi milliy pedagogika tarixi qirralarini ham o‘rganishni 
talab qiladi. Chunki tarix o‘zbek xalqi oldiga qachon, qanday 
tarbiyaviy talablar qo‘yganligini; davr o‘zgarishi bilan milliy 
tarbiya - fe’l-atvorimizda qay sifatlar, qaysi tomonlarga 
o‘zgarganligi, qaysi sifatlar o‘zgarmay, avloddan-avlodga 
meros bo‘lib yetib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy 
ma’naviyatni o‘rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai 
nazaridan g‘oyat qimmatlidir.
68


0 ‘tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo‘lgan 
farzandni orzu qilishganliklarini anglash uchun xalqimiz uzoq 
tarix davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat 
qilish kerak. 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarida 
tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, sadoqatli 
do‘st bo‘la olish, o‘z burchini, o‘z so‘zini oqlash, mardlik, 
jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo‘lgan. 0 ‘zbek 
olimlarining o‘tmishni (Y.Jumaboyev) qayd qilishlaricha, 
«...o‘z burchini ado etish, dushman ustidan g‘alaba qilish 
yo‘lida qahramonlarcha o‘z jonlaridan kechishga, har qanday 
mashaqqatlarga 
bardosh berishga, 
sevgi, 
muhabbatdan 
kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to 
oxirigacha kurashishga shay» turganlar. Ajdodlarimizda milliy 
vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo‘lganligini Sak 
qabilasiga mansub cho‘pon Shiroqning eramizdan awalgi 519- 
yilda ko‘rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin.
Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatiga axloqiy 
uchlik: o‘y, niyat, so‘z - ish birligini yaratishgan. Mazkur 
uchlik negizini keyinchalik lug‘atimizga kirib kelgan «vijdon» 
so‘zi bilan ham ifodalash mumkin, «Men yaxshi niyat, yaxshi 
so‘z va yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men 
yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh 
etaman», - deb yozilgan «Yasna»da. «Yaxshi fikr» deganda, 
yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlik va xavf-xatar 
ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, 
kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma 
bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan 
do‘stlik va hamjihatlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va 
fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri-xayolida 
boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi 
darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki 
bunday holatida u yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat
69


haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi», - deb 
hisoblangan.
Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan 
birga boiishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor - 
xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o‘z-o‘zidan 
ko‘rinib 
turibdi. 
Zamonlar 
o‘tib; 
odamlar 
orasidagi 
munosabatlaming boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan 
qabilaviy tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib, 
zamonaviylasha bordi. Ajodlarimiz o‘zlaridagi xislatlaming 
nafaqat xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini 
tobora chuqurroq ulg‘aytirib bordilar. Jumladan, yaxshi so‘zlar
— ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oqlash, hamma oldi- 
berdilarda halol boiish, o‘zgalaming haqini yemaslik, 
buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan 
boyib bordi.
Ajdodlarimizning ko‘hna qabilaviy tarbiyaviy tizimi 
hozirgi kunlarda biz to‘qnashgan axloqiy, madaniy, jismoniy, 
ekologik muammolami bartaraf qilish nuqtai nazaridan 
bebahodir. Zero, ajdodlarimiz axloqi kishining sog‘-salomat, 
kuchli boiishi kerakligini uqtirish bilan birga uning 
ma’naviyatiga asosiy e’tibomi qaratgan. Jumladan, ayolga 
hurmat, uni e’zozlash, ona sifatida qadrlash g‘oyalari markaziy 
o‘rinlardan birini egallagan. Demak, bu g‘oya yosh avlodga 
kundalik turmushda, oilada, yaxshi bolaning «namunaviy 
siymosi» orqali ijtimoiy tarbiyada izchil singdirib borilgan.
0 ‘zbekona tarbiyaning turli qirralari ulkan adiblarimiz 
Abdulla Qodiriy, Oybek, Pirimqul Qodirov va boshqalaming 
tarixiy asarlarida muvafaqqiyatli aks ettirilgan. Abdulla 
Qodiriy tomonidan « 0 ‘tkan kunlar»ning o ‘zbeklar turmushi- 
dan tarixiy roman» deya aniqlashtirilishi ham adibning milliy 
zaminda qat’iy turgan yozuvchi ekanligining misolidir.
70


Ma’raka-marosimlaming milliy tarbiyaviy imkoniyatlari 
ularda qatnashuvchilaming turli yoshdagi ijtimoiy, kasbiy 
guruhlardan tashkil topishi; muloqotlardagi ixtiyoriylik (bir- 
biriga bevosita bog‘liq emaslik); erkinlik; yoshi ulug‘, 
muhtaram kishilarga nisbatan hurmatning yaqqol namoyon 
bo‘lib 
turishi; 
muloqot mavzularining 
rang-barangligi; 
marosimlaming shaxs xulq-atvorining ommaviy nazoratchisi 
sifatidagi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar 
yoshlaming yoshi ulug‘ kishilar bilan birligini - milliy g‘ururini 
mustahkamlaydi, o‘z turar joyi, mahallasi, qishlog‘idagi 
kishilar to‘g‘risida tasawurlarini kengaytiradi, tevarak- 
atrofdagi 
muhitga 
diqqat 
bilan 
qarash 
malakalarini 
tarbiyalaydi, avlodlar orasida an’analaming uzviyligini tashkil 
etuvchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Motam marosimlarida qatnashayotgan barcha kishilarga 
ota-ona qadriga vaqtni o‘tkazmasdan, o‘z vaqtida yetish 
kerakligiga, ulami ranjitmaslikka, qariganda tayanch bo‘lishga, 
o‘zining va birovlar umrining qadriga yetishga undovchi 
vositaligini, o‘makligini qayta tan olmoq kerak. Qolaversa, 
o‘smirlar marosimlarda qatnashib, ta’ziyaga borishning milliy 
odobi: kam gapirish; ortiqcha faryod qilmaslik; bema’ni gaplar 
gapirmaslik; motam egasiga sabru qanoat tilash; qo‘lidan 
kelguncha 
yordam 
berish; 
ibrat 
olishni 
kuzatadilar, 
o‘rganadilar.
Milliy tarbiya jarayonini «sog‘lom turmush tarzi darsi» 
tushunchasiga qiyoslash mumkin. Ana shu darsdan «a’lo» 
baho olish uchun har bir inson bobolar hikmatlarini, xalq 
maqollarining mazmunini chuqur anglashi kerak bo‘ladi. 
Bobolar hikmatini shoir E.Vohidov o‘zining «Hikmatnoma» 
asarining so‘z boshisida5, «...insofli odam bexosdan tbyib 
ketsa, biror tayoq suqib, ey yo‘lovchi, ehtiyot bo‘l, bu yerda

Download 5,2 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 ‘zbek xalqining milliy-tarbiyaviy tajribasi

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish