Boshqaruv nazariyasi nisbatan
yangi va istiqbolli fan
tarmog‘i bo‘lib, obyektiv borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U
o‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida
ko‘radi. Chunki har qanday ilmning tadqiqot olib borishdan
maqsadi - tabiat, jamiyatdagi obyektiv qonuniyatlami aniqlab,
ulami inson ehtiyoj lariga xizmat qildirishdir. Bu esa boshqaruv
jarayonining mohiyati va qonuniyatlarini
aniqlash, bu
jarayonda sodir bo‘ladigan munosabatlar tabiatini ochib berish,
uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv subyektining asosiy
tamoyillarini
ishlab
chiqish
boshqaruv
nazariyasining
vazifalaridir.
Masalan, ijtimoiy hayotni boshqaruv nazariyasi shu sohani
boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan tadbirlar tartibi va
bosqichlarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy jarayonlar boshqamvining umumiy nazariyasining
obyektiv asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- jamiyatning taraqqiy etishi natijasida ijtimoiy
hayotning
alohida jabhalari orasidagi aloqalar yaqinlasha borib, uzviy
muno-sabatlar darajasiga ko‘tarilishi va bir butun ijtimoiy
majmuani tashkil qilish; •
- ilmiy bilishning zamonaviy bosqichida jamiyatdagi
hodisalami ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi va
ijtimoiy axborotlar oqimining ko‘payib va tezlashib borishi;
-
boshqaruvchi
va
boshqariluvchilar
orasidagi
munosabatlaming
tobora rivojlana borib, biri ikkinchisini
taqozo etishi va boshqaruv texnologiyasining takomillashib
borishi.
Shu munosabat bilan jamiyatning obyektiv ijtimoiy
qonuniyatlari hamda boshqaruv qonuniyatlari orasidagi uzviylik
boshqaruvini to‘g‘ri amalga oshirishda
alohida ahamiyat kasb
etadi. Shuning uchun ham boshqaruv jarayonim shakllantirishda
ijtimoiy fanlardagi qonuniyatlarga suyanish kerak.
67
Boshqarilish jarayoni hamma vaqt «boshqaruv organlari»,
deb nomlangan maxsus ijtimoiy guruhlar tomonidatt amalga
oshirilib kelingan. Ular ijtimoiy jarayonlaming kechish
qonuniyatlarini
o‘rganib
chiqib,
ulami
maqsadga
yo‘naltiradilar va nazorat qilib turadilar.
Boshqarish maqsadida olib borilgan munosabatlami
boshqa
ijtimoiy munosabatlardan, jumladan, ishlab chiqarish,
axloq-odob, o‘zaro muloqot va boshqalardan farqlash uchun
ular faqat jamiyatni tartibga solish uchun qilinadigan
munosabatlar ekanini anglash kerak.
Ular boshqarilish
jarayonining umumiy faoliyatidan kelib chiqib, ilmiy
asoslangan
va
jamiyatdagi
mavjud
qonuniyatlarga
asoslanadilar.