7-shakl.
Mahalla - ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar,
an’analar
maskani, chunki qadimdan bayramlar, hayit kunlari, to‘y-
tantanalarda qo‘ni-qo‘shnilar, bemorlar, yolg‘iz keksalami
sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlash an’ana tusiga aylanib qolgan.
Hashar yo‘li bilan qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilarga uy-
joy
binolari qurish, yetishtirgan dehqonchilik mahsulotlarini
yig‘ib-terib olish va ulardan qo‘ni-qo‘shnilarga ulashish,
ko‘chalar, hovlilar, mahalla hududini, qabristonlar va atrof-
muhitni
obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va toza-ozoda
saqlash, sport maydonchalari tashkil etish, yo‘llari, ko‘priklar
qurish va ta’mirlash, madaniy yodgorliklami avaylab-asrash,
mahallada yashayotgan har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.
Mahallada o‘tayotgan har bir tantana yoki marosim uchun
mahalla ahlining katta-yu, kichigi birday mas’ul. Bunday
tadbirlarda
katta-yu kichikka, hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi.
Chunki mahallaning barcha a’zosi yagona, mustahkam bitta
oila hisoblanadi.
Mahalla yoshlami kasb-hunarga yo‘llovchi, ishsizlami ish
bilan ta’minlovchi muhim makondir. Har bir oilaning o‘z
92
kasbiy sulolasi bo‘lganidek, mahallaning ham uzoq tarixiga ega
bo‘lgan kasb-hunar sulolasi mavjud. Mahallaning nomlanishi
aynan shu hunar nomi bilan ham ataladi.
Mahalla - tarbiya o‘chog‘i. Mahallada o‘sayotgan har bir
yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir.
Shuning uchun ham «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona», «Bir
bola tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona» kabi naqllar bejiz paydo
bo‘lmagan. Yoshlaming har bir xatti-harakati barchaning
diqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlaming har bir yosh
taqdiriga javobgarligi, ulami nazorat qilishi barkamol insonni'
tarbiyalab yetishtirishning negizidir.
Xulq-odobi yaxshi, har
tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil,
axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘dir.
Mahallaning tartib-qoidasi, qadriyatlariga barchaning amal
qilishi shartdir. Kimda-kim bularga rioya etmasa, hurmat
qilmasa
u
mahalladagi
o‘tadigan
tadbirlardan,
to‘y-
ma’rakalardan chetlatiladi, taklif etilmaydi. Agarda kibru havo
bilan qo‘ni-qo‘shni, mahalla ahli an’analarini oyoq osti qilsa
yoki bepisandlik bilan munosabatda bo‘lsa, amaldagi
qonunlarga
xilof ish tutsa, u mahalladan chiqarib yuboriladi.
Bu esa mahalla qonunida eng oliy jazodir. Bu jazo ota-onaning
noqobil farzandni «oq qilish» bilan tengdir.
Mahalla erkin fikrlilik asosida rivojlanadi. Mahallada
o‘tkaziladigan har bir tadbir, tashkiliy-tarbiyaviy ish yuzasidan
har bir fuqaro o‘z nuqtai nazari, qarashlari, taklif va tavsiyalarini
ochiq bildirish huquqiga egadir. Erkin fikr mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlaming ma’naviy
poydevorini tashkil etadi.
Ma’lumki, har bir mahallada
ikki yoki undan ortiq
choyxona bo‘ladi. Bu o‘zbeklarga xos milliy xususiyatdir. U
yerda odamlar oshxo‘rlik va choyxo‘rlik qilish davomida turli
mavzularda suhbatlar, fikr olishuvlari bo‘lishi tabiiy hoi.
93
Shuningdek, askiya va hazil-mutoyiba gurunglar ham bo‘ladi.
Bu jarayonda mahallaning oqil-dono kishilari ba’zi oilalardagi
tarbiya
borasidagi
kamchilik
va
nuqsonlarni
malol
kelmaydigan tarzda tilga olishlari asnosida to‘g‘ri yo‘lga
yo‘naltirishlari mumkin. Yoxud ma’naviy axloqiy tarbiya
yo‘sinida bir-birlariga maslahatlar berishlari foydadan xoli
emas.
Shuningdek, to‘y-marosimlarda yoshlami el xizmatiga jalb
etish: mehmonlarga choy tashish,
ovqat eltish, ovqat tanawul
qilib bo‘lgandan so‘ng, idish-tovoqlami olishga o‘rgatish
nihoyatda muhimdir. Shu ishlami bajarish davomida yoshlar
nimaga e ’tibor berish, qanday muomala-munosabatda bo‘lish
kerakligini o‘rgatish muhimdir. Bu har bir ota-onaning,
qolaversa, mahalla oqsoqollarining murabbiylik burchidir.
Bunday mahallada tarbiyalanayotgan yoshlar, birinchidan,
mehnatsevarlik odobini, ikkichidan,
xushmuomala odobini,
uchinchidan, jamoaga hurmat odobini egallaydilar.
Shunday qilib, mahalla Sharq xalqlari uchun muhim
qadriyat bo‘lib, uning sha’ni, gullab-yashnashi, taraqqiy oti
uchun butun kuch va imkoniyatni safarbar etish barchaning
kelajak avlod, millat oldidagi burchi va vazifasidir.