munosabati normalarini o‘zlashtiradilar.
Turistik safarlami uyushtirish va o‘tkazishga (piyoda,
chang‘ida, qayiqda, velosipedda) jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
bilan
birgalikda guruh rahbari, ota-onalar, otaliqdagilar jalb
qilinadi. Ular jismoniy og‘irlikni ma’lum normaga solish,
xavfsizlik qoidalariga amal qilish va bolalarning hayoti va
sog‘lig‘ining himoyasi uchun alohida javobgardirlar. Safar
vaqtida tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tarbiyaviy ishlar olib
boriladi.
Sport. Jismoniy tarbiyadan sport jismoniy mashqlaming
alohida turlari bo'yicha eng yuqori
natijalarga erishishga
bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Sport texnik natijalarini aniqlash
va g‘oliblarni belgilash uchun musobaqalar o‘tkaziladi.
Musobaqalarda keskin sport kurashi sharoitida, jamoa oldida
o‘zining natijalari uchun yuksak mas’uliyat o‘quvchilami
uncha-muncha jismoniy va asab zo‘riqishlarini bartaraf etishga
olib keladi, harakatlanish va ma’naviy-irodaviy sifatlarini
namoyon qiladi, rivojlantiradi. Quyi sinf o‘quvchilari jismoniy
mashqlar (sport)ning o‘quv dasturidan joy olgan turlari
bo‘yicha musabaqalar o'tkazadilar.
Gigiena omillari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini gigienik
ta’minlash, o‘quv mehnati, dam olish,
ovqatlanish, uyqu va
boshqalami oqilona tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
Inson organizmi hayotida hech narsa ritmdan ortiq
hukmronlik qila olmaydi. Agar inson muayyan ritmda ishlasa
va dam olsa, ovqatlansa va uxlasa, organizm faoliyatning har
bir
turiga oldindan tayyorlanadi, nisbatan yengil o‘tadi, tezlik
bilan kirishadi, chunki mustahkamlangan asab aloqalarining
«ishga solish» mexanizmi ishlay boshlaydi. Ritm qo‘zg‘alish
va tormozlanishni tenglashtiradi, organizmdan uning me’yorda
va barqaror ishlab turishi uchun ajraladigan energiyaning
sarflanishini kamaytiradi.
89
Hayot va faoliyatning mehriy asosi sifatida kun tartibi
o‘quv o‘qishdan tashqari va bo‘sh vaqtni sarflashni gigienik
normalarga muvofiqlashtirishga olib keladi, mehnat qilish va
dam olishni almashlab turishning qat’iy tartibi va maqsadga
muvofiqligini belgilab beradi. Qunt bilan tuzilgan va
muntazam bajariladigan tartib kuchni sarf etish va tiklanish
muvozanatini saqlaydi, sog‘liqni mustahkamlaydi,
tetik va
xushchaqchaq
kayfiyat
uyg‘otadi,
batartiblik,
aniqlik,
uyushqoqlik, intizomlilik, vaqtni his qilish va o‘z-o‘zini
nazorat qilishni tarbiyalaydi.