• Vatanparvarlik.
  • M hamdamova




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    Ma’naviy-axloqiy tarbiya. 0 ‘zbekiston mustaqil davlatga 
    aylangan bir sharoitda ma’naviy va axloqiy tarbiya qator 
    omillar ta’sirida amalga oshiriladi. Axloqiy sifat shaxsning 
    barcha muhim xususiyatlarini yaxlit holga keltiradi.
    0 ‘zbek xalqining moddiy va madaniy darajasining 
    ko‘tarilishi yangi axloqning kelajakdagi rivojlanishi va 
    mustahkamlanishining sotsial bazasini kengaytiradi, shaxs 
    ehtiyojlarini yangi darajasi va undan 
    oqilona fodalanishni 
    shakllantiradi.
    Axloqiy 
    tarbiyaning 
    maqsadi 
    shaxsni 
    axloqiy 
    shakllantirshdir. Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari boigan
    55


    axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish: vatanparvarlik, 
    vatanga muhabbat, 0 ‘zbekistoft gerbi, bayrog'i, madhiyasiga 
    hurmat, insonparvarlik, ongli intizom va boshqa tuyg‘ulami 
    kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifasidir.
    Axloqiy tarbiyaning ba’zi asosiy sifatlari mazmunini 
    tavsiflaymiz.
    Vatanparvarlik. Vatanparvarlik Vatanga muhabbat, uning 
    himoyasiga tayyor bo‘lish, Vatanning gullab-yashnashi uchun 
    mehnat qilish demakdir.
    Insonning ma’naviy qiyofasida bu tuyg‘ular o‘zini 
    namoyon qiladi. Unda ijtimoiy burch bilan belgilanadigan 
    xatti-harakatning eng yuqori asoslari o‘z aksini topadi. 
    Fuqarolik 
    burchi 
    inson 
    hayotiy 
    faoliyatining 
    barcha 
    sohalaridagi 
    ijtimoiy 
    faolligini 
    kuchaytiradi. 
    Vatan 
    manfaatlarini himoya qilishda, mehnatda, ijtimoiy faoliyatda 
    o‘zining fuqarolik majburiyatlarini sidqidildan bajarishga 
    rag‘batlantiradi.
    0 ‘quvchilarda baynalmilal tuyg‘u va baynalmilalchi 
    sifatlarini 
    tarbiyalash jarayonida 
    ulaming 
    0 ‘zbekiston 
    xalqlarining milliy birligi, umumdavlat manfaatlarining ayrim 
    viloyat yoki millat manfaatlaridan ustunligini tushuntirish 
    alohida ahamiyatga ega.
    Jamoatchilik faoliyati shaxsning xususiyatlari sifatida 
    namoyon bo‘ladi va insonning jamiyat maqsadlari bilan 
    birdamligini aks ettiradi. Uning tuzilmasiga mehnat va 
    jamoatchilik faolligi, burch va javobgarlik tuyg‘usi, o‘rtoqlik, 
    o‘zaro yordam, jamoa va butun jamiyat manfaatlari yo‘lida 
    boshqalarga va o‘ziga talabchanlik tuyg‘ulari kiradi.

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish