II.UZLUKSIZ TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M
8-M (2), 6-sinf Informatika kitobi Cambridge , 12, DALOLATNOMA, www.idum.uz 5 класс физкультура КТП, MO\'M Ma\'ruza 1 MO\'M 2-OTM 3-kurs (1), Chaqiruv qog`ozi-337201100383, ahsbgdlhas, 500 ta lug\'at, tarixiy inversiya, 9b aydans, Iv bap. Tarmaq operacion sistemalar 1 Operacion sistemalard w, Navigation, Комбинаторика
II.UZLUKSIZ TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI 
INSONPARVARLASHTIRISH TAMOYILLARI
2.1.Ta’lim va tarbiya nazariyasining ta’limni 
insonparvarlashtirish bilan bog‘liqIigi
Ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo‘nalishida tubdan 
o ‘zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishning 
birinchi sharti - unga bir butun tizim sifatida yondashish va 
shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir. M a’lumki, har 
qanday barqaror tizim qismlar, elementlaming muayyan 
tuzilmalaridan tarkib topadi. Binobarin, undagi har bir qism o‘z 
o‘rnida turganda va har qaysisi o‘z vazifasini mukammal tarzda 
bajargandagina tizim tashqi ta’sirlarsiz, o ‘z-o‘zini boshqarish 
tomon yo'nalishi mumkin. Bu holatda ta’lim-tarbiya tizimining 
uzluksiz harakati, uzluksiz takomillashuvi uning bir maromda 
ishlashining zarur sharti bo‘lib qoladi.
Ta’lim-tarbiyaga uzluksiz tizim sifatida qaralishining o‘zi 
insonparvarlikning amalda namoyon bo‘lishidir. Ayni vaqtda 
insonparvarlik ta’lim-tarbiyaning uzluksiz va izchil bo‘lishini 
taqozo etadi. Zero, bundan kuzatilgan asosiy maqsad muayyan 
kasb-komi mukammal egallab olish va ayni vaqtda sog‘lom, 
barkamol inson shaxsini vujudga keltirish, uni hozirgi zamon 
fan-texnika va texnologiyasi yutuqlaridan bahramand etish, 
axborot asri sifatida namoyon bo‘layotgan XXI asming yuksak 
talablariga muvofiq kadrlar bo‘lib yetishishlariga erishishdir. 
Kadrlar chuqur va keng bilimli, yuqori malakali mutaxassis
24


boiishlari 
zarur, 
ammo bu bilimdonlik tarixiy-milliy 
zaminlarda qaror topadigan boy ma’naviyat, pok axloq, imon- 
e ’tiqod butunligi bilan omuxta bo‘lib ketgandagina ijtimoiy 
ahamiyat kasb etadi, tor ixtisoslik tafakkur tarzidan keng 
miqyosli falsafiy tafakkur tarzi tomon rivojlanish uehun yo‘1 
ochiladi. Bu juda katta o ‘zgarish sifat jihatidan yangilanishga 
olib kelishi kerak. Chunki muayyan tarixiy va ijtimoiy 
sabablarga ko‘ra, tor ixtisoslik natijasida tafakkurning torligi 
ham barqaror b o iib qolishi mumkin. Bunda mutaxassis o‘z 
kasb-kori doirasidagina fikr yuritish bilan chegaralanib qoladi. 
Bu esa milliy, ham umumbashariy munosabatlaming bundan 
buyongi rivojiga monelik qiladi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturida ko‘zda tutilgan muammolarni hal etayotganda 
masalaning ana shu jihatiga asosiy e’tibomi qaratish lozim.
Bugun tug‘ilib voyaga yetayotgan bola muayyan vaqtdan 
keyin biron bir kasbda ishlaydi, agranom, muhandis, 
o ‘qituvchi, shifokor va boshqa ommaviy kasb egasi boiadi 
yoki davlat va nodavlat tuzilmalarida faoliyat ko‘rsatadi. 
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini 
insonparvarlik ruhi bilan 
sug‘orilgan b o isa, b o iajak avlod ongi, his-tuyg‘usi shu ruhdan 
oziq oladi va bunday odamlarda ma’naviyat eng yuksak 
cho‘qqiga chiqadi. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
chinakam insoniy tus olsa, shubhasiz, bu holat jamiyatning 
butun faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozircha bolani oilada 
tarbiyalash, oilaviy tarbiyaning ilmiy jihatdan asoslangan 
dasturi va shunga muvofiq uslubiy qoilanm alar yo‘q hisobi. 
Holbuki, bolaning kelajakda qanday inson b o iib kamol topishi 
ko‘p jihatdan oilaga bogiiq. Yetti yoshgacha boigan bolaning 
ongiga, ruhiga qanday fikr, his-tuyg‘u kirsa, uni butun umri 
davomida saqlaydi, qadrlaydi. Demak, uzluksiz ta’lim-tarbiya
25


tizimining tarkibiy qismi sifatida oila tarbiyasiga munosabat 
belgilash dolzarb masaladir.
4-shakl.
Buning uchun ana shu qismlarda ishlovchi kishilar, 
ijtimoiy 
guruhlar, 
jamoalar 
o‘z 
vazifalarini 
qanday 
bajarishlariga qarab uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi harakatga 
keladi. Mabodo u qismlaming birortasi yomon ishlasa, o‘z 
funksiyasini yetarli bajara olmasa, butun sistemaga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishini o‘sha qismlarga uyushgan kishilar jamoalari 
anglashlari, shu yuksak mas’uliyatni his etishlari muhimdir. 
Insonparvarlik shunda oddiy dunyoqarashlikdan chiqib, amaliy 
harakat tusini oladi. Shu munosabat bilan, ta’lim-tarbiya 
dasturida, bolalar, o‘smirlar va yoshlaming (masalan, 
tug'ilganidan tortib, to 18 yoshgacha) qanday ko‘nikma va 
malakalami, qancha bilimlami, qadriyatlami o‘zlashtirishi 
zarurligi, o‘rtacha me’yor va mezonlari ham ilmiy asoslab 
chiqilishi lozim.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya 
tizimi jamiyatni tashkil etgan 
tizimning tarkibiy qismidir. Bu qismning samarali ishlashi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming barcha jihatlariga o‘z
26



Download 5,2 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish