M hamdamova




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

(ШШНЗЛМП
o a t


bo‘yicha yangi-yangi sohalar, mutaxassisliklar, yo‘nalishlar 
tashkil etildi. Uzluksiz ta’lim tizimiga oid barcha fanlar 
bo‘yicha davlat ta’lim standartlari yangidan yaratildi. Barcha 
o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalar davlat ta’lim 
standartlari talablaridan kelib chiqib, qayta tayyorlanmoqda. 
Uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlari bo‘yicha 
pedagog-o‘qituvchilarning ixtisoslik malakalarini oshirish va 
ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ishlar keng miqyosda va izchil 
amalga oshirilmoqda.
Mamlakatni demokratik asoslarda qayta qurish va 
jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish - ko‘p 
qirrali jarayondir. Bunda ta’lim-tarbiya tizimlarining o‘mi, 
ahamiyati, shubhasiz, juda katta. 0 ‘zining kundalik tirikchilik 
tashvishlaridan ortmay qolgan, milliy-tarixiy qadriyatlaridan, 
urf-odatlari va qadimiy an’analaridan deyarli begonalashgan, 
tor ixtisoslik doirasida fikr yuritish va faoliyat ko‘rsatishdan 
chiqa olmagan, erkin va ijodiy fikr yuritishdan mahrum etilgan 
«sovet kishisi»ning ongi va dunyoqarashini o‘zgartirish, 
qalbiga, ruhiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar nurini 
singdirish, uning bugungi taraqqiy etayotgan madaniy olam, 
erkin va ilg‘or fikrlovchi insonlar darajasida faoliyat ko‘rsatishi 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda ta’lim-tarbiya tizimlari 
oldida katta va keng miqyosli vazifalar turibdi. Bu, aw alo, 
yangi davr talablariga to ia javob beradigan yuqori malakali 
mutaxassis kadrlami tayyorlashdir. Shu jihatdan qaraganda, 
ta’lim-tarbiya sohasida nazarda tutilayotgan tadbirlarning 
g‘oyaviy-nazariy asoslari milliy mustaqillik g‘oyasi bilan 
chambarchas bog‘liq.
M a’naviy-axloqiy ustuvor vazifalarni amalga oshirish:
-
ta’limni insonparvarlashtirishni ta’minlash mexanizm- 
larini ishlab chiqish, bevosita fanlar bo‘yicha ishlab chiqilgan 
ishchi dasturlarda ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash;
18


- uzviylik va uzluksizlik mezonlariga amal qilgan holda 
ishlab chiqilgan yangi namunaviy o‘quv'dasturlarining yangi 
turkumini ta’lim amaliy otiga joriy qilish.
Ma’naviyat - bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim 
turidan qat’i nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida, 
ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib ruhiga singib, uning 
hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy 
sifatlardir. Demak, ma’naviyat asosini bilim tashkil qilar ekan, 
bilim turlariga mos ravishda ma’naviyat turlarini sanab chiqsak 
bo‘ladi. Bularga diniy ma’naviyat, axloq va odob ma’naviyati, 
dunyoni ilmiy bilish ma’naviyati, texnik ma’naviyat, kasbiy 
ma’naviyat va boshqalar kiradi. Axloq va odob ma’naviyati 
inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini, ya’ni qobig‘ini 
tashkil qilgani uchun, ba’zilar ma’naviyat‘deganda, kishining 
axloq va odobga oid bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi 
deb tushunishadi. Bu ma’naviyatni tor ma’noda tushunishdir.

Download 5,2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish