jamiyat hayotida mehnatning muhim ehtiyoj ekanligiga,
ijtimoiy ahainiyatiga, mehnatga an’anaviy muno-sabatga jiddiy
putur yetkazildi. Madaniy-tarixiy qadriyatlarga, milliy an’ana
va urf-odatlarga mensimay qaraldi, ular kamsitildi. Ma’naviy
kamolotning muhim vositalaridan bo‘lgan badiiy-estetik
tarbiyaga kam ahamiyat berildi. Badan tarbiyasi va sog‘liqni
saqlashning ahamiyatini yoshlar ongiga
singdirish masalalari
oqsab qoldi. Mutaxassislar tayyorlashda o‘rtamiyonachilikka
ruju etildi: tarixda shaxsning roli masalasidagi xato nazariyaga
muvofiq tabaqalashtirmaslik, aksincha, barchani bir qarich
bilan o‘lchash rasm bo‘ldi, ijodkor va tashabbuskor,
ishbilarmon va tadbirkor, qobiliyatli va iqtidorli mutaxassislar
o‘rtamiyona yoki umuman, past saviyali mutaxassisdan farq
qilinmadi. Talaba-o‘quvchilarga bo‘lgan
munosabat ham
shunday edi. Oliy ixtisoslik ma’lumotiga ega bo‘lgan, diplomli
mutaxassislar juda ko‘plab yetishtirildi, ammo ular xalq
xo‘jaligini rivojlantirishning talablariga to‘la javob bera
oladigan, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllanmaganligi
va tadbirkorlik sifatlari kam bo‘lgani uchun, ba’zilari ijtimoiy
taraqqiyot yo‘lida va ayni vaqtda xo‘jalikni boshqarish va
rivojlantirish yo‘lida muayyan to‘siqqa aylanib qoldilar.
«Insonparvarlik»,
«adolatparvarlik»,
«tinchlik
va
demokratiya tayanchi» niqoblari ostida amalga oshirilayotgan
barcha tadbirlar ostida g ‘arazli niyatlar,
buyuk millatchilik,
buyuk davlatchilik siyosati yashiringanligi tobora ochiq-oydin
bo‘lib qola boshladi...
Jamiyatni tanazzul va inqirozga mahkum etadigan bunday
illatlar sho‘rolar davri ta’lim
tizimida ham o ‘z ta’sirini
kuchaytirdi: ta’lim va tarbiya jarayonlari bir-biridan ajralib
qoldi, ta’lim-tarbiya ataylab milliy-tarixiy zamindan ajratib
qo‘yildi,
ta’lim-tarbiyadan
an’anaviy
ustoz-shogirdlik
tamoyillariga pisandsizlik bilan qaraldi, yoshlaming ongi va
28
dunyoqarashlarini keng miqyoslarda rivojlantirish o‘miga bir
kasb-korga,
muayyan
bir
sohagagina
oid
bilim
va
ko‘nikmalarni egallashga majbur qilindi, yuksak ma’naviy-
axloqiy fazilatlar qadrlanmadi,
yoshlami shaxs sifatida
barkamol inson qilib tarbiyalash o‘miga, ularga faqat dasturda
belgilangan bilimlami o‘rgatishgina asosiy maqsad qilindi,
buning oqibatida talaba-o‘quvchi turli kasb-hunarlami puxta
egallash o‘miga guvohnoma, diplom egasi b o iib olish payiga
tushib qoldi, chunki ishbilarmonlik, tadbirkorlik, kasb-mahorati
kabi sifatlar o‘z qadr-qiymatini yo‘qotib, uning o‘mini boshqa
xususiyatlar, ayniqsa, salbiy xislatlar egallay boshladi.
«Baynalmilalchilik», «vatanparvarlib> shiori ostida taiim -
tarbiya tizimida y o ig a qo‘yilgan tadbirlar, ko‘pincha yoshlar
ongtda
katta og‘aynigarchilik
shovinizmi va buyuk
davlatchilik
g‘oyalarini
qaror
toptirishga
qaratilganligi
shundoqqina ko‘rinib turadi. G‘arbiy Yevropaning jamiyat
hayotida va xo‘jaligining turli tarmoqlarida sodir boiayotgan
ijobiy
hodisalar,
taraqqiyparvar
g‘oyalar,
ilm-fandagi,
texnikadagi yutuqlar «buijuacha hayot», «reaksion burjua
tamg‘alari bilan kamsitilar edi, ulaming tub mohiyati ochib
ko'rsatilmay, quruq tanqid qilinardi, «sho‘ro tuzumi va
kishisiga yot hodisa» sifatida qoralanar edi. Hamma narsa
inson uchun, hamma yaxshi narsalar
bolalar uchun degan
shiorlar soxtaligi uchun kishilaming g‘ashiga tegar edi.
0 ‘zbekistonda mustaqillik sho‘rolar davridan meros boiib
qolgan bunday illatlardan jamiyatni va jumladan, ta’lim-tarbiya
tizimini ham butunlay tozalashni yangicha va haqiqatan ham
demokratik tamoyillarga asoslangan, adolatli huquqiy fuqarolik
jamiyatini barpo etish, taiim-tarbiya tizimlarini eng ilg‘or davlatlar
tajribalari va milliy an’analarimiz asosida qayta tashkil qilish kabi
ulug‘vor va dolzarb vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda.
29
Ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo‘nalishida tubdan
o ‘zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ко‘tarishining
birinchi sharti unga bir butun tizim sifatida yondashish va
shunga muvofiq ish olib borishdan iboratdir. M a’lumki, har
qanday barqaror tizim qismlar, elementlarning tuzulmalaridan
tashkil topadi.
Binobarin, undagi har bir qism, element o ‘z
o‘mida turganda va har qaysisi o‘z vazifasini mukammal tarzda
bajargandagina tizim tashqi ta’sirlarsiz o‘z-o‘zini boshqarish
tomon harakatga keladi.