• Insonparvar ta ’lim
  • M hamdamova




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    insonparvarlik 
    -
    insonning sharafi, vijdoni va imonning mahsuli hisoblanadi.
    Insonparvarlik g‘oyalari, baxt-saodat va adolatga erishish 
    orzu-havaslari, xalq og‘zaki ijodiyotida, adabiyotda, diniy 
    falsafiy, pedagogik ta’limotlarda uzoq o‘tmishdan beri o‘z 
    aksini topib kelmoqda.
    Insonparvar ta ’lim -  umuminsoniy qadriyatlar, insonning 
    hayoti va sog‘lig‘i, shaxsning erkin rivojlanishi ustuvorligi 
    tamoyillariga asoslangan ta’limdir.
    0 ‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish, 
    umuman, jamiyatni insonparvarlashtirishning ajralmas tarkibiy 
    qismidir. Bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan 
    tadbirlardan biri uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishning 
    asosiy tamoyillarini ishlab chiqishdir. Bu esa ta’lim-tarbiya 
    tizimini insonparvarlashtirish uni qayta qurishning eng asosiy 
    va markaziy muammolaridan biridir.
    Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng 
    dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviy- 
    axloqiy jihatdan barkatnol, ruhan tetik, o‘z mamlakati va uning 
    jahon hamjamiyatida tutgan o‘mi va rolida o‘zining fuqarolik 
    mas’uliyatini to‘g‘ri va to‘la anglab yetgan imonli, komil inson 
    shaxsini tarbiyalash maqsadlaridan kelib chiqadi.
    Ta’limni insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda 
    yuksak axloq va fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning or- 
    nomusi, sha’ni va mas’uliyati kabi tuyg‘ulami, vatanparvarlikni, 
    ma’naviy-ruhiy fazilatlami tarbiyalashdan iboratdir.
    Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim va tarbiyaning 
    insonparvarlik 
    vazifasini 
    amalga 
    oshirishning 
    muhim 
    omillaridan biridir. U tashkiliy, uslubiy, huquqiy-me’yoriy, 
    pedagogik-psixologik tadbirlami o‘z ichiga qamrab oladi. 
    Bunday tadbirlar majmuasi insonparvarlik g‘oyalarining va 
    ta’lim-tarbiyadagi gumanitar vosita va uslublarning tabiiy-


    ilmiy va texnik bilimlar doirasiga kirib borishni ta’minlashga 
    va shular orqali tafakkuming texnokratik usulini yengib o ‘tish 
    va bartaraf qilishga qaratiladi.
    Ta’limni insonparvarlashtirishning bosh maqsadi - ilmiy- 
    texnik bilimlaming gumanitar ta’litn bilan chambarchas 
    birligini va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashdan iboratdir.
    Uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirish ijtimoiy-madaniy 
    qadriyatlami insonning ijtimoiy intizomi va uning ixtisoslik 
    bo‘yicha mehnat faoliyatining ajralmas va tabiiy belgilariga, 
    xususiyatlariga 
    aylantirishdan 
    iborat 
    b oiib, 
    bo'lajak 
    mutaxassisning insonparvarlik sifat va fazilatlarining ustuvor 
    bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. Ta’limni insonparvar­
    lashtirish rejalari gumanitar turkumdagi fanlaming, shu 
    jumladan, 
    ijtimoiy-iqtisodiy 
    fanlaming 
    insonparvarlik 
    xususiyatlaridan ham ta’lim-tarbiya jarayonlarida unumli va 
    samarali foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish bilan birga, bu 
    turkumga kirmagan fanlar, ya’ni fizika, kimyo, biologiya, 
    matematika, shuningdek, texnika fanlari va umuman, talim 
    tizimida o‘tiladigan barcha fanlaming ham tarbiyaviy 
    tamoyillariga, insonning ma’naviy-axloqiy, ruhiy jihatdan 
    takomillashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat va e ’tibor 
    qaratishni, ulaming insonparvarlik xususiyatlarini kengroq 
    ochib, tahlil etib ko‘rsatib berishni, talaba-yoshlami o‘qitish 
    orqali ma’naviy-ruhiy jihatdan ham tarbiyalashni maqsad qilib 
    qo‘yadi. 0 ‘quv dasturlarining, darslik va qo‘llanmalaming 
    yangi avlodini yaratishda, ta’limning texnik vositalaridan 
    foydalanishda, 
    ular 
    uchun 
    maxsus 
    o‘quv 
    dasturlari 
    tayyorlashda ta’limni gumanitarlashtirishning mana shu 
    tomonlariga, ya’ni yosh mutaxassislaming ma’naviy-axloqiy 
    jihatdan barkamol shaxs sifatida takomillashuvida har bir 
    fanning ishtirokini eng yuqori darajada ta’minlashga katta 
    e’tibor berilishi zarur.
    8


    Sho‘rolar davridagi 
    eski 
    ta’lim tizimining 
    asosiy 
    qusurlaridan biri, uning jamiyat real hayotidagi o‘tmish 
    ajdodlar tomonidan bunyod etilgan madaniy merosdan, asi 
    qadriyatlardan, ijtimoiy ong taraqqiyoti darajasidan ajralib 
    qolganligidir. Bu borada ijtimoiy safsatabozlik ham ta’lim- 
    tarbiya ishlariga katta ma’naviy zarar yetkazadi: rasmiy 
    doiralarda tantanali ravishda e’lon qilingan va iftixor deb 
    ta’kidlangan narsalar bilan haqiqatan mavjud bo‘lgan narsalar 
    orasidagi katta ziddiyat borligi aniq-ravshan ko‘zga tashlanar 
    edi.
    Ta’limni insonparvarlashtirish tadbirlari talaba-o‘quvchi- 
    larning 
    o‘z ixtisosliklari bo‘yicha bilimlari orqali ham, 
    shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar fanlar orqali, 
    umuman, madaniy, ma’naviy-axloqiy me’yorlar hamda 
    qadriyatlami o‘zlashtirish orqali shakllangan ko‘nikma va 
    malakalarida samimiylik, haqgo‘ylik, odamgarchilik, imon- 
    e’tiqod kabi sof insoniy sifat va fazilatlaming ustun bo‘lishini 
    ta’minlashga, 
    bo‘lajak mutaxassisning 
    o‘z 
    kasb-hunari 
    bo‘yicha faoliyatida el-yurtning sihat-salomatligi, ijtimoiy- 
    iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy rivoji to‘g‘risida, mamlakatning 
    tinchligi 
    va 
    osoyishtaligi, 
    ekologik jihatdan 
    tozaligi, 
    obodonchiligi, vatanning taqdiri va kelajagi haqida g‘amxo‘rlik 
    qilishga o‘rganishi va o‘zining bular uchun ham mas’ul 
    ekanligini chuqur his etishini tarbiyajashga qaratilgandir.
    Ta’limni insonparvarlashtirish yoki gumanitar ta’limning 
    bosh tamoyili shaxsning intellektual, jismoniy va ma’naviy- 
    axloqiy qobiliyatlarining shakllanishi, taraqqiy etishi va o‘zini 
    namoyon qilishi uchun muayyan sharoitini yuzaga keltirishni 
    taqozo etadi, tabiiy-ilmiy fanlarga boigan texnologik 
    munosabat va to'siqlami yengib o‘tishga yordam beradi; fan- 
    texnika va ishlab chiqarishning qaysi tarmog‘ida faoliyat 
    ko‘rsatishidan 
    qat’i 
    nazar 
    har 
    bir 
    mutaxassisning
    9


    madaniyatidan, badiiy-estetik, san’at va gumanitar sohalardan, 
    jamiyatning 
    m a’naviy-axloqiy 
    negizlaridan, 
    boshqa 
    kishilaming va umuman, jamiyatning manfaatlaridan ajralib 
    qolmaslik va aksincha, ulardan muntazam ma’naviy oziq olish, 
    xabardor bo‘lish mas’uliyatini ham oshiradi.
    Ixtisoslik fanlari va ilmiy-texnik bilimlar bilan gumanitar 
    ta’limning 
    aloqalarini 
    mustahkamlash, 
    ta’lim-tarbiya 
    tizimlarida ulardan birgalikda samarali foydalanish vazifalarini, 
    mustaqil 0 ‘zbekistonning hozirgi sharoitda hayotning o ‘zi kun 
    tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘ydi: respublikaga ko‘plab yangi 
    tipdagi kadrlar kerak. Ular faqat xalq xo‘jaligi talablarini 
    qondirish uchungina emas, balki 0 ‘zbekistonning jahon 
    jamiyatiga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalami bajarish, uning 
    xalqaro madaniy 
    va xo'jalik aloqalarini o‘stirish va 
    mutahkamlash uchun ham zarur. Ta’lim va tarbiyada 
    millatning madaniy an’analariga umumbashariy qadriyatlarga 
    murojaat etish ham, shakllangan me’yorlar va qarashlami qayta 
    anglashga bo‘lgan xatti-harakati ham ana shundandir. Eskirgan 
    mafkuraviy qoliplar va ko‘rsatmalardan voz kechish, erkin, 
    ijodkor va tashabbuskor shaxsni tarbiyalab yetishtirish, talaba- 
    o‘quvchilar ongini ijtimoiy safsatabozlik, milliy xurofotlardan 
    xalos etish yosh avlod ta’limi va tarbiyasi oldida turgan asosiy 
    vazifalardandir.
    Hozirgi kun fan, madaniyat va ta’lim sohalarida ham katta 
    o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, islohotlaming sur’atlari 
    tobora jadallashmoqda. Biroq axborotlar asri talablariga 
    muvofiq o‘zgarayotgan hayotimiz ehtiyojlari jamiyat oldiga 
    yangidan-yangi vazifalami ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
    Bu vazifalami amalga oshirish uchun ta’lim va tarbiya 
    tizimining barcha bosqichlarini Kadrlar tayyorlash Milliy 
    dasturi asosida isloh qilish tadbirlari ko‘rilmoqda. Hozirgi kun 
    bu borada qilinadigan ishlaming birinchi, ikkinchi bosqichi
    10


    yakunlanib, uchinchi bosqich bo‘yicha ishlar amalga oshirila 
    boshlandi.
    Shaxsning, 
    insonning 
    ma’naviy, 
    ruhiy 
    kamoloti 
    ta’minlanmasa, jamiyatning moddiy-texnik taraqqiyoti bir 
    tomonlama bo‘ladi va kutilgan natijani bermaydi. Ruhiy ibtido 
    yoshlar qalbini yuksak madaniyat va axloqiy fazilatlar bilan 
    boyitishga, ulaming, umuman, millatning ruhiy-ma’naviy 
    rostlanishiga yordam berishi kerak.
    Madaniyat gumanitar ta’lim va tarbiyaning muhim 
    qismlaridan biri sifatida talaba-yoshlar ruhiy olamining 
    shakllanishida, hayotiy pozitsiyalaming mustahkamlanishida, 
    ulaming ijtimoiy faolligining o‘sishi va ixtisoslik bilimlari 
    hamda umumnazariy tayyorgarligining oshishida asosiy 
    vositalardan biri hisoblanadi. Insoniyat tomonidan to‘pl.angan 
    behisob madaniy boyliklardan bahramand boiish, ulami 
    o ‘zlashtirish 
    yoshlarda 
    gumanistik 
    dunyoqarashning 
    vatanparvarlik, vijdon, e ’tiqod, or-nomus, sha’n, mardlik, 
    jasorat, 
    oliyhimmatlik, 
    fidoiylik, 
    insonparvarlik 
    kabi 
    qadriyatlaming shakllanishiga yordam beradi. Yoshlarda 
    bunday sifat va fazilatlarni tarbiyalash maorif va oliy ta’lim 
    tizimida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Zero, Prezident
    I.A.Karimov 
    ta’kidlaganidek, 
    siyosatda, 
    iqtisodda 
    va 
    ma’naviyat sohasidagi islohotlaming taqdiri о ‘sib kelayotgan 
    yosh avlodga bog‘liq.
    Uzluksiz ta’lim tizimining barcha talaba-o‘quvchilarini 
    Respublikamizning tarixiy shaharlariga, diqqatga sazovor 
    joylariga muntazam ravishda sayohatlar uyushtirib turish, 
    muzeylarga, ko‘rgazmalarga, teatrlarga, konsertlarga maxsus 
    jadval 
    tuzib 
    ommaviy 
    ravishda 
    olib 
    borish, 
    ta’lim 
    muassasalarida ulaming mehnat va urush faxriylari 
    bilan, 
    zamonamiz 
    qahramonlari 
    bilan, 
    san’atkorlar, 
    shoir- 
    yozuvchilar, shifokorlar, huquq-tartibot idoralarining mas’ul
    11


    xodimlari, mahalla oqsoqollari, ota-onalar bilan davra 
    suhbatlarini, uchrashuvlar tashkil etish - bular hammasi 
    yoshlarda milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash 
    bilan birga ulaming dunyoqarashini yanada kengaytirishga, 
    boyitishga umuminsoniy saviyasini oshirishga yordam beradi. 
    0 ‘quv yurtlarida talabalaming qiziqishlari bo‘yicha tashkil 
    etilgan turli xil to‘garaklar, klublar, sport seksiyalari, kasb- 
    hunar sexlari ham talaba-yoshlaming uyg‘un rivoji uchun 
    yaratilayotgan sharoitlardandir.
    0 ‘zbekiston mustaqillikka erishishi munosabati bilan uning 
    jamiyat tizimida sifat jihatdan tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
    , Respublikada amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
    islohotlar jamiyatning tubdan yangilanishi, qayta qurilishi 
    uchun muhim zamin yaratadi, shu jumladan, madaniy 
    sohalarda ham, ta’lim-tarbiya tizimida ham keng islohotlar 
    o‘tkazish imkoniyatlari vujudga keldi.
    Mustaqil 0 ‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida 
    ta’limning insonparvarlik Va tarbiyaviy vositalariga, jahon 
    ta’lim tizimining ijobiy tajribalari va yutuqlariga diqqat-e’tibor 
    kuchaydi.
    Shunga ko‘ra, ayrim olib borilgan tadqiqotlar: N.EJuma- 
    yevaning3 
    hamda 
    O.N.Ibodullayevaning4 
    nomzodlik 
    dissertatsiyalarida insonparvarlik g‘oyasini shakllantirishning 
    pedagogik asoslarini va ta’limni insonparvarlashtirishda 
    o‘qitish tamoyillari va metodlarining o‘zaro 
    aloqadorligini 
    ifodalab berishgan.
    Ta’limni 
    (gumanitarlashtirish) 
    insonparvarlashtirish
    3 N.EJumayeva Umumiy o‘rta ta’limni insonparvarlashtirishda o‘qitish 
    tamoyillari va metodlarining o‘zaro aloqadorligi. 13.00.01. ped.f.n.il.dar. 
    olish uchun yoz.diss. Qarshi, 2005. 162 b,
    4 O.N.Ibodullayeva Kichik yoshdagi o'quvchilarda insonparvarlik 
    g‘oyasini shakllantirishning pedagogik asoslari. 13.00.01.ped.f.n.il.dar.olish 
    uchun yoz.diss.NavoiyDPI, 2005.
    12
    .


    bo‘yicha muhim tadbirlar belgilanmoqda. Biroq bu harakatlar 
    muayyan obyektiv sabablarga ko‘ra, to‘siqlarga uchrashi ham 
    tabiiydir. 
    Chunki 
    jamiyatda 
    pul-tovar, 
    mulkchilik 
    munosabatlarining 
    tubdan 
    o‘zgarishi 
    ommaning 
    ruhiy- 
    psixologik holatida, uning ongi va dunyoqarashida jiddiy 
    o ‘zgarish yasaydi, ayrim hollarda shaxsning ma’naviy-axloqiy 
    me’yorlarining buzilishiga va buning oqibatida insonparvarlik 
    tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydigan omillaming sodir bo‘lishiga 
    olib kelishi ham mumkin.
    Shuning uchun ham hozirgi vaqtda, ijtimoiy-iqtisodiy 
    o‘tish sharoitida, gumanitar turkumdagi fanlar kafedralari 
    ishini ta’limning keng miqyosli, uyg‘un, insonparvarlik vazifa 
    va maqsadlarini bajarishga yo‘naltirish zarurati tug'ilmoqda. 
    Ayniqsa, 
    oliy 
    ta’lim 
    muassasalaridagi 
    va tibiiy-ilmiy 
    fakultetlardagi 
    ijtimoiy-gumanitar 
    kafedralaming 
    ilmiy 
    pedagogik imkoniyatlarini yanada oshirish, ulami yetakchi va 
    yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi ishlami 
    jadallashtirish, o‘quv yurtlarining zamon talablariga javob 
    beradigan yangi tipdagi o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va 
    axborot vositalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish navbatdagi 
    muhim 
    vazifalardandir. 
    Gumanitar 
    sohalar 
    bo‘yicha 
    mutaxassislar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, bu 
    soha professor-o‘qituvchilarini qayta tayyorlash ishlarini izchil 
    olib borish zarur. Bu vazifalami amalga oshirish uchun ayrim 
    oliy o‘quv yurtlari qoshida gumanitar sohalar bo‘yicha ilmiy- 
    o ‘quv markazlarini tashkil etish. Shuningdek, o‘quv-uslubiy, 
    ilmiy, tarjima adabiyotlarini nashr qilishni yo‘lga qo‘yish, 
    ta’lim-tarbiya muammolari bo‘yicha seminarlar, anjumanlar, 
    uchrashuv va davra suhbatlari, muloqotlar o‘tkazib turish 
    mumkin. Bu yo‘nalishlarda hozirgi kunda ancha ishlar amalga 
    oshirilmoqda. Biroq bu hali hozirgi davming tobora oshib 
    borayotgan talab va ehtiyojlariga to‘la javob bera olmaydi.
    13


    Yuqorida bay on qilinganlardan kelib chiqib aytish 
    mumkinki, gumanitar ta’limning ravnaqi, ayniqsa, uning ta ’lim 
    muassasalaridagi 
    texnika 
    va 
    tabiiy-ilmiy 
    istiqboli 
    quyidagilami nazarda tutadi:
    1. 
    Gumanitar 
    ixtisosliklar 
    bo‘yicha 
    mutaxassislar 
    yetishtirishning sifati va miqdorini oshirish. Bunday vazifani 
    rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib, 
    muhandis-menejer, muhandis-sotsiolog, muhandis-pedagog, 
    muhandis-psixolog yoki shifokor-pedagog, huquqshunos- 
    pedagog va shu kabi yo‘nalishlarda amalga oshirish mumkin.
    2. Ta’Iimdagi tor sohachilikdan fundamental bilimlar olish 
    y o iig a o‘tish va bunda asosiy bilimlaming tabiiy-ilmiy 
    sohalargina emas, balki gumanitar sohalarga ham oid 
    bo‘lishiga erishish. Bu esa, o ‘z navbatida, bitiruvchilaming 
    faoliyatini turli xil ko‘rinishlariga, turli xil mashg‘-ulotIarga 
    tezda ko‘nikib ketishlariga yordam beradi.
    3. Har qanday tabiiy-ilmiy va texnika fanlarini o‘qitishga 
    ham gumanitar mazmun kasb etish, bunday fanlaming 
    tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-gumanitar, ekologik 
    salohiyatini, insonparvarlik xususiyatlari va mazmunini ochib 
    ko‘rsatish, bunda jahonshumul ilmiy-texnika kashfiyotlari, 
    mashhur olimlaming hayoti va faoliyatidan foydalanish 
    mumkin (masalan, A.Saxarov, H.Abdullayev, I.Mo‘minov va 
    boshqalar).
    4. 0 ‘qituvchi shuni anglab yetish kerakki, ta’lim o‘z 
    mohiyatiga ko‘ra, gumanitar jarayon, bu borada talabani 
    taqirlash, kamsitish yoki huquqlarini cheklashning biron bir 
    ko‘rinishiga, har qanday sababga ko‘ra, yo‘l qo‘yib boim aydi. 
    Talabaga baho, uning masalasiga qarab emas, balki bilimi
    malakasi, qobiliyatiga qarab qo‘yilishi zarur. Har qanday talaba 
    dunyoqarash turini o ‘z erkicha tanlash huquqiga egadir. 
    0 ‘qituvchi 
    sha’niga 
    isnod 
    keltiruvchi 
    ta’magirlik 
    va
    14


    poraxo‘rlik kabi illatlar tamomila bartaraf etilishi kerak.
    5. 
    Hayot va jamiyat taraqqiyoti mantiqi kun tartibiga 
    qo‘yayotgan ehtiyoj va zaruratlardan kelib chiqib va ularga 
    javoban, 
    ta’lim jarayonlariga yangi-yangi 
    ixtisosliklar, 
    mutaxassisliklar, yangi yo‘nalishlami muntazam kiritib borish 
    va xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun zarur kadrlami tayyorlab 
    berish davr talabidir. Masalan, hozirgi kunda mamlakatimizda 
    yuqori malakali sotsiologlar va psixologlar, huquqshunoslar va 
    siyosatshunoslar, tibbiyotning, sanoat va muhandislikning, 
    qishloq 
    xo‘jaligi, 
    moliya 
    va 
    iqtisodning 
    zamonaviy 
    yo‘nalishlari bo‘yicha yirik mutaxassislar kerak. Ularni 
    o‘zimizda yetarli darajada tayyorlash uchun o‘rta maxsus, 
    kasb-hunar va oliy ta’lim tizimini bunga moslashtirish 
    jarayonlarini jadallashtirish lozim.
    1.2. Uzluksiz ta ’lim tizimida m a’naviy-ma’rifiy 
    ishlarning borishi
    Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy holati qoniqarli deb 
    boim aydi. 
    Ya’ni -bizning 
    targ‘ibot-tashviqot ishlarimiz 
    ko‘pincha tor doirada qolib ketayotganligi, hayotning keng 
    qatlamlariga 
    kirib 
    borolmayotganligi, 
    tajribasiz 
    ayrim 
    yoshlaming ongiga yetib bormayotganligining naqadar xavfli 
    ekanligiga maxsus to‘xtalish mumkin. В uning uchun milliy 
    tarbiyani yuksaltirishda ham davlat bosh islohotchi bo‘lishini 
    e ’tirof etib, maktablar, litsey va kollejlarda bevosita ma’naviyat 
    masalalari bilan shug‘ullanadigan mutasaddi mutaxassislar 
    lavozimlari faoliyatini qoilab-quvvatlashni y o ig a qo‘yish, 
    barcha ta’lim muassasalarida bolalarimizni ongini yuksal- 
    tiruvchi, ularni ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band 
    qiladigan turli tashkilot va to‘garaklar tuzish lozimdir.
    Ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun ijtimoiy-
    15


    gumanitar fanlar hamkorligida pedagogika va psixologiya 
    fanlariga: oila mafkurasi va uni shakllantirish mexanizimini 
    ishlab 
    chiqish, 
    o‘quvchi 
    yoshlar 
    ma’naviyatini 
    shakllantirishning kompleks dasturini ishlab chiqish, milliy 
    dasturga 
    m a’naviy-mafkuraviy 
    tarbiya 
    yuzasidan 
    qo‘shimchalar kiritish, o‘quvchi yoshlami milliy g‘oya, 
    mafkura, o‘z-o‘zini anglash, qadriyatlar ruhida shakllantiruvchi 
    milliy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish, milliy mafkuraviy 
    kurashning ilmiy-amaliy tizimlarini yaratish, xalqimizning 
    barcha qatlamlari xususiyatlarini aks ettiruvchi va qamrab 
    oluvchi targ‘ibot-tashviqot mexanizmlarini ishlab chiqish, 
    milliy m a’naviy g‘oyaning yangi ilmiy falsafiy ta’limini 
    yaratish, kengashlar faoliyatini uslubiy ta’minlashlari kerak 
    bo‘ladi.
    Milliy tarbiyaning nazariyasi, uslubiyati va o‘quvchi 
    yoshlar 
    birlashmalari 
    tizimini, 
    m a’naviyat 
    bilan 
    shug‘ullanuvchi mutasaddr lavozim professiogrammalami, 
    o'quvchi yoshlar uyushmalari hamda ulaming tizimi va 
    faoliyati mazmunining shakllarini ishlab chiqish kabi dolzarb 
    amaliy vazifalaming yechimini topishni yuklaydi.
    Barkamol 
    avlodni 
    voyaga 
    yetkazishda 
    diniy 
    aqidaparstlikning tarixiy ildizlari, zamonaviy holati va unga 
    qarshi kurashning nazariy asoslariga ham ko‘p bog‘liqdir. 
    Odamlarimiz tafakkurida og‘ir kurash kechayotganidan ogoh 
    b o iish lozimligi, vaziyat - tarixiy xotira va milliy o‘zlikni 
    anglash va bu orqali barcha ma’rifiy mamlakatlarda 
    bo‘lganidek, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashishning falsafiy, 
    tarixiy asoslarini yaratishni, inson huquqlari milliy harakat 
    dasturini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa falsafa, tarix, 
    madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiolo-giya va boshqa 
    fanlarda yangi dunyo qarash va yangi tafakkur shakllanish 
    xususiyatlarini o‘rganib, natijalarini hayotga tezroq tatbiq
    16


    qilishni, milliy o‘zlikni anglash jaryonini tahlil qilish, g‘oyaviy 
    kurash strategiyasi va texnikasi, usul 'va shakllarini 
    ishlab 
    chiqishni taqozo qiladi.
    0 ‘zbekiston Prezidenti 
    I.A.Karimovning 
    «Tafakkur» 
    jurnali 
    bosh 
    muharriri, 
    «Uzteleradiokompaniya» 
    raisi 
    savollariga javoblari va respublikamizning bir guruh tarixchi 
    olimlari, 
    shuningdek, 
    jumalistlar, 
    matbuotchilar 
    va 
    adabiyotshunos olimlar bilan bo‘lgan suhbatlarida, Vazirlar 
    Mahkamasining 
    «Ma’naviy-ma’rifiy 
    islohotlami 
    yanada 
    chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora- 
    tadbirlari to‘g‘risida» hamda « 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi 
    tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 
    Qarorlarida yoshlarimiz ongida milliy g‘oya va mafkurani 
    shakllantirish, ulaming ma’naviyatini milliy va umumbashariy 
    qadriyatlar asosida yuksaltirish, 
    o‘tgan ming yilliklar 
    mobaynida ajdodlarimiz yaratgan shonli tariximiz haqidagi 
    haqiqatlami qayta tiklash va uning misolida yosh avlodni 
    milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash kabi 
    g‘oyalar, vazifalar ta’lim tizimining ham oldida turgan dolzarb 
    vazifalarga aylandi.
    0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil avgust
    oyida bo‘lib o‘tgan IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim
    to‘g ‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
    mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barcha tarmoq va sohalarini
    yuqori malakali va erkin fikrlovchi, ma’naviy jihatdan
    barkamol mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan
    tarixiy muhim hujjatlardir. Uzluksiz ta’lim tizimi qayta qurildi:
    umumta’lim maktablari, o ‘rta kasb-hunar bilim yurtlari, oliy
    ta’lim muassasalari hozirgi zamon talablari va mamlakatimiz
    xalq xo‘jaligi ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan qayta
    tashkil etildi. Ko‘plab universitetlar, yangi tipdagi kollej va
    litseylar barpo qilindi. Xalq w>‘j alV ;T Tir h,r1i 
    -
    jz e ^ e iu U H s e j-io jo q M V
    l7 

    Download 5,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish