• Jismning elektronoptik tasvirini olish uchun jismda elektronlarning to‘xtalishi emas, balki elektronlarning sochilishi
  • yutuvchi, qaytaruvchi, sindiruvchi va sochuvchi




    Download 4,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/124
    Sana31.05.2024
    Hajmi4,13 Mb.
    #258278
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
    Bog'liq
    NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020 (1)

    yutuvchi, qaytaruvchi, sindiruvchi va sochuvchi 
    qismlarda 


    142 
    turlicha susayadi. Bu esa jismning tasvirini ko‘rish imkonini beradi. Misol uchun 
    turlicha yutuvchi soha holatida jism bo‘laklari tomonidan yorug‘likni kuchliroq 
    to‘xtatuvchi soha, tasvirda jismning shaffof sohasiga nisbatan qoraroq bo‘ladi. 
    Elektron to‘plami bilan ishlaganda elektronlarning shunday tezligini tanlash 
    mumkin bo‘ladiki, unda elektron jism orqali o‘tayotganda undagi zich va qalin 
    bo‘laklar tomonidan qisman ushlanardi. Biroq ishlashning bu turi yorituvchi 
    turdagi elektron mikroskop uchun yaroqsizdir. Elektronlar jism tomonidan 
    ushlanishi uchun u o‘zining energiyasini yo‘qotishi kerak. Biroq elektronlar jism 
    atomlari bilan to‘qnashib, o‘zining energiyasini asosan katta bo‘lmagan 
    bo‘laklarda beradi. Berilgan energiya kattaligi boshlang‘ich energiyaning katta 
    bo‘lmagan qismini tashkil qiladi. Shuning uchun elektron jism orqali o‘tayotganda, 
    uning tezligi sekin asta kamayadi. Demak, elektronlarning boshlang‘ich tezligini 
    jismning ma’lum bir bo‘laklarida ushlanishi uchun tanlansa, u holda boshqa 
    bo‘laklar orqali o‘tgan elektronlar o‘z energiyasining sezilarli qismini yo‘qotadi va 
    tezliklari keskin farqlanishi vujudga keladi. Bu esa katta xromatik aberratsiyani 
    yuzaga keltiradi. Shuning uchun ular tasvirni hosil qilish uchun yaroqsizdir. 
    Jismning elektronoptik tasvirini olish uchun 
    jismda elektronlarning 
    to‘xtalishi emas, balki 
    elektronlarning sochilishi 
    deb nomlanuvchi hodisadan 
    foydalaniladi. Bu hodisa tez elektronlar jismning yupqa qatlami orqali 
    o‘tayotganda, ular o‘zining boshlang‘ich yo‘nalishidan og‘ishadi. Bunda 
    elektronlarning tezligi juda kam o‘zgaradi, sochilish natijasida yupqa parallel 
    elektron to‘plam jism orqali o‘tib, tarqala boshlaydi (6.1 – rasm). Agarda 
    tarqaluvchi to‘plam yo‘liga, unga perpendikulyar bo‘lgan ekran qo‘ysak, u holda 
    ekranda quyidagi manzarani ko‘rishimiz mumkin. Elektronlarning eng katta 
    zichligi, elektronlarni ekranga tushushi orqali hosil bo‘lgan doira markazida 
    bo‘ladi, ya’ni elektronlar og‘magan joy. Markazdan qanchalik uzoq bo‘lsa, 
    shunchalik ekranga tushuvchi elektronlarning zichligi kichik bo‘ladi. Markazdan 
    ma’lum bir masofada elektronlar umuman mavjud bo‘lmaydi. Shunday qilib, 
    sochilgan elektron konusni to‘ldirib, u uchun og‘magan elektronlar nuri 
    simmetriya o‘qi hisoblanadi. Elektronlarning boshlang‘ich yo‘nalishidan og‘ish 


    143 
    burchagi qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik sochilgan elektronlar zichligi katta 
    bo‘ladi. Agarda jismning sochuvchi qatlami qalinligini yoki zichligini oshirsak, u 
    holda katta sochilish burchagiga to‘g‘ri keluvchi sochilgan elektronlar ulushi 
    oshadi, hamda sochilgan elektronlar konusi cho‘qqisidagi burchak kattalashadi. 
    Xuddi shunga o‘xshash hodisa elektronlarning energiyasi kamayganda ham 
    kuzatiladi. 

    Download 4,13 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




    Download 4,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yutuvchi, qaytaruvchi, sindiruvchi va sochuvchi

    Download 4,13 Mb.
    Pdf ko'rish