• V. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
  • Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar




    Download 437,9 Kb.
    bet7/47
    Sana18.12.2023
    Hajmi437,9 Kb.
    #123007
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
    Bog'liq
    M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.org

    Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
    Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, ularning turlari. Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.


    Autizom sindiromli bolalar
    Oligofren bolalar. Yordamchi maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktabi. Autizm sindromli bolalar haqida umumiy tushuncha. Autizm sindromli nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va o’ziga xos xususiyatlari.

    V. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
    Talaba mustaqil ta’limning asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorat ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
    Talaba mustaqil ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat.

    • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;


    • kerakli ma’lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;


    • axborot manbalarni va manzillaridan samarali foydalanish;


    • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy hujjatlar bilan ishlash;


    • Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;


    • berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;


    • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;


    • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;


    • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;


    • ishlab chiqish yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.



    Mustaqil ta’lim talabalarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko‘nikmalarini egallashlari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, kadrlar tayyorlashning hozirgi sifat bosqichida mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratilib, o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida muayyan soatlar ajratilgan. Mustaqil ta’limda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni yangicha fikrlash va mushohada qilishga o‘rgatish, nazariy va amaliy bilimlarini mukammallashtirish uchun to‘liq, imkoniyatlar yaratishga qaratilgan, o‘qituvchi dars jarayonida talabalarning har biriga fanga doir zamonaviy mavzularni mustaqil ishlashlari uchun topshiradi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan mavzularni referat, leksiya shaklida tayyorlab, seminar-amaliyot darslarida leksiya qilib, keng doirada muhokama qilishadi. Talabalar ba’zi bir mavzular bo‘yicha adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilib, dars jarayonida o‘rganib chiqadilar. Mustaqil ta’limning qisqacha mazmuni berilgandan so‘ng, namunaviy mavzulari beriladi.
    Mustaqil ta’limning namunaviy mavzulari talabalar mustaqil o‘rganadigan leksiya va amaliy mashg‘ulotlardan beriladi. Mustaqil ta’limning namunaviy mavzulari talabalarning fan bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
    Talaba mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
    - ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
    - berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
    - seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
    - hisob-grafik ishlarini bajarish;
    - malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
    - nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
    - amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (case-study);
    - maket, model, badiiy asar, musiqa va namunalar yaratish;
    - ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
    - o‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.


    Download 437,9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




    Download 437,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar

    Download 437,9 Kb.