|
Amaliy mashg’ulotlarning mazmuni
|
bet | 6/47 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 437,9 Kb. | | #123007 |
Bog'liq M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.orgAmaliy mashg’ulotlarning mazmuni
Махsus pеdаgоgikа(Mutaxassislikka kirish) fаnining umumiy mаsаlаlаri
Alohida yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish. Махsus pеdаgоgikа (Mutaxassislikka kirish) fanining maqsadi va vazifalari. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya, adaptatsiyaa, reabilitatsiya ishlari. Махsus pеdаgоgikа (mutaxassislikka kirish) fanining yo‘nalishlari.
Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari
Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari. Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar tavsifi,Nuqsonning kelich chiqish sabablari va o’ziga xos xususiyatlari.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar. Tug‘ma va orttirilgan ko‘rish nuqsonlari. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Kar, zaif eshituvchi va kech kar bo‘lgan bolalar. Sensor nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Og‘ir nutq nuqsonli bolalar
Og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar. Og‘ir nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va turlari. Og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar. Harakat tayanch a’zolari jarohatlarning kelib chiqish sabablari va turlari. Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning o’ziga xos xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Oligofren bolalar. Yordamchi maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktabi. Autizm sindromli bolalar haqida umumiy tushuncha. Autizm sindromli nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va turlari.
|
| |