tovushlarni aniqlaydigan elektron moslama - geofonlar ishlatilmoqda.
Bunday moslamalarning ba’zi turlari shunday sezgirki, hatto, ular
odamning yurak urishi bo‘yicha ham topishga qodir. Shuning uchun
qutqaruvchilar odamlarni qidirib topishda doimo «tinchlik soati>mi
o‘tkazadilar. «Tinchlik soati» vaqti mobaynida hech qanday uskuna,
jihoz, texnikalar ishlatilmasligi lozim b o iad i. Chunki «tinchlik soati»
jabrlanuvchilarni topishda ko'maklashadi. Qutqaruv ishlarini olib
borishda maxsus o‘rgatilgan itiarning yordami ham yaxshi natijalarni
ko'rsatyapti. Bu turdagi itlar ikki mln. ga yaqin hidni farqlay olish
xususiyatiga ega, shuning uchun ham ular qor-yom gir, tuproq, bino
parchalari ostida qolgan odamlarni qidirib topishda boshqa zamonaviy
uslublardan ustunlik darajasi yuqori hisoblanadi. Shularga asoslangan
holda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra
1998-yil 5-sentabrda FVV tarkibida «kinologiya» xizmati tashkil etilgan.
Kinologiya xizmatining asosiy vazifasi - itlarni xizmatga tayyorlashni
tashkil etish va har qanday ekstremal vaziyatlarda jabrianganiarni qidirib
topishdan iborat. 0 ‘zbekiston Respublikasi F W n in g avariya-qutqaruv
otradi tarkibidagi kinologiya xizmati 1999-yil avgust oyida Turkiyaning
Izmir va Adanazari viloyatlarida hamda 2001-yil Hindistonning Gujarat
shtatidagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etib, ijobiy
yordam ko‘rsatdilar.