184
10.2. Ishlab chiqarish avariyalari va halokatlar
oqibatlarini bartaraf etish
Ishlab chiqarishdagi yirik avariyalar va halokatlar to‘satdan paydo
b o iib , tezda rivojlanib ketadi, natijada insonlar hayoti va s o g iig ig a katta
xavf tug‘diradi.
Avariya va halokatlar ishlab chiqarish xususiyatlariga b o g iiq b o iib ,
ish jarayonining xarakteriga qarab, salbiy o'zgarishlar yuz berishi va
vaziyatni chigallashtirishga olib keladi.
Yirik avariya va halokatlarda ishchi va xizmatchilami, shuningdek,
falokatga yaqin atrofda yashovchi aholini ogohlantirish va ulaming
himoyasini o ‘z vaqtida tashkil etish juda muhim vazifalardan
hisoblanadi. Bunda, birinchi navbatda, odamlami qutqarish, ularga
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va jarohatlanganlarni davolash
muassasalariga yetkazish lozim.
Keyingi bosqichda avariya va
halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda qulash xavfi b o ig a n bino,
inshootlaming mustahkamligini oshirish yoki ulami buzib tashlash,
kommunal-energetik tarmoqlardagi avariyalarni bartaraf etish, izdan
chiqqan texnologik jarayonlarni tiklash va boshqa kechiktirib bo im as
ishlar amalga oshiriladi. Avariya va halokatlar oqibatlarini tezda bartaraf
etishda katta kuch va vositalar talab etiladi. Zararli oqibatlarni bartaraf
etishda FM ning turli maqsadli tizimlari, obyekt ishchi va xizmatchilari,
shuningdek, yaqin atrofdagi aholi ham jalb etiladi. Avariya natijasida
bino va inshootlaming b uzilishi, atrof muhitning tutunga, changga
to iish i, zaharli gazlarning tarqalishi aholi o‘rtasida jarohatlanish va
qurbonlaming ko‘payishiga sabab b o iad i. Bunday vaziyatlarda har bir
holat uchun xavfsizlik qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega,
jumladan, vayronali hududlarga, buzilgan bino va inshootlarga kirish,
qulash xavfi mavjud binolar atrofida aylanib yurish, himoya vositalarisiz
yerda yotgan, osilib turgan elektr uzatish simlarini ushlash va elektr
jihozlariga tegish qatiyan man etiladi.
Inshoot konstruksiyalarini qulatish va vayronalami ajratish ishlarida
ishtirok etuvchi shaxslar qalin matodan tayyorlangan maxsus kiyimlardan,
yopiq oyoq kiyimlardan foydalanishiari va brezentli qoiqoplar hamda
kaskalar kiyishlari shart. Xavfli joylar oldida xavfsizlik to‘g‘risidagi
ogohlantimvchi yozuvlar mavjud b o ig an ko‘rgazmali vositalar o ‘matilishi
lozim.
185
Vayronalardagi yong‘inlami halqaga olish va bartaraf etish bo‘yicha
tezkor choralar ko‘riladi, bunda o‘tni o'chirishda ishtirok etuvchilar himoya
vositalaridan, zarurat tug‘ilsa, gazniqobiardan foydalanishlari zarur. Ishiab
chiqarish tarmoqlaridagi avariya oqibatida zaharli suyuqliklar to‘kilishi,
ularning atmosfera havosiga va atrof muhitga tarqalish xavfi mavjud
boiadi. Yuqori kuchlanishdagi elektr manbalari boiishligi qo‘shimcha
y o n g in va portlashlaming paydo boiishiga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun avariya va halokat oqibatlarini bartaraf etuvchi tizimlar shularni
hisobga olishlari lozim boiadi. Zararlangan hududdagi jabrlanuvchilarga
o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish lozim, buning uchun
jabrlanuvchilar soni, ulaming turgan joyi, ahvoli, olgan jarohat xususiyati
hamda yordam ko‘rsatish vaqtlarini aniqlashi darkor.
Avariya va halokatlar natijasida quydagi jarohatlar: yaralanish,
kuyish, shikastlanish, suyaklar sinishi, to'qimalaming uzilishi, ezilish,
elektr tokidan kuyish, KTZMlardan zaharlanish va hokazolar kuzatiladi.
KTZMlar ishlatiladigan, olinadigan va saqlanadigan obyektlardagi
avariyada zaharlanish o ‘ch o g i o‘z vaqtida aniqlanishi va sifatli razvedka
qilinishi lozim. Bunday ishlarni radiatsiyaviy va kimyoviy razv'edka
tizimlari olib boradilar. Ular avariya o‘chogining, KTZM turining, hudud
va obyektlaming zaharlanish darajasini, tarqalgan KTZMning miqdori
tarqalgan hudud chegaralarini, KTZM tarqalgan joydan odamlaming
chiqib ketish yoilarini belgilaydilar. Zarurat tugilganda tuproq, suv
va boshqa tashqi muhitdagi resurslardan na’munalar olib, kimyoviy
laboraioriyaga tahlil qilishga yuboriladi. Laboratoriya natijalariga qarab
odamlaming kimyoviy zaharlanish darajaiari baholanadi.
KTZMning atmosferaga va atrof muhitga tarqalishining dastlabki
davridayoq obyekt ishchi va xizmatchilari hamda obyektga yaqin boigan
mahalliy aholi xavf to‘g ‘risida ogohlantiriladi. Avariya to‘g‘risidagi
xabami eshitgan har bir fuqaro darhol nafas organlarini himoya qiluvchi
vositalarni, terini himoyalovchi oddiy vositalarni (plash, zieh to‘qilgan
ustki kiyimlar) kiyishlari va tezroq zaharlangan hududni tark etishiari
lozim. Uyda b o ig an aholi esa deraza va darcha (fortochka)lami yopishlari,
uylarining germetikligini (zichligini) oshirishlari, isitish uskunalari, gaz,
isitkichdagi olovni o'chirishlari lozim.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish ehtimoli
yuqori b o ig an hududlardagi aholini evakuatsiya qilish ishlari atmosferada
zaharli bulut kelgunga qadar amalga oshiriladi. Evakuatsiyaga tayyorlash
186
har bir uyning o‘zida tashiiil etiladi. Avariya yuz bergan obyektda, birinchi
navbatda, KTZMning tarqalish o‘chog‘i yopiladi.
Avariya o‘chog‘ini bekitishda ishtirok etuvchi tizimlar xavfsizlik
qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, ya’ni izolirlovchi gazniqoblardan, tana
a’zolarini saqlovchi izolirlovchi himoya kiyimlaridan, shaxsiy dorixona
(SHD-2) va shaxsiy kimyoviy paketlardan (SHKP-
8
) foydalanadiiar.
Avariya oqibatíarini bartaraf etishda ishtirok etmaydigan fiiqarolaming
zaharlangan hududga kirishiga y o i qo‘ymaslik maqsadida, obyekt
maxsus xizmat guruhlari tomonidan qo'riqlanadi. Avariya hududidan
odamlami olib chiqib ketishda eng qisqa y o i bo‘yicha, shamol
yo‘nalishiga perpendikulär tarzda, balandlikda joylashgan hamda yaxshi
shamollanadigan hududga harakatlanish lozim.
KTZMdan zaharlanganlarga juda qisqa muddatda tibbiy yordam
ko‘rsatilishi lozim. Buning uchun ularga gazniqob kiydiriladi, agar tanasiga
yoki kiyimiga KTZM tekkan b o isa , ulardan tozalanadi. Tozalash toza
suv yordamida ko‘p marotaba yuvish orqali amalga oshiriladi. Birinchi
tibbiy yordam ko'rsatish KTZM xususiyatiga qarab amalga oshiriladi.
Esda tutish kerakki, KTZM bilan zaharlangan odamga sun’iy nafas
berish muolajasi bajarilmaydi, aks holda zaharlangan odamning ahvoli
ogirlashadi. Avariya o‘ch o g i bartaraf etilgandan so‘ng, KTZM tarqalgan
hududlar, obyektlar, qurilma va uskunalar qayta ishlov (sanitar tozalash)
dan o‘tkaziladi.
Demak, tabiiy va texnogen xususiyati favqulodda vaziyatlar yuz
bergan hududlarda, obyektlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
boim as ishlami olib borish tartibi shulardan iborat. Ushbu tartib-qoidalami
yaxshi o‘rgangan va amaliyotda q o ilay biladigan fuqarolar respublikamiz
hududlarida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf
etishda o‘zlarining insoniy burchlarini bajara oladilar.
|