Mamlakatimizda yong'in ofatiga qarshi Respublika IchM ishlar
vazirligi (IIV) qoshida yong‘in muhofazasi boshqarmasi
rahbarlik qiladi
va, o‘z navbatida, uning quyi bo‘g ‘in (viloyat, turnan)
tarmoqlari ham
faoliyat ko‘rsatadi. Yong‘inga qarshi muhofaza boshqarmasi bo‘limIariga,
yong‘inga qarshi himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks omillami
boshqarish yuklatilgan.
Maxsus katta korxonalarda harbiylashgan va kasbiy yong‘inni o‘chirish
bo‘limlari
tuzilgan hamda korxona, muassasa va tashkilotlarda yong'in
muhofazasi tizimi mavjud.Yong‘in bo'lgan vaziyatlarda o‘t o ‘chirishga
kelgan ko'pchilik o‘t o‘chirish zvenosi a’zolari va aholi quyidagi
guruhlarga bo'linadi: yong‘inni o'chirish, suv bilan ta’minlash,
himoya va
qorovullash guruhlari. Har bir guruhga ko‘pchillik o‘t o‘chirish zvenosi
boshlig‘i tomonidan boshliq tayinlanadi.
1.
Yong‘inni o‘chirish garuhiga
- yong'inli
hududdan odamlami,
moddiy resurslami olib chiqish va yong‘inni o‘chirish yuklatilgan.
2. Suv bilan ta’minlash guruhi
- suv nasoslariga to‘xtovsiz suv
kelib turishini ta’minlash, agar ular suv havzalariga o ‘matilmagan bo‘lsa,
qo‘l bilan ishlovchi nasoslar yordamida suv ta’minotini tashkil qilish
yuklatilgan. Agar nasoslar bo'lmaganda chelak
va boshqa idishlardan
foydalaniladi.
3. Himoya qiluvchi guruhi
- yong‘in bo‘layotgan
joy atrofida
joylashgan obyektlarni himoya qilish ishlami bajarishadi. Bu guruh
tomonidan zarur hollar da qo‘shni bino
va qurilmalarning yonuvchi
konstruksiyalari yechib olinadi va bu bilan yonayotgan obyekt o'rtasida
uzilish (ochiq masofa) hosil qilinadi, natijada yong‘inning tarqalib
ketishi
to‘xtatiladi.