yangi asbob-uskunalar bilan jihozlash, o‘rinlarni kasallar soniga
muvofiqlashtirish, yangi dorixonalar ochish kabi masalalar albatta ko‘rib
chiqilishi lozim va ulami tashkil etish talab etiladi. 0 ‘tgan zilzilalar paytida
olingan jarohatlar tahlili shuni ko‘rsaidiki, 10 foiz jarohat - binolai- devori
va tomi qulashidan, 35 foizi - bino va inshootlar qurilmalari va boiaklari
sinib tushishidan, 55 foizi - fuqarolaming zilzila paytida qanday yiqilish
kerakligini bilmaganliklaridan yuzaga kelgan. Tabiiy ofatlar tez-tez ro‘y
beradigan hududlarda sanitar va ma’rifiy tadbirlar doimiy ravishda olib
borilishi kerak. Tabiiy ofat hududida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga
qarshi tadbirlami o'tkazislming muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida
ta’kidlash lozim.
Ba’zida tabiiy ofat natijasida minglab oilalar boshpanasiz qoladilar
va noqulay, juda qiyin sharoitga tushib qoladilar. Odamlami chodirlarga
ko'chirish, binolar buzilishi oqibatida oqova kanallari izdan chiqishi,
kir yuvish va hammom xizmatlarining yomonlashuvi natijasida yuqumli
kasalliklar paydo boiishi uchun qulay vaziyat tug‘iladi. Bu sharoitda
tibbiy xizmat oldida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish
vazifasi paydo bo‘ladi. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari izdan
chiqqan sharoitda epidemiyaga qarshi ko‘chma otradlar SES vazifasini
o‘z zimmmalariga olishlari kerak.
Aholini yaxshi, sifath ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, uy-joy
axlatlarini markazlashtirilgan tarzda olib chiqib ketish, sifatli va to‘laqonli
oziq-ovqat bilan ta’minlash, hammomlaming doimiy ravishda ishlashi,
yuqumli kasalliklaming oldini olishga yordam beradi. Esda saqlash
lozimki, bolalarga yuqumli kasalliklar juda tez yuqadi.