ko‘rsatuvchi brigada xodimlari kuyganlarga, zaharli gazlar va tutundan
zaharlangan iuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish usullaridan yaxshi
xabardor bo‘lishlari talab etiladi. Zaharlangan fuqarolarga birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi, tibbiy
saralanadi, so‘ngra tibbiy evakuatsiya qilinadi. Tibbiy ko‘rsatkichlari og‘ir
boigan fuqarolar ixtisoslashgan davolash muassasalariga (kuyganlami,
zaharlanganlarni qabul qiluvchi tibbiyot shoxobchalari) joylashtiriladi va
ularga malakali hamda tor ixtisosiikdagi yordamlar ko‘rsatiladi.
Suv toshqini paytida talafot ko‘rganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish
ham o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega. Bunday
vaziyatlarda birinchi
tibbiy yordam, asosan o‘pkaga sun’iy havo yuborish, yurakni uqalash va
tanani qizdirish kabi yumishlardan iborat.
Shifokor yordami organizimning hayot faoliyatini ushlab turishga
qaratilgan oddiy davolash usullardan tashkil topadi. Bunday vaziyatlarda
asosiy ogirlik davolash muassasalari zimmasiga tushadi va ular ko‘p
hollarda maxsus malakali tibbiy yordam ko'rsatishadi.
Yirik fojiya va avariyalar paytida tibbiy yordamni tashkil etish
xususiyatlariga ham to‘xtalib o'tish kerak. Bularga quyidagilami kiritish
zarur;
- Talafot ko‘rganlarga «Halokatlar tibbiy xizmati »ning tez tibbiy
yordam ko‘rsatish tizimi hamda obyektning tibbiyot xizmatlari kuchi
bilan tibbiy yordam ko‘rsatilishi. Zaruriy vaziyatlarda
tez tibbiy yordam
ko‘rsatish uchun yaqin joylashgan tashkilot, korxona va muassasalaming
sanitar qismlari ham jalb etilishi mumkin.
- Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi kuchlarini jadal va ommaviy
ravishda jalb etish imkoniyatlarini yaratish.
- Hamma jarohat olganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda (halokatlar
tibbiy xizmati) birinchi shifokor yordamini, malakali va ixtisoslashgan
tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etish.
Kimyo sanoati obyektlarida yirik avariyalar ro‘y bergan holda talafot
ko‘rganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi ham o‘z xususiyatlariga ega.
Bunday avariyalar paytida faqat avariya ro‘y bergan sex va boiinma
ishchilari, rahbarlar, aholi orasida ham zarar ko‘rganlar boiishi mumkin.
Bu narsa yengil uchuvchan gazlar boigan obyektlarda ro‘y
bergan
avariyalar oqibatida yuzaga keladi. Bunday avariyalar paytida tibbiy
yordam ko‘rsatilishi uchun kuch va vositalarni awaldan puxta tayyorlash
kerak. Kuchli ta’sir qiladigan zararli moddalaming havo orqali ta’sir
227
o‘tkazishini hisobga olib, shamolning yo‘nalishi, xonalar joylashishi,
zararlashi mumkin bo‘lgan maydon kattaligini aniqlab, bu hududda
ishlovchi va yashovchi insonlar soni to‘g‘risida ma’luraotga ega bo‘lish
talab qilinadi. Talafotlar ko‘payishining oldini olish uchun qo‘shni
korxonalar xizmatchi va ishchilarini ogohlantirish tartibi belgilanishi
zarur. Ular shaxsiy vosita va qurilmalardan foydalana olishlari kerak.
Mazkur korxonada mavjud kimyoviy moddaning xususiyatlariga qarab,
ulardan zaharlanganlik paytida qanday ehtiyot choralari ko‘rilishi
mumkinligi to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari, zarur
vositalar va transport
bilan ta’minlanishlari lozim. Tez tibbiy yordam va «Halokatlar tibbiy
xizmati»ning boshqa xizmat xodimlari kimyoviy moddalardan zaharlanish
patalogiyasini yaxshi bilishlari, tibbiy yordam ko‘rsatish tartibiga rioya
qilishlari talab qilinadi. Bu paytda asosiy vazifa zarar ko‘rganlarni
zaharlanish hududidan tezroq olib chiqib ketish hisoblanadi. Tibbiy
yordam ko‘rsatayotgaiti tibbiyot xodimlari yakka tartibdagi muhofaza
vositalaridan foydalanishiari shart.
Radioaktiv moddalami saqlash, tashish va qayta ishlash texnologiyasi
buzulgan paytdagi atrof muhitni zararlantiruvchi avariyalarda tibbiy yordam
ko‘rsatish ham vaziyatni to‘g‘ri baholash paytida o‘z xususiyatlariga
ega. Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalai'ga
hozirgi davrda kimyoviy
sanoatni, turli radioizotop laboratoriyalarni, radioaktiv chiqindilami
ishlab
chiqish va ko‘mib tashlash joylarini, turli yadroviy reaktorlarni kiritish
mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan atrof muhit zararlanishining eng katta
xavfi atom reaktorlari avariyaga uchragan paytda sodir bo‘ladi. Atom
elektrostansiyalarida ro‘y bergan avariyalar paytida uzoq yashovchi atom
radioaktiv zarrachalari atrof muhitni zararlantiradi. Bu paytda nurlanish
jarayoni yadro portlashi davridagidan ancha sekin kechadi. Vaqt jihatidan
sekin parchalanish yadro portlashi oqibatlaridan kam zarar yetkazmaydi.
Tuproq, suv, bino va inshootlaming zararlanishi
ehtimoli insonlar
uchun katta xavf tug‘diradi. Avariya hududida ishlash mumkin bo‘lgan
eng katta doza 25 R ga tengdir.
Atom elektrostansiyalaridagi avariya oqibatida tan jarohatidan tashqari
radiatsiya talafoti ham ro‘y beradi. Favqulodda liolat tibbiyot tizimlaridagi
faoliyatning bosh yo‘nalishi suv ta’minoti, oziq-ovqat ustidan radiatsiyaga
oid nazorat o‘matish, aliolini epidemiyaga qarshi va davolash profilaktika
ta’minotini tashkil etish, barchaga muntazam yod preparatini yetkazib
228
berishdan iborat. Radiatsiya nurlanishi oigan shaxslarni aniqlashga alohida
e’tibor beriladi. Bunda barcha aholini uch guruhga ajratish mumkin:
hech qanday radiatsiya jarohati olmaganlar; oz miqdorda nurlanish oigan
va radiatsiya jarohati belgilari boMmagan shaxslar;
Nur kasalligi yoki
nurlanishdan kuyishga olib keluvchi nurlanishga uchragan shaxslar.
Birinchi guruhga kiruvchi shaxslar qanday bo‘lmasin nazoratga
muhtoj emaslar, ammo, radiatsiya hududida ishlash paytida ular
radiatsiya nazoratiga olinadilar. Ikkinchi guruhga kiruvchilar ustidan
doimiy tibbiy nazorat o‘matiladi, bu narsa qon tarkibini doimiy ravishda
tahlil qilib borishidan iborat. Bu shaxslar zararlangan hududda ishlashga
qo‘yilmaydilar. Nurlanish asorati bor shaxslar kasalxonaga yotqizilishi va
maxsus tibbiyot muassasalarida davolanishlari kerak.
Shunday qilib, favqulodda vaziyatlarda tibbiyot xizmati xodimlari
yirik avariyalar paytida talafot ko‘rganiarga puxta o‘ylangan va oldindan
rejalashtirilgan tadbirlar asosida yordam berishlari kerak. Favqulodda
vaziyatlarda tibbiyot xizmati shaxsiy tarkibi ehtimoli bor bo‘lgan ishlab
chiqarish avariyalari xususiyatini bilishlari va tegishli ravishda vositalarga
ega bo‘hshlari lozim. Bu vaziyatlarda harakat qilish malakasini tez tibbiy
yordam va birinchi tibbiy yordam hamda davolash muassasalari xodimlari
ham yaxshi egailagan boiishlarl talab etiladi.