M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/168
Sana22.06.2024
Hajmi9,03 Mb.
#265232
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168
XII BOB
219


shikastlanganlarni iloji boricha ko‘p qutqarishdir. Halokatlar tibbiy 
xizmati amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samaraii 
foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qism -
boshqaruv tizimi - bu tizim respublika darajasida faohyat ko‘rsatib, 
u sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida turli vaziriik va idoralar 
vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hay’atdan 
iborat. Mahalhy darajadagi bunday hay’atlarga sog‘liqni saqlash 
boshqarmalari va mahalliy bo‘limlarning rahbarlari boshchilik qiladi.
Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish 
boshlab to uning oqibatlari to iiq bartaraf etilguncha faoliyat ko‘rsatadilar
.Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini - amaldagi tez 
tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy 
bo‘g‘inini kechiktirib bo‘lmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati 
(1-bosqich) hamda SHTYODIM va uning mintaqaviy filiallari va tuman 
markaziy kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi. Bunda SHTYODIM -
saralash - evakuatsiya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari 
esa - ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Halokatlar 
tibbiy 
xizmatining 
uchinchi 
tarkibiy 
qismini 
-
ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan maxsus 
tuzilmalami o‘z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bosqichni 
kuchaytirishga mo‘ljalIangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam 
brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga moijallangan shoshilinch tibbiy 
yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan o'rtacha halokatlar sodir 
boiganda faoliyat ko‘rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada 
qolgan, ixtisoslashgan ko‘chma gospitallar ishga solinadi. Halokatlar 
tibbiy xizmatining asosiy yo‘nalishlaridan biri aholiga birinchi tibbiy 
yordam ko‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xatti-harakat qoidalarini 
o‘rgatishdan iborat.
Halokatlar tibbiyoti xizmatini tashkil etishda quydagi tamoyillarga 
asoslanadi:
1. Falokat o‘choqlarida shikastlanganlarni maksimal darajada qut- 
qarish.
2. Halokatlar tibbiyoti xizmatiga samaraii rahbarlik qilish (zamonaviy 
aloqa va boshqa vositalami qo‘llash).
3. Bosqichma-bosqich tibbiy yordam ko‘rsatishda saralashni tashkil 
etish.
4. Shikastlangan aholining tibbiy evakuatsiyasini amalga oshirish.
220


Tez tibbiy yordam xizmati kuchlarini yaratadigan davolash-muhofasa 
muassasalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash (tibbiy ashyolar, texnik 
uskunalar va boshqalar).

Download 9,03 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati

Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish