TABIIY OFAT, AVARIYA VA HALOKATLARDA
TALAFOT KO‘RGANLARGA
TIBBIY YORDAMNI TASHKIL ETISH
12.1. «H alokatlar tibbiyoti» xizm atining tashkil etilishi
M a’lumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda
jabrlanganlarga tibbiy xizmat ko ‘rsatish tizimi o'zining samarasizligini
ko‘rsatdi.
Buning asosiy sababi, bir tomondan, tez tibbiy yordam
k o ‘rsatish bilan tibbiy ta ’minot (sog‘liqni saqlash muassasalarining
kuch va vositalari) imkoniyatlari o ‘rtasidagi
nomutanosiblikning barcha
sog‘liqni saqlash tizmlarida yuzaga kelishi b o isa , ikkinchi tomondan,
tinchlik davrida b o iad ig an tabiiy ofatlar,
yirik avariya va halokatlar
oqibatida talafot olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish yetarli tashkil
etilmaganligidadir. Mana shu kamchiliklar natijasida sanitariya talafoti
ommaviy tusga kirib,
kattamiqyosidagi ham moddiy, ham m a’naviy
zararlami keltirib chiqargan hamda atrof muhitning izdan chiqishiga
olib kelgan. Bunday kamchiliklarni tugatish maqsadida mamiakatimiz
Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999-
2005-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga m o‘ljallangan
dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti»
xizmatini tashkil etish
k o ‘zda tutilgan. Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga
katta e ’tibor berilgan. Shularga asoslangan holda, Toshkent shahrida
Shoshilinch Tibbiy Yordam Davlat Ilmiy Markazi (SHTYODIM)
tashkil etildi. 0 ‘z
navbatida, respublikamizning barcha viloyatlarida
ham SHTYODIMning filialllari tashkil etilib, ular SHTYODIM tarkibiy
qismlarini tashkil etadi. Bu markazda asosan
reanimatsiya-jarrohlik
va reanimatsiya-intensiv davolash muolajalari bajariladi. SHTYODIM
va uning mintaqavi filiallari tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar
aviyatsiyasi xizmatlari kiradi. SHTYODIM huzuridagi tez yordam
xizmatida 2 ta bo‘linma: 1-tez yordam xizmati (doimiy brigadalar) va
2-maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat ko'rsatadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan o ‘choqlarda
avariya-qutqarish ishlarini olib borish hamda tibbiy-sanitariya ta ’minoti
samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ya’ni uning bösh
maqsadi -