M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/168
Sana22.06.2024
Hajmi9,03 Mb.
#265232
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   168
Birinchi tibbiy yordam. 
Shikastlangan o‘choqlarda talafot oigan 
fiiqarolarga shu joyning o‘zida hayotiy ko‘rsatkichlarga muvofiq 
ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tushuniladi. 0 ‘z vaqtida va to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odam.ning hayotini 
saqlab qoladi va salbiy oqibatlar rivojining oldi olinadi. Albatta, bu 
yerda favqulodda vaziyatning shikastlovchi omillarini to‘xtatish (suvdan 
olib chiqish, yonayotgan kiyimlami o‘chirish, yonayotgan, gazga to‘lgan 
uylardan olib chiqish va boshqalar) choralarini ko‘rgan holda xatti-harakat 
qilish kerak. Talafot oigan kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda shifokor 
quyidagi tartibdagi tekshiruvlami o‘tkazadi:
- og‘iz bo‘shlig‘i va yuqori nafas yo‘llarini tekshirish (og‘izni begona 
narsalardan tozalash);
- nafas olish harakatlarini tekshirish (o‘pkaga sun’iy nafas berish va 
yurakni bevosita uqalash);
- qon tomirlari butunligini aniqlash (qon tomirlaridan oqayotgan 
qonni to'xtatish, ayniqsa, arterial tomirlardan);
- yurak-qon tomir tizimini tekshirish (tomir urishini);
- sezgi a’zolarini tekshirish;
- shikastlangan kishining nutqini tekshirish.
Birinchi tibbiy yordam berishning eng qisqa vaqti - shikastlangan 
vaqtdan boshlab 30 daqiqagacha, nafas olishi to‘xtagan bo‘lsa 5-7
222


daqiqagacha amalga oshirilishi lozim. Zaharlangan hududlarda 30 
daqiqa ichida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilsa, ularning umumiy 
ahvolining og‘irlashuvi ikki baravarga kamayadi. Demak, jarohat 
olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish vaqti nihoyatda muhim hisoblanadi. 
Ma’lumotlar ko‘rsatishicha, jarahotlanganlarga bir soat mobaynida 
yordam ko‘rsatilmasa, o‘limga sabab bo‘lish 30 foizga, 3 soatgacha 
yordam ko‘rsatilmasa - 60 foiz va 6 soatgacha yordam ko‘rsatilmasa 
90 foizgacha ortadi. Birinchi tibbiy yordamni jarohat oigan kishining 
o‘zi yoki uning yonida boiganlar (aholi, sandrujinachilar yoki fiiqaro 
muhofazasi hodimlari) ko‘rsatadi.
Birinchi shifokor yordami - jarohatning jabrlanganlar hayotiga 
bevosita xavf soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat infeksiyasining 
yanada rivoj topishining oldini olish maqsadida shifokorlar bajaradigan 
davolash - muhofaza omillaridan iborat. Bunday yordamni umum 
shifokorlik tayyorgarligi bo‘lgan va ixtisoslashgan jarroh shifokorlari 
ko‘rsatadilar. Birinchi shifokor yordajTiini ko‘rsatish vaqti jarohat oigan 
vaqtdan boshlab 3-6 soat hisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini 
hamma ixtisoslikdagi shifokorlar bilishlari kerak.
Malakali tibbiy yordam - davolash muassasalarida tegishli 
ixtisoslikdagi shifokorlar amalga oshiradigan jarohat oqibatlarini, birinchi 
galda hayot uchun xavfli oqibatlami bartaraf qilish, rivojlana boshlagan 
salbiy oqibatlarga qarshi kurashish, jarohatlanganlami to‘liq davolashga 
qaratilgan jarrohlik va terapevtik tadbirlar majmuasi.
Ixtisoslashgan 
tibbiy 
yordam 
-
ixtisoslashgan 
davolash 
muassasalarida odamning ba’zi a’zolari va tizimlaridagi buzilishlarini 
maksimal darajada tiklash maqsadida maxsus apparatlar va uskunalardan 
foydalanib, mutaxassis 
shifokorlar bajaradigan davolash-muhofaza 
tadbirlari majmuasidan iborat. Shunday qilib, «Halokatlar tibbiyoti» 
xizmati tizimlari ikki bosqichli tizimda faoliyat ko‘rsatadi. Birinchi 
bosqichda - bevosita o ‘choqning ichida jabrlanganlami qidirib topib, 
ularga birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordami ko‘rsatiladi, ularni 
tibbiy evakuatsiya qilib, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi 
tadbirlar amalga oshiriladi. ikkinchi bosqichda esa jarohatlanganlarga 
shifoxonalarda malakali, 
ixtisoslashgan tibbiy yordam amalga 
oshiriladi.

Download 9,03 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   168




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati

Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish