Halokatlar tibbiyoti xizmatining




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/168
Sana22.06.2024
Hajmi9,03 Mb.
#265232
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168
12.2. Halokatlar tibbiyoti xizmatining
asosiy vazifalari
Halokatlar tibbiyoti xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat;
- Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tez tibbiy yordam xizmatini 
ko‘rsatish, bu xizmatning kuch va vositalarini shakllantirish.
- Tez tibbiy yordam xizmati kuchlari va vositalari tayyorgariigini 
oshirish.
- Halokatlarning oldini oladigan tibbiy tadbirlami rejalashtirish va 
amalga oshirish.
- Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam, birinchi tez shifokor 
yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini 
qo‘llash.
Falokat va halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishda 
halokatning miqyosi va sanitariya talafotining hajmiga qarab belgilanadi. 
Albatta, tabiiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya 
talafoti katta miqyosida bo‘lganda, buning oqibatlarini tugatishda maxsus 
yondashuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday holatlarda jabrlanganlarga 
iloji boricha talafot o‘chog‘ining o‘zida yoki unga yaqin bo'lgan joyda 
tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim boiadi. Katta miqyosdagi favqulodda 
vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi:
- shikastlangan o‘choqlami tibbiy razvedka qilish;
- jabrlanganlami qidirib topish va ulami qutqarish;
- jabrlanganlami saralash;
- jabrlanganlami evakuatsiya qilish;
- tibbiy yordam berish va davolash.
Shikastlangan o‘choqlami razvedka qilishda - aholi soni, tibbiy xizmat 
kuchlari va vositalari soni, talafot darajasi, yo‘llar va suv manbalarining 
mavjudligi hamda ulaming ahvoli haqidagi ma’lumotlar olinadi.
Jabrlanganlami qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan - bir 
sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi hamda iloji boricha 
ulaming hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu omillami qutqaruv
221


tizimlaridan tashqari, o‘t o‘chiruvchilar, jamoat tartibini saqlovchi harbiy 
qismlarning xodimlari hamda ko‘ngilli fiiqarolar bajaradilar.
Jabrlanganlami saralash tibbiy xizmatning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Saralash - tibbiy yordamning hajmini, turini hamda yordam ko‘rsatishning 
keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlami transportlarda tashish 
imkoniyatlari va navbatini aniqlaydi.
Jabrlanganlami evakuatsiya qilish - talafot olganlarni shikastlangan 
o‘choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish hamda 
davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. 
Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi to‘ldiriladi va yaradorlami transport 
vositalari (temiryoi, avtomobil, suv va havo y o ii) yordamida evakuatsiya 
qilinadi. Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga 
malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi. Shunday qilib, 
shikastlangan o‘choqda qolgan jabrlangan aholiga tibbiy yordamning 
hamma turlari: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami, malakali 
va ixtisoslashgan tibbiy yordami birin-ketin ko‘rsatiladi.

Download 9,03 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish