Mavzuni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch
so‘z va iboralar:
mehnat intizomi; kompensasiya; ustama haq; qo'shimcha ta’til; mehnat
muhofazasi; baxtsiz hodisa; kasb kasalligi; o‘qitishning kirish yo'riqnomasi;
0
‘qitishning ish joyidagi yo‘riqnomasi; rejali o‘qitish; o‘qitishning kundalik
yo‘riqnomasi; intizomiy javobgarlik; ma’muriy javobgarlik; moddiy
javobgarlik; davlat sanitaiy nazorati; davlat energetika nazorati;
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Mehnatni muhofaza qilish qaysi manbalarda ko'rsatilgan?
2. Qaysi m e’yoriy hujjatda mehnat sharoitini yaxshilash masalalari
ko‘zda tutilgan?
3. Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarida
qanday masalalar rejalashtiriladi?
4. Ishchilarni mehnat muhofazasiga o'qitishda qanday yo‘riqnomalar
asosida o‘qitiladi?
5. Mehnat xavfsizligi tartib-qoidalarini buzgan shaxslarga qanday
javobgarliklar belgilanadi?
6. Mehnatni muhofaza qilishning qanday davlat nazorat tashkilotlarini
bilasiz?
7. Zararli va zaharli mehnat sharoitida ishlovchilarga qanday imtiyozlar
belgilangan?
8. Mehnat muhofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
9. Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar necha turga
boiinadi?
10. Qanday mehnat xavfsizligi standartlar tizimlarini (MXST) bilasiz?
65
FAVQULODDA VAZIYATLARDA
FUQAROLAR MUHOFAZASI
V BOB
5.1. F u q aro m uhofazasi haqida um um iy tushuncha
M aium ki, har bir mustaqil davlat o ‘zining mudofaa qudratiga ega.
Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o‘sha
davlatning qudratini belgilaydi. Chunki har bir davlat moddiy boyliklarini,
texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik b o ig an inshootlarini, xalqini
himoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab
chiqaradi. Shu tariqa davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki,
bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof muhitga juda
katta ziyon yetkazadi. 1990-yilgacha biz dunyoni ikki tizimga (kapitalistik
va sotsialistik) b o iib kelgan edik va har ikkalasida ham umumiy qirgi'n
qurollari yaratilganligini yaxshi bilamiz. Bunday qurollaming ba’zi
birlari ayrim davlatlar tomonidan sinab ko‘rildi ham va hozirgi kungacha
ularning asoratlari to‘g‘risida eshitib kelyapmiz. Masalan, 1945-yilda
Yaponiyaning Nagasaki va Xerosima shaharlariga AQSHning yadro quroli
tashiandi. Keyinchalik Koreyaga, Vyetnamga turli xildagi napalmlar
(dirildoq holdagi yondiruvchi modda), oskolkali (parchali), yondhuvchan
bombalar tashiandi.
Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, hai‘ bir davlat
bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi.
Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudratining asosini fuqarolar
muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri
bo iib , u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolami, xalq xo‘jaligi
tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda
hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb
etadi. Albatta, fuqarolar mudofaasi oldiga qo'yilgan yuqoridagi ishlar
1945-yildan to 1990-yillargacha yetib keldi, lekin shu davrgacha
yuqoridagi ishlarni bajarish uchun ehtiyojlar boim adi. Afsuski, bu
davrlarda (tinchlik davrlarida) tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari,
turli xil halokatlar yuz berdiki, xalqimiz, xalq xo'jaligimiz bundan jiddiy
zararlandi. Bunday holatlarda biz bir-birimizga yordam berishga tayyor
66
cinas edik. Mustaqillik davridagina favqulodda holatlarda fuqarolar
miiliofazasi tomonidan yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan,
imislaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolami va hududlarni tabiiy
ol'atlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning
mo‘tadil ?iayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifálami hal etish uchun
t) ‘/,bekiston hukumati tomonidan 1991-yilda fuqaro mudofaasi tizimi
liiqai'o muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu
li/.im 0 ‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiga kimvchi
I'uqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik
ciavrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari hamda halokatlaming
oldini olish va ulaming oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi. Mamlakat
fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yil 9-aprelda Toshkent
shahrida bo‘lib o‘tgan Respublika faollarining Kengashida so‘zlagan
nutqida bayon etilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil
4-martdagi Farmoniga binoan aholini va xalq xo‘jaligi inshootlarini tabiiy
ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlaming oldini olish va
oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O ‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
negizida 0 ‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVY)
tashkil qilindi.
F W n in g asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi asosan: favqulodda
vaziyatlami bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza
qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish
hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish, favqulodda vaziyatlaming oldini olish hamda bunday
hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish
va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish,
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib
borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
FFVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratil-
gan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda
vaziyatlar masalasida 0 ‘zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlami
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi (1999-y.), «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi (2000-
y.), «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi (1999-y.),
67
«Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi (2000-y.), «Terrorizmga qarshi
kurash to‘g ‘risida»gi (2000-y.), «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchilar
to ‘g‘risida»gi (2008-y.), «Yog‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi (2009-y.)
qonunlar, Respublika Prezidentining ikkita farmoni, Vazirlar Mahkamasining
30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumlcin. Qabul qilingan
m e’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Ukraina,
Buyuk Britaniya, Shveysariya, Italiya va boshqa yetakchi davlatlarning
fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga
olingan. 0 ‘zbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza
etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik,
inson hayoti va sog‘lig‘ining ustivorligi, axborotning o ‘z vaqtida berilishi
va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qihsh
choralarining ko‘rilishidir.
Respublika FVDT 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-
yil 11-dekabrdagi Farmoniga asosan Bosh vazir tomonidan boshqariladi.
Hozirgi kunda FVDTning respublika, mahalliy va obyekt bosqichidan
iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funksional quyi tizimdan iborat
bo‘lgan favqulodda vaziyatlaming oldini olish va ularda harakat qilish
davlat tizimi faoliyat ohb bormoqda. Bu tizim yagona konsepsiyani
belgilash, bashoratlash, tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni
amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy
tayyorgarligini ta’minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf
qilish hamda xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining
ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz
tomonidan fuqarolami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga
tayyorlashni tashkil etish, FVlami tasniflash, avariya-qutqaruv tizimlarini
kengaytirish, vazifalami takomillashtirish va ulami zamonaviy jihozlar
bilan ta’minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta
yordam ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunga kelib FVDT tarkibida «Najotkor» Respublika qidiruv-
qutqaruv markazi, «Xaloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqamv
qismi, «Qutqaruvchi», «Qamchiq», «Olmazor» qismlari tashkil etilib,
ular tomonidan 10 mingdan ortiq marotaba turli favqulodda vaziyatlarda
aholiga yordam berildi. Jumladan, Tojikiston Respublikasining Qayroqqum
bekatida sodir bo‘lgan temiryo‘l halokati, 1998-yilda Shohimardonda
sodir bo‘lgan sei ofati, 1999-yilda Turkiyada r‘oy bergan Izmir zilzilasi,
68
1999-yilda Qamchiq dovonida yuzaga kelgan qor ko‘chishi, 2001-yilda yuz
bergan Toshkent viloyati Qodiriya bekatidagi temiryo‘1 halokati, 2003-yilda
Qirg‘isistondagi yer surilishi va boshqalami misol tariqasida keltirish
mumkin. Bu yo‘nalishdagi ishlar saviyasini yanada oshirish maqsadida
respublikaning ko‘pgina shaharlarida, jumladan, Toshkent, Samarqand,
Andijon, Jizzax, Chirchiq, Angren va boshqa joylarda maxsus «Qutqaruv
xizmati» tizimlari tuzilgan va ulaming zimmasiga har qanday ekstremal
vaziyatlarda aholining hayotiga, salomatligiga xavf soluvchi holatlarda
yordam berish vazifasi yuklatilgan. Qutqaruv xizmati tizimlarining o‘z
telefon raqamlari mavjud (masalan, Toshkent shahrida 050; Samarqand
shahrida 911 va hokazo), ular tun-ukun o‘z vazifalarini bajaradilar.
2008-yil qabul qilingan «Qutqarav xizmati va qutqaruvchi maqomi
to‘g‘risida»gi Qonunning maqsadi - qutqaruv xizmatlari faoliyatini tashkil
etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, favqulodda
vaziytlami bartaraf etishda ishtirok etuvchi qutqamvchilar, ularning oilfa
a’zolari va 0 ‘zbekiston Respublikasi boshqa fuqarolarining huquqiy
va ijtimoiy muhofazasi masalalari, ulami shahodatlash va ro'yxatdan
o‘tkazish hamda ijtimoiy himoy qilish masalalari belgilangan.
Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda
vaziyatlarda
fuqarolarni,
moddiy
resurslarni
muhofaza
qilish,
fuqarolaming qanday xatti-harakat qilishi, ularga qanday chora-tadbirlar
bilan yordam berish, shikastlangan hududlarda qutqaruv va tiklov
ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarining muttasil ishlashini
ta’minlash vazifalarini bajaradi. Zero yer yuzida umumiy qirg'in
qurollari, hujumkor qurollaming zamonaviy turlari mavjud ekan, shu
bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlaming
bo‘lishligi muqarrar bo‘lganligidan har bir davlatda va uning har bir
hududida hamda bo‘g ‘inida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil
etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi.
|