• 7.1. Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar
  • 1) joylashgan o‘rniga ko‘ra
  • 3) vazifasiga ko‘ra
  • VII BOB 132
  • TEXNOGEN TURDAGI FAVQULODDA




    Download 9,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/168
    Sana22.06.2024
    Hajmi9,03 Mb.
    #265232
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168
    131


    TEXNOGEN TURDAGI FAVQULODDA
    VAZIYATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
    Texnogen turdagi favqulodda vaziyatlai'ga 7 xil ko‘rinishdagi falokatlar 
    kirib, ular 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 
    27-oktabrdagi 455-sonli qarorida «Texnogen, tabiiy va ekologik turdagi 
    favqulodda vaziyatlar tasnifi»da ko‘rsatib o ‘tilgan.
    7.1. Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar
    M aium ki, O ‘zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 53 ta suv 
    ombori, daryo suvlarini iste’molchilarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq 
    suv to‘g‘onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa suv 
    inshootlari mavjud. Bunday inshootlar har qanday favqulodda vaziyatlar 
    yuz berganda (harbiy holatda ham, tinchlik davrida ham) katta xavf 
    tug‘diradi. Gidrotexnika inshootlarining ayrimlari katta shaharlar va yirik 
    aholi yashash punktlari yaqinida joylashgan bo ‘lib, yuqori darajadagi 
    xavfli obyektlar hisoblanadi.
    Gidrotexnika inshootlari, ko‘rsatkichlariga ko‘ra har xil bo‘ladi:
    1) joylashgan o‘rniga ko‘ra:
    a) yer usti inshootlari (daryo, ko‘l, kanal va h.k);
    b) yer osti inshootlari (o‘tkazuvchi quvurlar, tunnellar va h.k);
    2) foydalanish maqsadiga ko‘ra:
    a) suv-energetika inshootlari;
    b) suv ta’minoti inshootiari;
    d) sug‘orish inshootlari;
    e) chiqindi suvlarni chiqarish inshootlari;
    f) suv-baliq xo‘jalik inshootlari;
    g) suv-sport inshootlari va h.k;
    3) vazifasiga ko‘ra:
    a) GESlar va boshqa suv inshootlari (to‘g‘onlar va boshqalar);
    b) suv o ‘tkazish inshootlari (kanallar, tunnellar, quvur o ‘tkazgichlar);
    d) tamovlar, osma quvurlar va h.k.;
    e) tashlandiq suv inshootlari (ortiqcha suvni chiqarish uchun);
    VII BOB
    132


    f) suv oqimini tartiblash inshootlari (suv oqimini to‘g‘rilovchi, daiyo 
    va qirg‘oq o ‘zanlarini yaxshilovchi va boshqalar);
    g) baliq xo‘jaligi inshootlari (baliq boqish uchun).
    Gidrotexnika inshootlarining buzilishi juda katta hududlami, jumladan;
    shaharlar va aholi yashash joylarini, sanoat tarmoqlari va moddiy resurs- 
    larning suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, oqibatda juda katta -
    ham m a’naviy, ham moddiy zararlar olib kelishiga sabab boiadi. Jumla­
    dan, suv urib ketgan inshootlar, avtomobil va tem iryoilar, elektr va aloqa 
    uzatish simlarining zararlanishi, chorva mollari, qishloq xo‘jalik ekinlari 
    hosili, ekinzorlar va boshqalaming nobud boiishi, xomashyo, yoqilgi, 
    oziq-oqat mahsulotlari, o ‘g itla r va boshqa resurslaming yaroqsiz holga 
    kelishi; aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilish xarajatlari; 
    yerlarning hosildor qatlamining yuvilib ketishi; suv bosgan hududlarga 
    oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa kerakli mahsulotiami 
    olib kelish xarajatlari va boshqa salbiy talafotlarga olib keladi.
    Gidrotexnika inshootlari quyidagi ta’sirlar natijasida buziladi;
    - tabiiy ofatlar oqibatida (zilzila, ko‘chki, jala, yom girlar yuvib ke­
    tish va boshqalar);
    - uskunalaming tabiiy yemirilishi va eskirishi;
    - inshootni loyihalash va qurishdagi xatoliklar;
    - suvlardan foydalanish qoidalarining buzilishi;
    - portlatishlar oqibatida (harbiy harakatlar, terrorchilik va boshqalar).
    Gidrotexnika inshootlarining buzilishi muayyan oqibatlarga olib
    keladi, jumladan; gidrotexnika inshooti o‘z vazifasini bajarmay qo‘yishi; 
    suv toiqinining odamlarga zarar yetkazishi va turli inshootlaming 
    buzilishi; hududlami suv bosib, mol-mulkka, yerlarga, moddiy resurslarga 
    va boshqa obyektlarga jiddiy moddiy zarar keltirishi. Shuning uchun 
    bunday inshootlar dan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ulaming 
    xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi 
    Qonurming 8,9-moddalarida k o isa tib o iilg an majburiyatlar yuklangan. 
    Unga ko‘ra bunday xavfli obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatish 
    davomida xavfsizligining pasayish sabablarini tahlil etish, sodir boiishi 
    mumkin b o ig an avariyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlami ishlab 
    chiqish va bajarish, shuningdek, bunday masalalar bo‘yicha favqulodda 
    vaziyatlar tizimlari bilan hamkorlik qilish ta’kidlab oiilgan. Shu o‘rinda 
    2009-yil 17-avgustda Rossiyaning «Sayan-Shushensk» GESida b o igan 
    avariya to‘g‘risidagi m a’lumotni keltirsak. Ushbu gidroinshoot juda
    133


    bahaybat qurilgan b o iib , uning uzunligi 1 km dan uzun, balandligi 250 
    m, gidrostatik vazni 22 mln. tonnani tashkil etadi. GESning avariyaga 
    uchrashining sababi, 1985-yilda gidroinshootning eng baiand ustuni darz 
    ketib, Yenesey daiyosining bu qirg‘o g id an u qirg‘ogigacha b o ig an
    butun to‘g‘on tanasida yoriq paydo boigan. Yoriqdan har soniyada 550 
    I
    suv oqib o‘ta boshlagan va natijada to‘g ‘on betoni yemirila boshlagan. 
    Yemirilish jarayoni 
    8
    yil davom etgan va 1996-yildagina fransuz 
    mutaxassislari tomonidan polimer materiallaii bilan yoriqning yaxlitligi 
    tiklangan. Shu davr mobaynida 
    (8
    yil) inshootning ba’zi bir seksiyalari 97 
    mm dan - 107 mm gacha joyidan siljigan. Ammo «Gidrotexnik inshootlar 
    xavfsizligi’ to‘g ‘risidagi Qonunga binoan, 108 mm ga siljish xavfsizlik 
    nuqtayi nazaridan «tahlikali» holat hisoblanadi. Shunday ayanchli holatga 
    qaramasdan, gidroinshootdan foydalanib kelinishi oqibatida to‘g‘onning 
    ikkinchi agregat qisimi sochilib, mashina zaliga qulab tushgan va 
    y o n g in paydo boigan. Hisob-kitoblarga ko‘ra avariyada 100 ga yaqin 
    fuqarolaming qurbon boiganligi va ko‘rilgan moddiy zarar miqyosi 
    juda kattaligi taxmin qilinmoqda. Gidrotexnika inshootlarida avai'iya 
    boim asligi uchun muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish 
    zarur, jumladan;
    - gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurilishda xatoliklarga y o i
    qo‘ymaslik;
    - gidrotexnika inshootlaridan to‘g‘ri foydalanish;
    - gidrotexnika inshootlaridagi belgilangan tadbirlami va ta’mirlash 
    ishlarini o‘z vaqtida bajarish;
    - qirg‘oqni mahkamlash va inshoot tubini mustahkamlash ishlarini 
    oikazish;
    - suv chiqarishda va g‘amlashda qonun-qoidalarga rioya etish (vaqtga 
    mos ravishda taqsimlanishi);
    - qo‘shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga 
    solib turish:
    - gidrotexnika inshootlaridagi vaziyatni doimo kuzatib turish;
    - gidrotexnika inshootlari hududini chet kishilar kirishidan ishonchli 
    qo'riqlash;
    - falokatlarga olib keladigan noqulay omillar b o iish ehtimolini 
    oldindan aytish taxminlarini tuzish uchun gidrotexnik sharoitni muntazam 
    kuzatib borish.

    Download 9,03 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168




    Download 9,03 Mb.
    Pdf ko'rish