Qor ko‘chkisi ofatining sabablari va oqibatlari




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/168
Sana22.06.2024
Hajmi9,03 Mb.
#265232
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168
6.10. Qor ko‘chkisi ofatining sabablari va oqibatlari
Togiam ing tik yonbagirlaridan qor massasining pastlik tomon 
ag'darilib yoki sirpanib tushishiga tog‘ ko‘chkisi deyiladi. Baland 
togiam ing ustiga ko‘p qor y o g ib , uning qalinligi ortadi va o‘z og irlik
kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbagirlikda pastlikka 
qarab osilib turadi, natijada uning qalinligi oshgan sari turg‘unligi susayib 
boradi. Kuchli shamol ta’sirida mana shunday qor massasi harakatga kelib, 
pastlik tomon siljiy boshlaydi yoki ag‘darilib tushadi. Qor ko‘chkisida 
suriluvchi massaning hajmi bir necha ming m^ dan million m^ gachani 
tashkil yetadi. Qor ko‘chkilari quruq yoki h o i b oiish i mumkin. Agar 
qoming ustki qismi biroz muzlagan b o iib , uning ustiga qalin qor y o g ib
pastga qarab siljisa, quraq ko‘chki hosil bo iad i. Agar qor erigan suvga 
shimilib, uning tagi hoilanishi natijasida pastga ag'darilsa, h o i ko‘chki 
hosil boiadi. H o i ko‘chkilar 20-50 km/soat tezlikda, quruq ko‘chkilar 
esa 100 km/soat, ba’zan 300-400 km/soat tezlikda siljiydi. Qor ko‘chkilari 
pastga qarab harakat qilganda, yon-atrofdagi qor massalarini hamda tog‘ 
jinslarini o‘zi bilan surib ketadi. Mana shuning natijasida qor massasi 
kattalashib, hajmi bir necha mln. m^ ga, tezligi esa soatiga 250-350 km 
ga yetib, o‘z yoiidagi o ‘rmonlarni surib ketadi, imorat va inshootiami 
vayron qiladi, oqibatda juda katta moddiy zarami keltirib, insonlar 
oiim iga sabab b oiadi. Katta hajmli qor ko‘chkilari asosan 25-60° li 
qiyalikda kuzatiladi. Sirti tekis, o‘t bilan qoplangan qiyaliklar qor ko‘chkisi 
xavfli boiadigan joylar hisoblanib, butali, toshli joylar qor ko‘chkisiga 
to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun oim onzorlarda qor ko‘chkisi juda kam 
kuzatiladi. Masalan, 1990-yilning 13-iyulida Pomir togining eng yuqori
126


cho‘qqisida yer silkinishi oqibatida katta hajmdagi qor massasi ko‘chib, 
pastlikka 5300 m balandlikda joylashgan alpinistlar lageriga qulab tushgan 
va oqibatda 40 nafar odam qor ostida qolgan. 1999-yil 21-noyabrda 
ko‘p miqdorda qor yog‘ishi natijasida «Qamchiq» dovonining 157-167- 
km larida sodir b o id i. Bu ofat oqibatida 29 nafar odam halok b o id i, 
19 kishi turli jarohatlar oldi va 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib 
ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugiga ko‘ra tezkor guruhlar 
hodisa yuz bergan joyga yetib kelib, uning oldini olish chora-tadbirlari 
ko‘rildi. Ko‘rilgan tadbirlar oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobillar 
qor uyumi ostida qolganligi, 
6
ta mashinani qor chuqurlik tomon surib 
tushirganligi aniqlandi va zudlik bilan ular qutqarildi. Ofat yuz bergan 
joyga Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari avariya qutqaruv 
boiim lari, «Najotkor» respublika qidiruv-qutqaruv markazi, Chirchiq 
shahri «Xaloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qismi o‘z 
texnik vositalari bilan jalb qilindi. Ular y o ila m i qor uyumlaridan tozalab, 
odamlami xavfsiz joylarga olib chiqdilar, jabr ko‘rganlarga birinchi tibbiy 
yordam va boshqa ko‘maklami ko‘rsatdilar. Umuman, bu ofat dan 400 ta 
transport vositasi va 
1200
dan ziyod yoiovchi qutqarib qolindi.
Hozirgi vaqtda to g ii hududlarda maqsadli qurilishlai- (suv omborlari, 
GESlar, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi) munosabati 
bilan qor ko‘chkilari b oiishi mumkin b o ig an hududlar aniqlanib
o‘rganilib, tegishli tadbirlar amalgam oshirildi. Qor ko‘chkilarining oldini 
olish uchun muhandislik choralarini ko‘rish (tog‘ yonbagirlari tekislanib, 
supalar tashkil etish, daraxtzorlar barpo etish, harakatga keluvchi qor 
uyumlarini yo‘qotish, to‘siqlar o ‘rnatish va boshqa himoyalanuvchi 
vositalar qurish) talab etiladi.

Download 9,03 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qor ko‘chkisi ofatining sabablari va oqibatlari

Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish