saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan
holda bo‘ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar uchun ishlab chiqarish,
ma’muriy va aholi yashaydigan baland uylaming yerto'lalaridan foy
dalaniladi. Bunda butun qirg‘in qurollari omillaridan saqlovchi qismlar,
elementlar o ‘matilib, boshpanaga qo‘yilgan talablar bajariladi.
Boshpana
bir necha boiim lardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig ish i ke
rak. Ular yamsli qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m^ joy to‘g ‘ri
kelishi ko‘zda tutiladt.
Boshpana juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, ya’ni devorlari,
xona bo‘limlari juda zieh qilib ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan
radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi
mumkin. Boshpanada kamida ikkita qarama-qarshi
tomondan kiradigan
eshik va ehtiyot eshigi bo‘lishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki qavatli
qilib germetik ravishda yopiladigan bo‘lishi lozim. Eshikning tashqi to
moni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda
chiqadigan to‘lqin zarbidan saqlaydi.
Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bi
lan jihozlanadi. Ularda elektr, aloqa, suv hamda
kanalizatsiya va isitish
tarmoqlari ham b o iish i kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka
jihozlari, himoyalovchi vositalar, o ‘t o‘chirish qurollari, oziq-ovqatlar, suv
zaxirasi va dori-darmonlar bo iishi shart.
Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar boim aganda
tez jihozlanib foydalanadigan boshpanalar quriladi.
Bunday boshpanalami
metropolitenlar, yer osti yoilari, inshootlaming yertoialarini kerakli
jihozlar bilan jihozlab tayyorlanadi.