• PAINT dasturi.
  • Grafik muxarriri haqida ma’lumot




    Download 2.01 Mb.
    bet7/22
    Sana29.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #66621
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    Bog'liq
    TURLI YOSH GURUHLARDA KOMPYUTER O\'YINLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
    1-амалий иш, MMN S.A. YO\'LDOSHBEKOV, Bolalarni katta-kichiklikni o’lchashga o’rgatish texnologiyalari, Самарский А.А., Михайлов А.П. Математическое моделирование - идеи, методы, примеры, 2001.djvu, JB variant jazgi 2023 tek sorawlar, 12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955, 5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, 7-tajriba ishi, 2-mavzu usullar, Атом-ядро-физикаси-lazerlar
    Grafik muxarriri haqida ma’lumot.
    Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayl­larda bo‘lgan nografik obyektlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o‘rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‘tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo‘ylab bir marta chopib o‘tadi, uning izi esa ekranda keyingi bo‘yruk berilgungacha saqlanib koladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chizikdir.
    Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo‘ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo‘llaniladi.
    Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
    Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. Ko‘pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Internet tizimida ko‘proq rastrli tasvirlar qo‘llanilmokda.
    Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko‘riladi. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarida qo‘llaniladi.
    PAINT dasturi.
    - Paint ( Windows boshqaruvida ishlaydigan, MS Office tarkibiga kiruvchi amaliy dasturlardan biri bo‘lib, u turli shakl hamda rasmlarni hosil qilish va qayta ishlashga mo‘ljallangan grafik muharrirdir.
    Grafik muharrirlarning bir nechta turlari mavjud: Corel Draw, Photoshop, Picture Maker va hk. Keyingi paytda bunday grafik muharrirlardan rassomchilik, me’morchilik, nashriyotlar, loyihalashtirish ishlari, qolaversa, reklama va e’lonlar tayyorlash kabi ishlarni bajarishda keng foydalanilmoqda.
    Paintda tayyorlangan hujjatlar (tasvirlar) u yoki bu rangdagi nuqtalar to‘plamidan hosil qilinadi va ular xotirada bmp yoki pcx kengaytmali fayl tarzida saqlanadi. Paintda oddiy tasvirlardan tortib, yuqori darajali san’at asarlarini ham yaratish mumkin. Buning uchun Paint ish stolida etarlicha jihozlar mavjud, ya’ni ranglar majmuasi (palitra), geometrik shalkkar chizish uchun “mo‘yqalam” va tayyor shakllar to‘plami, rang purkagichli ballon, o‘chirg‘ich, bo‘yash vositalari va boshqalar.
    Paint oynasi o‘zining xususiy menyusiga ham ega bo‘lib, bu menyu buyruqlari asosida tasvir yaratish uchun yangi sahifa ochish, tasvirni xotiraga yozish, tasvirli faylni diskdan ekranga chaqirish, boshqa fayldan rasm keltirib qo‘yish, rasmni tahrir qilish (rangini o‘zgartirish, rasmni kerakli burchak ostida burish, rasm o‘lchamini o‘zgartirish va hk.) kabi qator ishlarni amalga oshirish mumkin.
    Paintda Windowsning boshqa dasturlarida tayyorlangan matnli yoki grafikli hujjat nusxasini olish, shuningdek, skaner qurilmasi yordamida tayyor tasvirlar nusxasini yaratib, ularni tahrirlash va chop etish imkoniyati ham mavjud.
    Umuman, Paint grafik muharririning imkoniyatlaridan kelib chiqib, foydalanuvchilar quyidagi ishlarni amalga oshira olishlari mumkin.


    1. Download 2.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 2.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Grafik muxarriri haqida ma’lumot

    Download 2.01 Mb.