• Amaliy dasturlar.
  • Sistemaviy dasturlar.
  • Dasturlash tizimlari.
  • §2. Kompyuterli o‘yinlarning dasturiy ta’minoti




    Download 2.01 Mb.
    bet6/22
    Sana29.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #66621
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    TURLI YOSH GURUHLARDA KOMPYUTER O\'YINLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
    1-амалий иш, MMN S.A. YO\'LDOSHBEKOV, Bolalarni katta-kichiklikni o’lchashga o’rgatish texnologiyalari, Самарский А.А., Михайлов А.П. Математическое моделирование - идеи, методы, примеры, 2001.djvu, JB variant jazgi 2023 tek sorawlar, 12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955, 5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, 7-tajriba ishi, 2-mavzu usullar, Атом-ядро-физикаси-lazerlar
    §2. Kompyuterli o‘yinlarning dasturiy ta’minoti

    Kompyuter yordamida muayyan masalani hal etish uchun dastur (programma), ya’ni kompyuter tushunadigan tilda axborotni qayta ishlash qadamlari aks ettirilgan batafsil va to‘liq instruksiyalar ketma-ketligini tuzish, kompyuter xotirasiga kiritish va uni ishga tushirish kerak.


    Kompyuter dasturlarni ishlatilish maqsadiga ko‘ra quyidagi uch sinfga ajratish mumkin:
    Amaliy dasturlar. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanish imkonini beruvchi, masalan, matn tayyorlash, elektron jadval bilan ishlash, ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, biror fan bo‘yicha o‘rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, Internetdagi Web-saytlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan brauzerlar va shunga o‘xshash maqsadlarda ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlar deyiladi.
    Sistemaviy dasturlar. Sistemaviy dasturlar ta’minoti deganda avvalo operatsion sistema tushuniladi. Operatsion sistema maxsus dastur, aniqrog‘i dasturlar majmuasi bo‘lib, u kompyuter qurilmalarining ishini (mikroprotsessor orqali) boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini, xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xavfsizligi va butunligini ta’minlaydi. Tarmoq operatsion sistemalari bir necha kompyuterlarni lokal kompyuter tarmog‘iga birlashtirish, kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi va resurslarini taqsimlashni amalga oshiradi. Operatsion sistema bilan muloqotni osonlashtiruvchi dasturlar - operatsion qobiqlarni, shuningdek operatsion sistema imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar - sistemaviy utilitalarni ham sistemaviy dasturlar ta’minoti tarkibiga kiritish mumkin.
    Dasturlash tizimlari. Kompyuter uchun yangi dasturlar yaratishda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar dasturlash tizimlari deyiladi.
    Operatsion sistemalar xaqida umumiy ma’lumotlar.
    Sistemaviy dasturlar orasida operatsion sistemalar alohida ahamiyatga ega. Operatsion sistema kompyuterni boshqarish, dasturlarni ishlatish, ma’lumotlarni himoyalash va boshqa har xil servis funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur bo‘lib, u kompyuter ishga qo‘shilganda avtomatik ravishda operativ xotiraga yuklanadi va ishlay boshlaydi. Har qanday boshqa dastur OS xizmatidan foydalanadi. Shuning uchun ishchi OSni tanlash juda muhim masala. Chunki kompyuter bilan ishlash unumdorligi, qanday uskunalarni ishlata olish, ma’lumotlarning himoya darajasi tanlangan OSga bog‘liq.
    WINDOWS operatsion tizimi haqida ma’lumot. WINDOWS operatsion tizimining ishlash tamoyillari va asosiy tushunchalari.
    Windows muhiti Microsoft firmasi IBM PC kompyuteri turidagi kompyuterlar uchun yaratilgan dastur bo‘lib, uning kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan imkoniyatlari mavjud.
    Microsoft firmasi garchand Windows dasturini dastlab 1983 yilda yaratgan bo‘lsada. yildan yilga uni takomillashtirmoqda. Dastlab, Windows 3.1. Windows 3.11 versiyalari, 1995 yilda Windows-95, oradan uch yil o‘tib Windows-98 versiyalari butun jahonga, xususan respublikamizga ham kirib keldi. Yaqinda Windows XR, Windows Vesta, Windows XP Zver kabi yaratildi va dunyoga tanildi.
    Kompyuterlar dasturiy ta’minotining asosiy qismini amaliy dasturlar tashkil etadi. Quyida amaliy dasturlarning keng tarqalgan turlari keltirilgan. Matn muharrirlari, elektron jadvallar, grafik muharrirlar, prezentatsiya tayyerlash dasturlari, ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, buxgalteriya, moliyaviy-iqtisodiy analiz va ishchi o‘rinlarini avtomatlashtirish dasturlari, tarjimonlar va elektron lug‘atlar, o‘rgatuvchi va sinovchi dasturlar, ma’lumotnoma va ensiklopediyalar va web-brauzerlar.
    Kompyuter o‘yinlarini yaratish jarayonida quyidagi matn va grafik muharrirlar hamda taqdimot yaratish dasturlari bilan tanishaylik.



    Download 2.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 2.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §2. Kompyuterli o‘yinlarning dasturiy ta’minoti

    Download 2.01 Mb.