• Sichqoncha
  • Multimediya
  • Macromedia Flash дастуридан фойдаланиб мультимедиа воситаларини тайёрлаш




    Download 2.01 Mb.
    bet5/22
    Sana29.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #66621
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    TURLI YOSH GURUHLARDA KOMPYUTER O\'YINLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
    1-амалий иш, MMN S.A. YO\'LDOSHBEKOV, Bolalarni katta-kichiklikni o’lchashga o’rgatish texnologiyalari, Самарский А.А., Михайлов А.П. Математическое моделирование - идеи, методы, примеры, 2001.djvu, JB variant jazgi 2023 tek sorawlar, 12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955, 5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, 7-tajriba ishi, 2-mavzu usullar, Атом-ядро-физикаси-lazerlar
    Klaviatura - ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma. Shaxsiy kompyuterda ishlashni o‘rganuvchilar eng avvalo klaviaturaning tugmachalari haqida mukammal tushunchaga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Chunki kompyuterning barcha dasturlari va buyruqlari sichqonchasiz ham klaviatura orqali boshqarilishi mumkin.
    Sichqoncha - kompyuter va foydalanuvchi orasidagi ishni tezlashtiruvchi qurilma hisoblanadi.
    Kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari protsessorga ulanib, ular foydalanuvchi ishini tezlashtirib, qulay imkoniyatlarni olib keladi:
    Printer – ma’lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Printerning rang qutisi – katredji deb ataladi. Uning uch turi mavjud:
    Ignali (matritsali) printerlar – ignalar soni bilan har xil turlarga bo‘linadi; 9, 24 va 48 ignali printerlar mavjud bo‘lib, ignalar sonini ortishi bilan chop qilish sifati yaxshilanadi. Bu printerlar shovqinli va sekin ishlaydi.
    Siyohli (purkovchi) printerlar – varaqdagi matn yoki grafik belgilarini hosil qilishda, suyuq holatdagi bo‘yoqlarini juda kichik bo‘lgan tirqishdan purkashi natijasida yuzaga keltiradi. Bu printerlar rang qutisi rangli siyohdan iborat bo‘lsa, rangli tasvirlarni bosmadan chiqarishi mumkin.
    Lazerli (elektrografik) printerlar. Bu printerlar ma’lumotlarni tez va sifatli chiqarishida boshqa printerlardan ajralib turadi. Printer kartredjida rang sifatida maxsus kukunlardan foydalaniladi va uning ishlash tartibi kartredjda baraban qurilmasi tez aylanadi va rang kukunlarini magnitlantirilgan holda qog‘ozga tushiradi. Bu printerning eng sifatli va tez bosmalashi uchun unga bo‘lgan talab juda yuqori. Hozirgi kunda lazerli rangli printerlar ham mavjud bo‘lib, ular noqonuniy ishlarni bajarishdan himoyalanadi va ro‘yxatga olinadi.
    Skaner – qog‘ozdagi tasvir, rasm va matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish va uni qayta ishlash maqsadida foydalaniladi. Tasvirlarni sifatli bo‘lishi uchun skaner rejimini piksellari (dpi) sonini ko‘paytirish lozim bo‘ladi. Masalan, 75, 150 dpi sifatli emas, 200, 300 dpi rejimi o‘rtacha sifatni beradi, 600, 1200 dpi rejimi tanlansa, tasvir juda sifatli, lekin xotiraga katta hajmli fayl hosil qiladi. Matnli ma’lumotlarni rasm sifatida yoki tahrirlash uchun ham skaner qilinishi mumkin. Bu vazifa maxsus dasturiy vositalar (masalan, Fine Reader dasturining Raspoznat, Proverit buyruqlari) yordamida amalga oshiriladi.
    Multimediya - Ovoz yozish va ovoz chiqarish qurilmasi. U protsessorda joylashgan plata bo‘lib, maxsus dastur (Proigrivatel - Player)lar orqali musiqalar tinglash, klip va kinolar tomosha qilish mumkin. Ba’zi dasturlar masalan, Zvukozapis dasturida mikrofon yordamida ovoz yozib xotiraga saqlashingiz mumkin.
    Kompakt disklarni o‘quvchi qurilma. Kompakt ditsklarni o‘qish uchun CD-ROM, CD-RW (kompakt dislarni o‘qiydi), DVD-ROM, DVD-RD (DVD dislarini o‘qiydi) kabi maxsus qurilmalar sistemali blokka o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. ROM – Read Only Memory (xotirani faqat o‘qish uchun), RW – ReWriter (qayta yozish uchun) ma’nolarini bildiradi. Kompakt disklar hozirda 650-700 megabaytgacha sig‘imga ega.
    Modem – telefon tarmog‘i orqali uzoq masofadagi kompyuterlar bilan aloqa o‘rnatish va ma’lumot almashish, shuningdek INTERNET tarmog‘iga ulanish imkonini beradi. Modemlar ichki (vnutrenniy) va tashqi (vneshniy) modemlarga bo‘linadi. Modemlar ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi.



    Download 2.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 2.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Macromedia Flash дастуридан фойдаланиб мультимедиа воситаларини тайёрлаш

    Download 2.01 Mb.