Macromedia Flash дастуридан фойдаланиб мультимедиа воситаларини тайёрлаш




Download 2.01 Mb.
bet3/22
Sana29.05.2023
Hajmi2.01 Mb.
#66621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
TURLI YOSH GURUHLARDA KOMPYUTER O\'YINLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
1-амалий иш, MMN S.A. YO\'LDOSHBEKOV, Bolalarni katta-kichiklikni o’lchashga o’rgatish texnologiyalari, Самарский А.А., Михайлов А.П. Математическое моделирование - идеи, методы, примеры, 2001.djvu, JB variant jazgi 2023 tek sorawlar, 12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955, 5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, 7-tajriba ishi, 2-mavzu usullar, Атом-ядро-физикаси-lazerlar
Kurs ishi ishning hajmi : 55 bet


I bob. Kompyuterli o‘yinlarning texnik va dasturiy ta’minoti.
§1. Shaxsiy kompyuter va ularning tuzilishi.
Kompyuter — inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi — kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko‘pchilik tushunchasida guyoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ko‘p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko‘p uchrasa-da, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (Hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: rakamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani uchun ulardan ko‘proq, foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo’lish mumkin:
- super kompyuterlar (Super Computer);

  • katta kompyuterlar (Manframe Computer);

  • mini kompyuterlar (Minicomputer);

- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot(note компьютерлар).
Super kompyuterlar (TOR 500 kompyuterlar) — juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob-xavoning global prognoziga oid masalalarni, uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o‘rganish masalalari, global informatsiy sistemalar va hakazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AKSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o‘rnatilgan protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda.
Shuni qayd qilish lozimki, super kompyuterlarning ma’lum yo’nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
Katta kompyuterlar (Manframe Computer) — fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning Ml800 rusumli kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning o‘lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor — dasturiy boshqaruv protses-sori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa minikompyuterlar misol bo‘la oladi. Shuni aytish joizki, mini kompyuterlar uzlarining Manframe kompyuterlar imkoniyatlari darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy uquv yurtlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga to’g‘ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTHJM-3 MMX protsessori o‘rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira xajmi esa, 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar tez o‘zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashish yo’nalishi kuzatilmoqda.

Download 2.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 2.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Macromedia Flash дастуридан фойдаланиб мультимедиа воситаларини тайёрлаш

Download 2.01 Mb.