|
DINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204Bog'liq Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyatiDINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204
5
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Mifologiya (Rivoyat va afsonalar), Etnologiya, Arxeologiya, San’at tarixi, Folklor va
shunga o’xshash bir qancha ilm turlari borki, ulardan ham Dinlar tarixi izlanishlarida
bevosita foydalaniladi.
3. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Din arabcha so’z ekani
barchaga ma’lum. Lekin, din tushunchasini to’liq anglab olish uchun, uning ham
lug’aviy, ham istilohiy ma’nolarini alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir.
Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so’zi « »ناد («da’na») fe’lidan
yasalgan bo’lib, «kimgadir bo’ysunmoq, bo’yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir
qarzdor bo’lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq»; «diynun»
so’zi esa, «din, imon, ajr-mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq» kabi
ma’nolarni bildiradi.
O’zbek tili lug’at adabiyotlarida «din» - ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk,
hukm, hisob, jazo, tadbir, bo’ysunish, itoat qilish, ibodat, parhyez, yo’l tutish, odat
qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o’tiladi.
Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli
davrlarda «darm», «nom» va «den» kabi so’zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan
«drm», «darm» din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) «dharma»dan (Pali
tilida dhamma); «nom» din ishonch, qonun ma’nosida sug’d tilidan kirib kelganligi
aytiladi.
O’zbek tilidagi «din» ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud.
Jumladan, zardushtiylarning manbasi «Avesto»da «din» sifatida «daena», qadimgi
fors pahlaviy tilida «den», «din», «dena», «daena» so’zi ishlatilib, «yo’l», «mazhab»,
«marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda
qilinadigan «dath» so’zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo’lib,
«hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan.
Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so’zining kelib chiqishi
borasida lug’atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o’tilgan. Ulardan ba’zilariga
ko’ra mazkur atama lotincha «religio» so’zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik,
taqvodorlik, xudojo’ylik, mo’minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo,
ziyoratgoh, ibodat-topinish-sig’inish va u bilan bog’liq diniy marosimlar» degan
ma’nolarni anglatadi.
Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so’zi semantik, ma’no va morfologik
jihatdan «relegere» so’zi bilan bog’liq bo’lib, «yangidan to’plamoq, yangidan
tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi
ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar.
|
| |