• NAZORAT SAVOLLARI
  • MAVZU. OG`ZAKI JURNAL
  • MAVZU. MADANIY TADBIRLARNI TAXLIL GILISH REJA
  • Klub kechalarining turlari.
  • Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati




    Download 0,63 Mb.
    bet4/7
    Sana26.12.2019
    Hajmi0,63 Mb.
    #5362
    1   2   3   4   5   6   7

    Askiya tarixi. Xalqimiz qadimdan hazil-mutoyibani, kulgini benihoya sevib keladi. O`zbek xalq madaniyati va san`atining ko`pgina an`anaviy turlari (masxaraboz va qiziqchilar, tsirk ustalari, qo`g`irchoqbozlar tomoshalari) hajviy xarakterda bo`lganligi bejiz emas. Askiya - o`zbek xalqining muayyan tarixiy taraqqiyot yo`liga ega bo`lgan qadimiy va eng sevimli san`at janrlaridan biridir. Ayniqsa, u Ulug`bek, Navoiy yashagan davrlarda nihoyatda rivojlanib, ko`pgina mashhur askiyachilar etishib chiqqan. Alisher Navoiy askiyani juda sevib, uning rivojiga o`z hissasini qo`shgan va o`sha davrning mashhur so`z ustasi Muhammad Badaxshini «askiya piri» deb tan olgan.

    Askiya tarixiga murojaat etib, shuni aytish kerak-ki, bu so`z san`ati o`tmishda xalqning orzu tilaklarini, ozodlik va tinchlik, insonparvarlik va mehnatsevarlik his-tuyg`ularini ifodalab kelgan. Mehnatkash xalq orasidan chiqqan so`z san`atkorlari – askiyachilar til shamshirining o`tkir tig`i - so`z o`yinlari, chandish, o`xshatish, mubolag`alar orqali tekinxo`r boy va boyvachchalarning, firibgar qozi, eshonlarning, o`g`ri va qalloblarning qora niyatlarini ayovsiz fosh qilib, ular ustidan zaharxandalik bilan kuldilar, jamiyat illatlarini kulgi asosida tanqid qildilar, qashshoqlik bilan og`ir kun kechirayotgai mehnatkashlarni kuldirib, ularga ma`naviy ozuqa berdilar.

    O`zbek askiyachilarining bu san`atiga, bu janrning betakror formasi, ekspromt ijrochilik xususiyati va boshqa antiqa jihatlariga turli xalq vakillarining lol qolganliklari haqida ma`lumotlar kam emas. Buyuk rus olimi, etnografi, O`rta Osiyo xalqlarining revolyutsiyagacha bo`lgan hayotining tadqiqotchisi, «Turkistonda yarim umr» («Poljizni v Turkestane») kitobining muallifi N.S. Likoshin san`atimizning bu turiga alohida e`tibor berib: «O`zbek xalq san`ati va o`yinlari ichida askiya eng fikrga boy, kishilar hissiyotiga va ongiga ta`sir etuvchi eng ta`sirchan vosita, kishini hayratda qoldiradigan original bahs (disputdir)» - deb baholagan edi.

    O`zbek san`atining tadqiqotchilaridan biri, yirik sovet olimasi A. L. Troitsskaya askiyaga katta baho berdi va uning hayotdagi ahamiyati to`g`risida «askiya bo`layotgan vaqtda tinglovchilarning yiqilgunga qadar kulishganlarini kuzatgani» haqida yozadi.


    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Askiya qanday janr?

    2. A. Navoiy kimni askiya piri deb tan olgan?

    3. Askiyani rivojlantirish va undan tadbirlarda foydalanish yo`llari qanday?

    4. Askiyani tarixi qanday?



    MAVZU. OG`ZAKI JURNAL

    REJA:


    1. Og`zaki jurnallarni o`tkazish metodikasi.

    2. Og`zaki jurnal materiallari.

    3. Og`zaki jurnalning turlari.

    4. Obzorli og`zaki jurnal.

    Og`zaki jurnalning o`ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunmoq uchun «jurnal» degan tushunchaga murojaat etamiz. Umumiy qabul qilinganidek «jurnal» - bu muayyan sinf, partiya va ijtimoiy guruh mafkurasini, ideologiyasini ifodalaydigan, jamoatchilik fikrini va dunyoqarashini aks ettiradigan agitatsiya va propagandaning vositasi sifatida muntazam (haftada, o`n kunda, oyda bir yoki ikki marta, ba`zilari yilda 4-6 marta) chiqib turadigan, o`z hajmiga ega bo`lgan davriy (vaqtli) nashrdir.

    «Og`zaki jurnal» - bu bosma jurnalning kenja vakili desak, xato qilmaymiz. CHunki u Sovet hokimiyatining birinchi yillarida, tipografik uskunalar, qog`ozlar etishmagan paytda, bosma jurnallarni bosib chiqarish qiyin bo`lgan paytda bosma jurnalga yordamga keldi. O`sha vaqtlarda og`zaki jurnalning afzalligi shunda ediki, ko`pchilikni tashkil etgan savodsiz xalq «bosma» jurnalni o`qiy olmagani sababli, u jamiyatdagi muhim voqealarni va yangiliklarni og`zaki tarzda, jonli so`z orqali ommaga etkazib beruvchi asosiy samarali vosita vazifasini bajarar edi. O`sha vaqtdan boshlab og`zaki jurnal klub muassasalarida o`z o`rnini topib, sinfiy kurashning muhim quroli bo`lib qoldi. Lekin og`zaki jurnalning mazmuni o`zgargan sayin, davr taqozosi bilan uning o`ziga xos xususiyatlari, tashkil etilish metodikasi ham o`zgardi, shakli ancha boyidi. endilikda u savodsiz kishilar uchun emas, balki savodxon xalqimizning bilimini oshirish yo`lida xizmat qilmoqda. Og`zaki jurnal hozirgi kunda o`ziga xos propagandistik va tarbiyaviy vosita sifatida shakllanmoqda, rivojlanmoqda. endilikda u ommaviy axborot vositalari (radio, televidenie va matbuot) mazmunini, ular tarqatadigan axborotni takrorlamaslikka, o`zining konkret ta`sir doirasiga, umumiy tarbiyada o`zining auditoriyasiga va mavqeiga ega bo`lish uchun kurashmoqda. Buning uchun u ommaviy axborot vositalari va ularning asosiy turi bo`lmish gazeta-jurnallar qila olmaydigan ishlarga o`z diqqatini qaratmoqda.

    Axborot vositalari buyuk kuchga ega, lekin mahalliy axborotni aholiga etkazib berish ular uchun ancha mushkuldir. Bu vazifani bajarishda og`zaki jurnallar eng samarali propaganda va tarbiya vositasi sifatida ideologiya xodimlariga qo`l keladi. Xuddi shu vazifa - mahalliy axborotlarni mahalliy aholiga etkazib berish - og`zaki jurnalning o`ziga xos xususiyatini belgilab beradi. Bu bilan og`zaki jurnal butunittifoq ahamiyatiga oid voqealarni umuman chetlab o`tishi kerak, demoqchi emasmiz. Balki butun dunyo yangiliklarinn va ittifoq doirasidagi yangiliklar bilan mahalliy axborotni qo`shib olib borishi, ularning bir-birlari bilan bog`liqligini konkret tarzda, mahalliy faktlarga tayanib olib borishi kerak.

    Og`zaki jurnal klubda tashkil qilinadigan tadbirlar ichida muhim o`rin tutadi va ulardan o`z mohiyati, o`ziga xos shakli bilan farq qiladi. U epizodik holda chiqmay, balki klubning imkoniyati, sharoitidan kelib chiqib, oyiga, ikki oyda yoki har kvartalda bir marta, yil davbmida muntazam tashkil qilinadi. Uning klubdagi boshqa ish shakllaridan asosiy farqi shundaki, tashkil qilinadigan kuni (har oyda, ikki yoki uch oyda) oldindan aniq va ma`lum bo`lib turishi, atoqli va muhim kunlarga bag`ishlanishi shart emas.

    Og`zaki jurnal muqaddima (kirish), 4-5 sahifa asosiy material va final (yakun)dan iborat bo`ladi. Har bir sahifasi bir-biriga bog`lanib ketishi shar emas. YA`ni, har bir sahifaning o`z yuzi, nomi, boshlanishi, asosiy voqeasi va oxiri bo`lishi shart. Har bir sahifaning namoyishi 15-20 minutdan iborat bo`lib, g`oyaviy jihatdan puxta bo`lishi kerak.

    Odatda, og`zaki jurnalning birinchi sahifalari ko`proq davlat ahamiyatiga ega bo`lgan, zamonaviy va aktual masalalarga bag`ishlangan bo`ladi. Keyingi sahifalari esa ko`proq mahalliy voqealarni, mahalliy yangiliklarni o`zida aks ettirishi lozim.

    SHunday qilib, og`zaki jurnalning asosiy maqsadi – ma`lum vaqt ichida mahalliy hayotdagi muhim va qiziqarli hodisalarni xalqaro, respublika, oblast’, shahar va qishloqdagi voqealar bilan bog`lab, badiiy informatsion shaklda xalqqa - auditoriyaga etkazib berishdan iboratdir.

    Og`zaki jurnalning turlari.

    Hozirgi vaqtda klublarda tashkil qilinadigan og`zaki jurnallar - obzorli va tarmoqli turga bo`linadi.

    a) Obzorli og`zaki jurnallar – umumiylashtirilgan mavzuga bag`ishlanib, bir nom bilan yil davomida muntazam chiqariladi. Masalan, «Har sohadan bir shingil», «Hamma narsani bilishni istayman», «Dunyoqarash» va hokazolar. Bunday og`zaki jurnallar o`z ichiga bir necha mavzuni qamrab oladi. Ularning umumiy nomi o`zgarmaydi. Faqat har bir sonidagi sahifalarining nomi o`zgarishi mumkin. Bu tarzdagi og`zaki jurnal sahifalari umumiy mavzuning eng qiziqarli masalalariga bag`ishlanadi.

    Obzorli og`zaki jurnal sahifalarining mavzulari odatda quyidagi mantiq asosida tuziladi: 1) ijtimoiy-siyosiy, 2) ilm va fan, 3) xalq xo`jaligi va ekonomika, 4) madaniyat va san`at, sport va sog`liqni saqlash va hokazo.

    Masalan, «Bilib qo`ygan yaxshi» nomli og`zaki jurnal sahifalarini quyidagi tartibda tuzish mumkin: muqaddima (bu qismda kirish so`zi shaklida yoritiladigan mavzularga qisqacha xarakteristika beriladi). 1-sahifa: «Dunyo yangiliklari» (joylardagi mahalliy partiya va sovet tashkiloti rahbarlari hamda «Bilim» jamiyatining vakillari dunyoda, jumladan, mamlakatimizda bo`lib o`tayotgan muhim voqealar, ularning mahalliy hayotimizga ta`siri haqida so`zlaydilar).

    2-sahifa: «Xalq xo`jaligi bugun va ertaga» (bunda klub xodimlari xo`jalik mutaxassislari bilan birgalikda bugungi kunda ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligidagi yangiliklar, kelajakda amalga oshirildigan rejalar haqida fikr yuritadi).

    3-sahifa: «Turmush madaniyati - hayot go`zalligi (bu sahifada madaniyat xodimlari, sovxoz direktori yoki kolxoz raisining madaniy-maishiy ishlar bo`yicha muovini ko`magida axloq, muomala va kayfiyat, kiyinish madaniyati, turmush madaniyatini yaxshilash va ilg`or madaniyat yangiliklari haqida gap boradi).

    4-sahifa: «Xalq san`ati — yangi yutuqlar sari!» (bu sahifada badiiy havaskorlik ijodi, to`garak ishtirokchilari, ularning yangi repertuarlari haqida gapira turib, yangi programmalardan namunalar ko`rsatish mumkin).

    5-sahifa: «Sport - bu, eng avvalo, sog`liq» (mahalliy sportchilarning faoliyati va yutuqlari, kasalliklarni sport yordamida davolash haqida so`z yuritiladi va sportchilarning chiqishlari uyushtiriladi).

    Final: (Bunda aytilgan barcha fikrlarga yakun yasaladi).

    Tarmoqli og`zaki jurnallar, asosan, fanning, turmush va madaniyatning biror-bir konkret qismiga, tarmog`iga bag`ishlanadi. Bunday shakldagi og`zaki jurnallarni hayotdagi ko`pgina sohalarga bag`ishlab o`tkazish mumkin. Masalan: «Fan - hayot g`ildiragi», «Fan va turmush», «San`at olamida», «Salomatlik - tuman boylik», «Jonajon o`lkam mening» kabilar hozirgi kunda yaxshi samara berayotgan mavzulardir.

    Og`zaki jurnallarn o`tkazish metodikasi.

    Og`zaki jurnalni samarali va muntazam tashkil etish va o`tkazish uchun madaniyat muassasalari qoshida maxsus redkollegiya tashkil etiladi. Uning sostavida redaktor, bezatuvchi-rassom va 4 a`zo bo`ladi. Ular o`ziga xos jamoatchilik asosida tuzilgan tashabbuskor gruppani tashkil qiladi. Odatda, redaktorlikka klub xodimi yoki bilim jamiyatining vakili, ba`zan esa og`zaki jurnalning mavzusini yaxshi biladigan mutaxassis jalb etiladi. Redkollegiya a`zolari har xil kasbdagi mutaxassis bo`lishi, ularning har biri o`zining kasbiga oid bo`lgan sahifa uchun javob berishi mumkin. Masalan, birinchi sahifa ko`pincha ijtimoiy-siyosiy mavzularga bag`ishlangani uchun redkollegiya a`zolaridan biri partiya va tashkilotlarda ishlaydigan (qishloq joylarida jamiyatshunoslik yoki tarixdan dars beruvchi o`qituvchi) kishilar bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Boshqa sahifalarga ham o`z sohasini yaxshi bilgan mutaxassislarni jalb etish jurnalning qiziqarli hamda berilgan ma`lumotlarining ishonchli bo`lishini ta`minlaydi.

    Redkollegiya a`zolarining orasida stsenariy yozadigan, klub dramaturgiyasidan va rejissurasidan xabardor kishi bo`lishi shart.

    Redkollegiya og`zaki jurnalni badiiy-texnik jihatdan sifatli tarzda bezash uchun kerakli mutaxassis yoki havaskorlarni, jumladan, rassom, fotograf, kinomexanik, radiomexanik kabilarni taklif etadi.

    Redkollegiya o`z ishini klubning (yoki boshqa muassasaning) yillik planiga muvofiq holda olib boradi. U mahalliy joy imkoniyatlarini va aholining ehtiyojini hisobga olib, yil davomida o`tkaziladigan og`zaki jurnallarni planlashtiradigan, ularni o`z vaqtida samarali uyushtirib turadigan, og`zaki jurnalning barcha kamchiliklari uchun javob beradigan jamoatchilik gruppasidir. Redkollegiyaning birinchi yig`ilishida navbatdagi jurnalning maqsadi, g`oyasi va kompozitsion tuzilishi, har bir sahifaning tuzilishi va mazmuni aniqlanadi, har bir sahifa uchun mas`ul shaxs tayinlanadi. Ular o`z sahifasi uchun kengaytirilgan programma tuzishga kirishadi. Redkollegiyaning ikkinchi yig`ilishida jurnaldagi har bir sahifani kengaytirilgan programmasi muhokama qilinadi va umumiy stsenariy yozish konkret bir odamga topshiriladi. Stsenariya tayyor bo`lgach, shu asosda repetitsiyaga kirishiladi, kerakli mutaxassislar va zarur vositalardan foydalaniladi.

    Og`zaki jurnalning samarali bo`lishi uchun quyidagi metodik talablarga amal qilish kerak:



    • Og`zaki jurnalda aholini qiziqtiradigan mavzularga murojaat qilish va aholining aksariyat qismi xabardor bo`lmagan materiallardan kengroq foydalanish kerak. Beriladigan informatsiyalar yangi, sermazmun va qiziqarli bo`lmog`i lozim.

    • Jurnalning har bir sahifasi mantiqan aniq tuzilishi, uning boshlanishi (kirish qismi), asosiy voqeasi (asosiy mazmuni - syujeti); xulosasi (final) original tarzda bo`lishi kerak.

    • Ommaga kuchliroq ta`sir etish, ularning jurnalga
      bo`lgan qiziqishini oshirish, estetik zavq berish uchun
      faqatgina jonli so`zdan emas, ko`proq badiiy-emotsional va texnik vositalardan ham keng foydalanish lozim.

    • Og`zaki jurnalning materiallari haqqoniy, ishonchli bo`lmog`i uchun hujjatli materiallardan, san`at va muzika asarlaridan, adabiyot va teatr vositalaridan foydalanish kerak.

    • Ommani aktivlashtirish uchun zaldagilarga savollar, topshiriqlar berish, ularning fikrlarini so`rash va so`zga taklif qilish yaxshi samara beradi.

    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Obzorli og`zaki jurnal sahifalari qanday mantiq asosida tuziladi?

    2. Jurnal deganda nimani tushunasiz?

    3. Og`zaki jurnal qanday turlarga bo`linadi?

    4. Og`zaki jurnal materialini tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

    TAYANCH SO`ZLAR:

    Og`zaki jurnal, obzorli og`zaki jurnal, redkollegiya.


    MAVZU. MADANIY TADBIRLARNI TAXLIL GILISH

    REJA:

    1. Klub kechalari termini.

    2. Klub kechasi turlari.

    3. Dam olish kechalari.

    4. Adabiy-badiiy mavzularga bag`ishlangan kechalar.

    5. Ishlab chiqarishga va texnikaga bag`ishlangan kechalar.

    Kishilar qadim zamonlardanoq o`zlarining ishdan holi vaqtlarida ma`lum joylarda (do`stlar davralari, choyxonalar, guzarlar, maxsus muassasalarda) dam olish, bir-biri bilan muloqotda bo`lish, fikr almashish uchun to`planishgan. Bunday yig`inlar asosan kishilarning umumiy qiziqishi natijasida vujudga kelib, unda muloqotda bo`lish, fikr almashish bilan bir qatorda, har xil o`yinlar (shaxmat, shashka, domino va hokazo) o`ynashgan. Keyinchalik kechalar biron muhim voqealarga bag`ishlanib, undan rasmiy ziyofat, ko`ngil ovlash, san`atkorlarning ijodidan bahramand bo`lish kabi xususiyatlar o`rin ola boshlagan. Ularda iste`dodli kishilarning o`z ijodiy mahoratlarini namoyish qilish jarayoni kuchayadi. Bunday yig`ilishlar asosan kechqurunlari bo`lganligi sababli ular qanday xarakterda o`tishidan qat`i nazar «kecha» deb nom olgan.

    «Klub kechalari» termini, albatta, klub vujudga kelgandan keyin paydo bo`ldi. Bu muassasada o`tadigan kechki tadbirlar «klubdagi kechalar» va «klub kechalari» deb yuritila boshlandi.

    «Klubdagi kechalar» tushunchasi keng ma`noni ifodalab, kechki payt klubga kelgan barcha kishilarning o`z qiziqishi bo`yicha tanlagan barcha mashg`ulotlari, badiiy havaskorlik to`garaklari, uyushmalarida qatnashishdan boshlab, kinofil’mlar, spektakllar ko`rish, kontsertlar tomosha qilish, ommaviy tadbirlarda ishtirok etishgacha bo`lgan barcha klub ishlarini o`z ichiga oladi.

    «Klub kechasi» tushunchasi esa nisbatan torroq ma`noga ega bo`lib, ma`lum bir programma asosida maxsus tashkil qilingan ommaviy tadbirni anglatadi.

    «Kecha» tushunchasi asosida bo`sh vaqtda ma`lum bir qiziqish doirasidagi suhbat, kishilar o`rtasidagi muloqot yoki ma`lum maqsad bilan yig`ilib, uni amalga oshishi uchun qilinadigan harakatdan manfaatdor bo`lish ma`nosi yotadi. Kechalarda dam olishdan maqsad har xil bo`ladi. Maqsadning qay xarakterda bo`lishi jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlariga, kishilarning ehtiyojiga, ularning madaniy qiyofasiga va tarbiyasiga bog`liqdir.

    Ommaviy siyosiy mavzularga bag`ishlangan kechalar - asosan, partiya va hukumatimizning hozirgi kundagi siyosatini propaganda qilish uchun xizmat qiladigan klub tadbirlaridir. Partiyamiz s`ezdlarining materiallari, yangi qabul qilingan qaror va hujjatlar, davlatimiz tutgan yo`lning maqsadi va mohiyatini, strategiya va taktikasi, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini, davlatni boshqarishga oddiy mehnatkashlarning ishtiroki, fuqaroning xalq oldidagi burchi va mas`uliyati haqida so`z yuritish - bular ommaviy-siyosiy kechalarning bosh mavzularidir.

    Ishlab chiqarishga va texnikaga bag`ishlangan kechalar ilm, fan,
    ekonomika, ishlab chiqarish, texnika yangiliklarini va ularning asosiy masalalarini keng ommaga tanishtiradi. Hozirgi kunda davlatimizning iqtisodiy manbalarini, ishlab chiqarishning sifat va samaradorligini oshirish uchun belgilanayotgan chora-tadbirlar mohiyatini, moddiy-texnika bazasini bunyod etishda yangi texnika va ishlab chiqarish vositalari rolini mehnatkashlarga tushuntirish hamda ularni yangi ishlab chiqarish texnikalari bilan tanishtirish bu kechalarning vazifasidir.

    Adabiy-badiiy mavzularga bag`ishlangan kechalar mehnatkashlarning estetik didini oshirish va madaniy dam olishlari uchun xizmat qiladi, bunda san`at va adabiyotning barcha janrlaridan to`la foydalaniladi, asosan, «illyustratsiyalash» metodi asosida o`tkaziladi. Bunday kechalarning maqsadi mehnatkashlarni badiiy madaniyat yangiliklaridan xabardor qilish, san`at turlari, badiiy adabiyot janrlari va uning xususiyatlari to`g`risidagi tushunchalarni berib, ommaning badiiy didini tarbiyalashdir. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, adabiy-badiiy kechalarda kishilarni qiziqtirgan bilim va informatsiyalarni badiiylashtirib bera olishimiz lozimdir. CHunki badiiylashtirib berilgan axborotning sifati va ta`sirchanligi kuchlidir.

    Harbiy-vatanparvarlik kechalari urush veteranlari, armiyada xizmat qilayotgan soldat va ofitserlar, harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlar bilan tantanali ravishda o`tkaziladigan uchrashuvlarga bag`ishlangan bo`ladi. Kishilarda haqiqiy vatanparvarlik ruhini tarbiyalash uchun bunday kechalarning ahamiyati juda kattadir.

    Fizkul’tura va sportga bag`ishlangan kechalar. Jismoniy baquvvat, sog`lom va go`zal shaxslarni tarbiyalash bu kechalarning asl maqsadidir. Bu borada klubda har xil sport musobaqalarini tashkil etish, sport namoyondalari, mashhur sportchilar bilan uchrashuvlar o`tkazish bu kechalarning ish mazmunini tashkil etadi.



    Klub kechalarining turlari.

    Hayotning takomillashishi, madaniyatimizning taraqqiyoti natijasida klub kechalari mazmunan boyib, shaklan ko`payib bormoqda. «Klub kechalari» haqida to`laroq ma`lumotlarga ega bo`lish uchun ularning turlarini klassifikatsiya qilamiz. Klub kechalarining mazmuni, maqsadi va xususiyatlarini hisobga olib, ularni, asosan, uch turga: uchrashuv va savol-javob kechalari, dam olish kechalari va mavzuli kechalarga bo`lamiz. Bu kechalarning har biriga xarakteristika berish bilan birga, ularni tashkil qilish metodikasiga ham to`xtalamiz.

    Uchrashuv va savol kechalari. Hayotda kishilar bir-birlari bilan uchrashmaydigan, muloqotda bo`lmaydigan soha yo`q. Albatta, har bir uchrashuv jarayoni kishilarning axborot olishi, ma`naviy boyishi uchun sharoit yaratib beradi. Lekin odamlar ko`proq hayotning rivojiga hissa qo`shgan yuksak qobiliyatli, bilim doirasi keng va qiziqarli shaxslar bilan uchrashishni istashadi. Ko`cha-ko`yda, yig`ilishlarda biron mashhur qahramon, ulkan olim, buyuk artist, qobiliyatli yozuvchi paydo bo`lsa, u kishilarning diqqat markazida bo`lib qoladi. Xullas, hayotning rivojida, jamiyatning taraqqiyotida muhim rol’ o`ynaydigan insonlarning hayoti va faoliyati har doim ommani qiziqtirgan. Ular bilan uchrashuvni, muloqotda bo`lishni, fikr almashishni, savol-javob qilishni hamma o`zi uchun sharaf deb bilgan.

    Ommaning shu ehtiyojini hisobga olib, madaniy-ma`rifiy muassasalarda taniqli kishilar bilan maxsus uchrashuvlar o`tkaziladi. Bunday uchrashuvlar uchun eng qo`l keladigan klub shakllaridan biri — kechalardir. CHunki kechalar kishilarning bir-birini yuzma-yuz ko`rib turishi, yaxshi munosabatda va muloqotda bo`lib suhbat qilishi, do`stona fikr almashishi uchun ajoyib qulayliklar yaratib beradi. SHu sharoitlardan foydalanishning o`zi uchrashuv kechalarini vujudga keltiradi va uning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi.

    Uchrashuv kechalarida zamonamizning mashhur kishilari qatnashishi, ularning so`zlarini yaqindan jonli holda eshitish, ular bilan hamsuhbat bo`lish auditoriya diqqatini o`ziga tortadi.

    Uchrashuv kechalarining asosiy maqsadi ishda ishlab chiqarish ilg`orlari hayoti va faoliyatini propaganda qilish, ularning shug`ullanayotgan sohasi bo`yicha ommaning bilimini oshirish, ularning ulkan ishlaridan ibrat olish uchun sharoit yaratib berishdir.

    NAZORAT SAVOLLARI:


    1. Kecha tushunchasi nima?

    2. Axloq, etika va estetika masalalariga bag`ishlangan kechalar qanday?

    3. Ko`p mavzuli savol-javob kechalari qanday tashkil qilingan?

    4. Xronika kechalari deb nimaga aytiladi?

    TAYANCH SO`ZLAR:

    Klub, xronika, klub kechalari.
    MAVZU. OMMABIY BAYRAMLAR MADANIY TADBIR SIFATIDA

    REJA:


    1. Badiiy tashviqot kollektivlarining turlari va ular programmasi janrlari.

    2. Badiiy tashviqot kollektivlarining o`ziga xos xususiyatlari.

    3. Agitteatrlar badiiy-tashviqot brigadalarning mukammallashgan shakli.

    4. Badiiy-tashviqot kollektivlari namoyishlari.

    Badiiy tashviqot kollektivlari (ularni ko`pincha «badiiy agitbrigadalar» ham deyishadi) haqida kengroq tushunchaga ega bo`lish uchun ularning shakllanishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish kerak. Ko`pgina adabiy manbalarda agitbrigadalarning faoliyati dastlab Oktyabr’ revolyutsiyasining birinchi yillaridan boshlangan deb yozilgan. Lekin bu hodisaga chuqurroq nazar tashlasak, ularning tarixi uzoq o`tmishda o`ziga xos ikki chashmadan iborat bo`lganligini ko`ramiz.

    Birinchi chashmani topish uchun xalq ichida zulmga, bosqinchilikka qarshi tashviqot olib borgan ma`rifatparvarlar, xalqchilar (Rossiyada narodniklar), keyinchalik, XIX asr oxirida va XX asr boshlarida CHor hukumatiga qarshi siyosiy tashviqot olib boruvchi revolyutsionerlar faoliyatlariga murojaat qilamiz. CHunki ular (yakka yoki gruppa holda) xalq ichiga kirib nimaga qarshi va qanday kurashmoq kerakligi, bu kurash nimaga olib kelishi haqida omma orasida targ`ibot ishlari olib borganlar.

    Xullas, revolyutsiyagacha maxsus shakllangan «agitrigadalar» nomi bilan yuradigan kollektivlar bo`lmasa-da, xalq ichida yurib, agitatsiya ishlarini olib boruvchi mutafakkirlar, xalqchilar, revolyutsionerlar bo`lgan.

    Ikkinchi chashmani satirik yo`nalishdagi xalq badiiy ijodidan izlasak xato qilmaymiz. Rossiyada «daydi aktyorlar», «skomoroxlar», O`zbekiston territoriyasida esa an`anaviy masxaraboz va qiziqchilar, qo`g`irchoqbozlar o`zlarining kulgili tomoshalarida, o`sha zamon ijtimoiy problemalarini aks ettirib, ekspluatatorlar sinfi nuqsonlarini satira tig`iga olishgan.

    Revolyutsiya arafasida Rossiyaning ko`pgina shaharlarida bo`lganidek, O`zbekistonda ham o`ziga xos ish olib boradigan badiiy kollektivlar vujudga kelgan. Jumladan, Toshkentda «Erk» (Volya) va «Pushkin» nomli jamiyatlar - havaskorlik uyushmalari o`z spektakllari tomoshalarini agitatsiya shaklida tuzib, xalq ichiga haqiqatni, ozodlik uchun kurash bilimlarini tarqatganlar.

    Revolyutsiya davrida va uning birinchi yillarida ko`pchilikni tashkil qilgan savodsiz xalqqa dunyoni larzaga solgan voqealarning mohiyatini tushuntirish lozim edi. Buning uchun tashviqot ishlari yanada qiziqarli, emotsional, ta`sirchan bo`lishi kerak edi. Bu hodisa zamon talabiga binoan, san`atdan agitatsiya vositasi sifatida foydalanishni talab qildi. A. V. Lunacharskiy o`sha paytda: «Har qanday agitatsiyada ham badiiylik elementi bo`lishi shart. Ommani qanchalik badiiy jihatdan qamrab olsak, ularga shunchalik chuqur ta`sir etamiz», - degan edi.

    SHunday qilib, san`at va agitatsiya birlashishi natijasida badiiy agitatsiya va eng avvalo, uning shakllari, ya`ni «miting-kontsert», «lektsiya-kontsert», «jonli gazetalar» kabi har xil agittomoshalar vujudga keldi. SHuningdek, badiiy tashviqot bilan shug`ullanadigan, har xil nom bilan ataladigan maxsus kollektivlar ham tashkil qilina boshlandi.

    Mamlakatimizda 20-yillarning o`rtalarida «Ko`k ko`ylaklilar» («Sinie bluzniki») deb nom olgan agit-badiiy kollektivlar vujudga keldi. Birinchi «Ko`k ko`ylaklilar» Moskva davlat jurnalistlar institutida (GIJ) 1923 yilda tashkil etiladi.

    Bunday kollektivlar O`zbekistonda 1925 yillarda: Toshkentda «Profintero», «Qizil matbuotchi» klublarida, O`rta Osiyo universitetida rus tilida va pedagogika bilim yurtida o`zbek tilida «ko`k ko`ylaklilar» kollektivlari tashkil etila boshlandi.

    Badiiy tashviqot kollektivlarining o`ziga xos xususiyatlari. Hozirgi davrda ittifoqimizda agitbrigadalar faoliyatiga oid rus tilida ko`plab adabiyotlar nashr qilingan. Lekin ular orasida agitbrigadalarning xuusiyatlarini yoritib bergan turlari klassifikatsiya qilingan, ular programmasi janrlariga bag`ishlangan manbalar kam.

    O`zbek tilida respublikamiz mahalliy sharoitida faoliyat olib boradigan badiiy agitbrigadalar haqida adabiyotlarning kamligi hatto ko`p joylarda madaniy-ma`rifiy ishlarning boshqa shakllarini ham «badiiy-agitbrigada» deb nomlashga olib kelgan. Badiiy tashviqot brigadasining mohiyatini va uning o`ziga xos xususiyatlarini tushunmaslik oqibatida ikki noto`g`ri hodisani vujudga keltirmoqda.

    Birinchidan, ko`pincha respublikamizdagi madaniy-ma`rifiy muassasalar, ayniqsa, qishloq klublarida joylarga chiqib kontsert beradigan badiiy havaskorlik kollektivlarini «badiiy agitbrigada» deb hisoblashmoqda va hujjatlarga kiritishmoqda. Buni, albatta, o`z nomi bilan «konkret brigadalari» deb atamoq lozim.

    Agitbrigadalarning asosiy maqsadi — badiiy agitatsiya va propaganda ishlarini olib borish bo`lsa, kontsert brigadalarining asosiy maqsadi — mehnatkashlarga madaniy xizmat qilib, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun ularga muzikali nomerlarni havola qilishdir.

    Ikkinchidan, ma`lumki, ko`pincha «Bilim» jamiyatlari yoki madaniy-oqartuv muassasalari joylarga agitatsiya va propaganda ishlarini olib borish uchun lektorlar gruppasini (yoki lektorning o`zini) yuborishadi. Ba`zan ularning ixtiyoriga avtoklub berib, ular bilan birga kino (badiiy fil’m) yoki bir necha badiiy havaskorlik kollektiv a`zolarini qo`shib yuborishadi. Bunday «qo`shma» va vaqtincha vujudga kelgan gruppani ham «badiiy agitbrigada» deyishadi. Buni esa klub yoki avtoklubning chekka joylar uchun tashkil qilgan kino-lektsiya, lektsiya-kontsert kabi ish shakllariga kiritish mumkin.

    Keltirilgan ikki misolni mutlaqo «badiiy agitbrigada programmasi» deb bo`lmaydi, chunki ularda muntazam ish olib boradigan, mahalliy material asosida badiiy agitpropaganda ishlari bilan shug`ullanadigan badiiy agitbrigadaning o`zi yo`q.

    Xullas, mahalliy sharoitda faoliyat ko`rsatadigan agitbrigadalarning o`ziga xos xususiyatlarini va faoliyatini tushunmasdan, ularning mavjud turlariga va programmalarining janrlariga xarakteristika bermasdan turib, bu borada sistemali va aniq bilimga ega bo`lish qiyin. Ular haqida to`laroq tushunchaga ega bo`lish uchun badiiy tashviqot kollektivlarining asosiy xususiyatlariga to`xtalamiz.

    Eng avvalo, agitbrigadalar faoliyati bu bir tomondan, ideologiya sistemasiga kirgan muassasalar va tashkilotlarning agitatsion-propagandistik ishlarining muhim shaklidir, ikkinchi tomondan, bu badiiy havaskorlar ijodining janridir.

    Badiiy tashviqot brigadalari targ`ibot va tashviqot ishlarini o`ziga xos yo`llar bilan olib boradi. SHuning uchun ham ular o`z faoliyatlarini partiya tashkilotlari olib boradigan agitatsiya va propaganda ishlarining maqsad va vazifalariga bo`ysundirgan holda tashkil qiladilar. Badiiy agitbrigadalar o`z faoliyatini faqatgina og`zaki agitpropaganda orqali olib bormasdan, balki bu ishda san`at vositalaridan foydalanadi. SHuning uchun badiiy tashviqot brigadalari ham ijodiy, ham tashviqot kollektivi sifatida o`ziga xos xizmat qiladi.

    Ma`lumki, badiiy-ijodiy kollektivlarning faoliyatida, ommaviy tadbirlarda ham badiiylik bilan bir qatorda agitatsiya va propaganda elementlari mavjud. Lekin ular agitatsiya va propagandadan hamma vaqt ham to`liq foydalanaverishmaydi. Badiiy agitbrigada faoliyatida esa bu elementlar qonuniy ravishda o`rin tutadi, bu elementlarsiz kollektivni tasavvur qilib bo`lmaydi. Badiiy agitbrigada o`zining agitatsiya-propaganda ishlarini san`at vositalari orqali uzluksiz bog`langan holda olib boradi. SHunday qilib, badiiy agitbrigadaning ikkinchi xususiyati - san`at vositalari orqali agitatsiya olib borishdir.

    Badiiy agitbrigada madaniyat muassasalari qoshida tashkil topgani uchun, eng avvalo, shu muassasalarning muammolari va zarur masalalariga murojaat etib, ular asosida agitatsiya-propaganda ishlarini olib borishi lozim. Bu bilan biz badiiy-agitatsiya brigadasi muhim umumiy ijtimoiy problemalarga murojaat qilmasligi kerak, demoqchi emasmiz. Albatta, ular umumiy muammolarga, ittifoqimizda bo`lib o`tayotgan voqealarga murojaat qilmog`i kerak, lekin ularni albatta mahalliy hayotga bog`lab aks ettirmog`i lozim. SHunday qilib, badiiy agitbrigadaning uchinchi xususiyati - bu mahalliy hayot hamda ishlab chiqarishga oid hujjatli materiallardan foydalanishdir.

    Badiiy tashviqot brigadasining yana bir asosiy xususiyati uning operativligi (tezkorligi)dir. U o`z programmasi mavzusini hozirgi kunning eng muhim, so`nggi yangiliklariga bag`ishlashi kerak. U mahalliy sharoitda, respublikada va ittifoqimizda bo`layotgan yangiliklarga tez va operativ holda murojaat etib, bu yangiliklarni o`z faoliyatida zudlik bilan aks ettirgandagina ta`sirchanligi oshadi.

    Badiiy agitbrigadaning yana bir xususiyati shundan iboratki, u doimiy ravishda ishlab turishi va o`z programmasini muntazam namoyish etib borishi lozim. SHuning uchun ham badiiy agitbrigada o`z faoliyatni doimiy ishlab turadigan havaskorlik uyushmasi shakli olib borishi zarur. SHunday agitbrigadalar ham borki, ularning faoliyati to`garak ishiga o`xshab ketadi, ularda stsenariy yozishga ham, programmani postanovka qilishga (rejissurasiga) ham chetdan mutaxassislar kirishadi. Bunday hodisalar ayrim vaqtlar yaxshi samara beradi. Lekin klublarga chetdan bunday mutaxassislarni har doim ham chaqirib bo`lmaydi. SHuning uchun ko`pgina agitbrigadalar muntazam ish olib borishmaydi. Mamlakatimizdagi eng yaxshi badiiy agitkollektivlar ish tajribasi shuni ko`rsatadiki, qaerda uning doimiy rahbari bo`lsa (klub xodimi yoki jamoatchi havaskor), u butun kollektiv bilan programma tayyorlash jarayonini boshqarsa, hamma muammolarni, asosan, birgalikda hal qiladigan bo`lsa, bu brigada kollektivlashgan uyushmaga aylanib, yaxshi natijalarga erishadi.

    Badiiy tashviqot brigada faoliyati sintetik bo`lgani, repertuari san`atning ko`pchilik vositalaridan tashkil topganligi uchun uning a`zolari «universal» ijodkor bo`lmog`i lozim.

    Asosan, unda notiqlik san`atini mukammal o`zlashtirgan badiiy so`z ustasi, muzika, ashula, raqs, pantomima biladigan, qolaversa, tsirk san`atidan xabardor bo`lgan kishilar qatnashmog`i lozim.

    Badiiy agitbrigada o`z programmasini ma`lum vaqtda, mavsumda faqatgina o`zi ishlab turgan mazkur muassasa ish olib boradigan joylardagina emas, balki boshqa aholi punktlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, dala shiyponlarida ko`rsatadi. SHuning uchun u o`z programmasini tomosha ko`rsatilayotgan joyning xususiyatiga, aholining shug`ullanadigan ishiga va qiziqishiga qarab o`zgartira olishi kerak.

    Badiiy tashviqot brigadalari ko`pincha ikki xil (umumiy va konkret mavzularga oid) programmalar tayyorlashadi. Umumiy programmani asosiy masalalarga bag`ishlab, hamma joylarda ko`rsatish mumkin. Masalan, klub muassasasi xizmat qiladigan joyda paxtakorlar, chorvadorlar, o`qituvchilar va boshqa kasbdagi kishilar yashasa, badiiy agibrigadaning programmasi ularning hayoti, mehnatiga bag`ishlanishi, hamma uchun qiziqarli bo`lishi lozim.

    Konkret programma esa aholining ma`lum qismini hisobga olib, faqat ular uchun tashkil etiladi. Masalan, bu xildagi programma faqat bir sohadagi yoki kasbdagi kishilar uchun, ularning ishini ulug`laydigan, ilg`or ish tajribasini propaganda qiladigan va kamchiliklarini tanqid etadigan qilib tayyorlanadi. Bunday programmalarni boshqa qo`shni regionlarda ham shu soha kishilari uchun bemalol ko`rsataverish mumkin.

    Badiiy tashviqot brigadalarining faoliyati ularning katta-kichikligiga, qaysi turga mansub ekanligiga va ular tayyorlaydigan programmalarning janriga bog`liq.

    Badiiy tashviqot kollektivlarining turlari va ular programmasining janrlari.

    Badiiy tashviqot kollektivlarining ikki turi mavjud: 1) Badiiy tashviqot brigadalari. 2) Agitteatrlar. Bular ichida eng keng tarqalgani badiiy tashviqot brigadasi bo`lgani uchun, ko`pincha agitteatrlarni ham uning nomi bilan atashadi.

    1. Badiiy tashviqot brigadasi muntazam ishlab, hozirgi kunning eng aktual masalalarga oid programma tayyorlovchi (stsenariy yozib, postanovka qiluvchi) va uni aholiga ko`rsatadigan ijodiy kollektivdir. Badiiy tashviqot brigadasi programmasida tashviqot-targ`ibot mazmuni badiiy shaklda ommaga etkaziladi. Buning uchun, birinchidan, notiqning so`zlari badiiy elementlar bilan chatishib ketmog`i lozim. Masalan, programmada notiq so`zidan keyin u gapirgan kamchiliklarga doir hajviy qo`shiq, intermediya ijro etilishi maqsadga muvofiqdir.

    Ikkinchidan, badiiy namerlarning o`zida ham tashviqot mazmuni bo`lishi kerak. Masalan, badiiy agitbrigada ijro etadigan lapar, pantomimalar, dramatik lavhalar mazmunida hayotdagi yutuq va kamchiliklarga doir badiiy shaklda fikr bo`ladi. Tomoshabinlarni yaxshidan o`rnak olishga, yomonga qarshi kurashishga chorlaydi.

    Eng muhimi, bu ikki yo`ldan qay tarzda foydalanishdan qat`iy nazar, badiiy tashviqot brigadasining programmasidagi og`zaki nutqlar, badiiy nomerlar va ta`sirchan vositalarning barchasi yagona mavzu syujetiga bog`lanib ketmog`i lozim.

    2. Agitteatrlar - bu badiiy tashviqot brigadalarining mukammallashgan shaklidir. Uning programmalari agitspektakllardan iborat bo`ladi. Agitspektakllar taxminan bir-bir yarim, ba`zan ikki soat vaqtga mo`ljallanadi. Agitspektakllarda, albatta, yagona badiiy-tematik syujet, obrazlar (yoki asar qahramonlari), kompozitsion tuzilishi (muqaddima, tugun, voqealar rivoji, kul’minatsion nuqta va final) bo`lmog`i lozim. U, asosan badiiy havaskorlik teatr spektakllariga o`xshab ketsa-da, lekin ulardan hujjatliligi, mahalliy voqealarni aks ettirishi, foydalanadigan badiiy-emotsional vositalarga boyligi, shartlilikning ko`pligi, eng muhimi, yorqin agitatsion xarakteri bilan farq qiladi.

    Agitteatr, badiiy agitkollektivlarning yuqori shakli bo`lgani uchun uning programmalari g`oyaviyligi, badiiyligi va mahalliy hayotni hujjatli aks ettirishi jihatidan yuqori darajada bo`lmog`i lozim.

    Xullas, badiiy agitkollektivlar bu - muntazam va doimiy faoliyat ko`rsatadigan ijodiy uyushma bo`lib, uning ishtirokchilari boshqaruvchilar, havaskor aktyorlar, xonandalar, badiiy so`z ustalari, muzikachilar raqqosalar va original janr boshqaruvchilaridan tashkil topib, tashviqot va tarbiya ishlarini badiiy-hujjatli vositalar orqali amalga oshiradi.



    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati

    Download 0,63 Mb.