Tarbiyaviy metodlar. Badiiy-ommaviy tadbirlar - bu, eng avvalo, tarbiyaviy jarayon bo`lgani uchun ularda pedagogikaga oid tarbiyaviy metodlardan foydalanish qonuniydir. Lekin bu ularni to`g`ridan-to`g`ri, ko`r-ko`rona qo`llash, degan gap emas. Tarbiyaviy metodlar, ya`ni ishontirish, namuna ko`rsatish, taqdirlash, tanqid qilish kabilardan madaniy-ommaviy tadbirlarda o`ziga xos yo`llar bilan foydalaniladi.
Ishontirish metodining asosiy vazifasi auditoriyaga ta`sir ko`rsatishdir. Buning uchun tadbirning mazmunini ishonarli, haqqoniy qilib tuzish kerak. Omma tashkilotchilarning fikriga qo`shila olmasa, berilgan ma`lumotlarga ishonmasa, u holda tadbirning maqsadi amalga oshmaydi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun tadbirda xujjatlar, faktlar, ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, siyosiy arboblar va olimlarning fikrlari hamda statistik ma`lumotlardan foydalanish kerak. Ular haqqoniy, mantiqli, ishonarli va qiziqarli shaklda aks ettirilmog`i kerak.
Tadbir mazmuni ishonarli bo`lishi uchun uni abstrakt (umumiylashtirilgan) badiiy to`qima asosida vujudga keltirmasdan, balki real hayotda bo`lib yotgan haqqoniy va hujjatli materiallar asosida tuzish lozimdir.
Taqdirlash metodi. Jamiyatda har bir kishi, har bir kollektiv mehnatiga yarasha ham moddiy, ham ma`naviy taqdirlanadi. Madaniy-ommaviy tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, ular mehnatkashlarning faoliyati natijasida erishilgan g`alabani nishonlaydi. Ularni ma`naviy taqdirlaydi.
Tadbirlarda mehnat g`oliblarini faxriy yorliqlar, maqtov qog`ozlari bilan mukofotlash va ko`chma bayroqlar bilan taqdirlash, ularni o`z mehnatidan manfaatdor bo`lishga, yanada yaxshiroq ishlashga, xalqqa halol xizmat qilishga undaydi.
Tanqid qilish metodi. Pedagogikada bu metod jazolash deb ham yuritiladi. Jazolash metodi ko`proq muntazam ishlaydigan kollektivlarda: o`quv yurtida, ishlab chiqarishda qo`llanadi. Madaniy-ommaviy tadbirlar vaqtincha yig`ilgan auditoriya bo`lgani uchun unda tanqid qilish metodidan o`ziga xos yo`l bilan foydalaniladi.
Tadbirlarda faqat ilg`or mehnatkashlarning faoliyatini targ`ib qilish bilan bir qatorda, kollektivni orqaga tortadigan shaxslarga qarshi kurashiladi. Tanqid ob`ektiga hayotning rivojiga xalaqit beruvchi barcha «salbiy qahramonlar» kirishi mumkin. Dangasalar, ichkilikbozlar, byurokratlar, ig`vogarlar, poraxo`rlar, egoistlar, meshchanlar va hokazolarnnng tadbirlarda satira va yumor orqali tanqid qilinishi, ularning omma o`rtasida fosh etilishi, birinchidan, ularni o`zi haqida chuqur o`ylashga olib keladi, ikkinchidan, xalqni bunday shaxslarga qarshi kurashishga undaydi.
Ma`rifiy metodlar. Madaniy-ommaviy tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri ommaga yangi axborot va bilim berishdan iboratdir. Bu jarayonda ham pedagogikadagi ma`rifiy metodlardan ijodiy foydalanish katta samara beradi. Tadbirlarda keng qo`llanilishi mumkin bo`lgan ma`rifiy metodlar – bu bayon etish va namoyish qilishdir.
Bayon etish metodi. Bu metodning asosiy maqsadi shundan iboratki, u tadbirning g`oyasi, mazmuni, axborot va faktlarini auditoriyaga jonli so`z orqali bayon qilish shaklida etkazib beradi. Ommaviy tadbirlar tarkibida ko`pincha shunday faktlar va ma`lumotlar bo`ladiki, ular albatta batafsil tushuntirishni talab qiladi. Xuddi shunday daqiqalarda bayon etish metodi katta yordam beradi. Bu metod yordamida ma`lumotlarning mohiyati ochiladi, xususiyatlari yoritiladi va to`liq bilim beriladi. Bayon qilish metodi, ayniqsa, og`zaki jurnallarda, tematik kechalarda ko`proq qo`llaniladi.
Namoyish qilish metodi. Bu metod tadbir mazmunidagi voqealarshshg obrazli tasvirini ko`rgazmali shaklda auditoriyaga etkazishga yordam beradi. Bunda barcha ma`lumotlar obrazli kuzatish (ko`rish) orqali qabul qilinadi. Namoyish qilish metodi, asosan, ta`sirchan vositalar orqali bajarilib, unda voqealar yoki kecha qahramonlarining hayotiga oid ma`lumotlar hujjatli, real aks ettiriladi. Masalan, portret kechasida ma`lum kishining hayoti va mehnati suratlar, fil’mlar, hujjatlar orqali ko`rgazmali namoyish qilinadi. Bu esa berilgan ma`lumotlarni emotsional-obrazli idrok etishga yordam beradi va ular haqidagi taassurotlarni uzoq vaqt esda saqlab qolishga imkon beradi. «YUz marta eshitgandan bir marta ko`rgan yaxshi», degan maqol namoyish qilish metodi uchun shior bo`la oladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Namuna metodi deganda nimani tushunasiz?
Ma`rifiy metod deganda nimani tushunasiz?
Metod qaysi so`zdan olingan?
Eng ko`p qo`llaniladigan metodlar?
TAYANCH SO`ZLAR:
Metodlar, namuna metodi, ma`rifiy metod.
MAVZU. MADANIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOSLIGI
REJA:
Badiiy-ommaviy tadbirlarni g`oyaviy emotsional vositalari.
Vositani kishilarga ta`siri.
Matbuot vositalari.
Texnik vositalar.
Badiiy-ommaviy tadbirlarni g`oyaviy emotsional vositalarsiz aslo tasavvur qilib bo`lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo`lmaganidek, vositalarsiz tadbirni tashkil qilib bo`lmaydi. Agar imorat tsement, yog`och, mix, oyna va shunga o`xshash materiallar asosida vujudga kelsa, madaniy-ommaviy tadbirlarni ham o`ziga xos so`z, san`at va texnik vositalarsiz tashkil qilib bo`lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy komponentlari va mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.
Vosita deganda, kishilarning hissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga ta`sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi g`oyaviy-hissiy qurollar, asbob-uskunalarni tushunamiz.
Badiiy-ommaviy tadbirlarda qo`llaniladigan vositalarning diapazoni juda keng va ularning soni ko`pdir. Tadbirlarda jonli so`z, matbuot, ko`rgazmali qurollar, adabiyot va san`at, har xil texnik apparatlar kabi vositalardan keng foydalanamiz. Bular esa har qanday tadbirning sermazmun va qiziqarli bo`lishini ta`minlaydi.
Tashkilotchilar klub muassasalaridagi ta`sirchan vositalarning imkoniyatlarini yaxshi bilishlari va ularning imkoniyatlaridan to`la foydalanishlari lozim. Diqqatimizni yana Hamza Hakimzodaning madaniy-oqartuv ishlar sohasidagi tajribasiga qaratamiz. U birgina badiiy-propagandistik tadbirda xilma-xil san`at ko`rinishlari va ta`sirchan vositalarni ko`plab umumlashtira olgan.
Tadbirning g`oyaviy va emotsional-obrazli kuchini oshiradigan, ommaning qiziqishini orttiradigan vositalardan samarali foydalanish - bu tashkilotchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Badiiy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi mavjud bo`lgan barcha ta`sirchan vositalardan yaxshi xabardor bo`libgina qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanish metodikasini ham bilmog`i lozimdir.
Quyida badiiy-ommaviy tadbirlarda foydalanish mumkin bo`lgan asosiy vositalarga xarakteristika berib o`tamiz:
Jonli so`z. Asosiy ta`sirchan vositalardan biri - bu jonli so`zdir. (U ba`zi hollarda «og`zaki so`z» deb ham yuritiladi.) Jonli so`z klub ishi shakllarining hammasida eng asosiy vosita sifatida qo`llanilib, o`zgarmas komponent sifatida xizmat qiladi. Badiiy-ommaviy tadbirlarda jonli so`z faqatgina mazmunni yoritishda xizmat qilmasdan, balki syujet bilan ommaviy harakatlarni ham bir-biriga uyg`unlashtirib boradi. Aynan jonli so`z voqea ma`nosini tomoshabinga etkazadi, bir epizodni ikkinchisiga bog`laydi, boshqaruvchining auditoriya bilan muloqotda bo`lishi uchun sharoit yaratadi. Jonli so`zning yana bir afzallik tomoni shundaki, ba`zan fikrni hech qanday ta`sirchan vosita tomoshabinga etkazib bera olmaydigan daqiqalarda, jonli so`z yordamga keladi.
Ommaviy tadbirlarda boshqaruvchi so`zi asosiy o`rinni egallaydi, ba`zi hollarda esa u kechaning boshidan to oxirigacha etakchi vosita sifatida qo`llaniladi. U kirish so`zi (monolog) shaklida yoki muqaddima sifatida yaxshi xizmat qilishi mumkin. Tadbir davomida esa boshqaruvchi, komentatorga, hikoyachiga yoki interv’yu beruvchiga aylanib, jonli so`zdan foydalanadi. Tadbirlarda jonli so`zdan foydalanish imkoniyatlari juda ko`p.
Jonli so`z boshqaruvchining gapidan tashqari, tadbir qahramonining nutqi yoki undagi qatnashchining so`zi, kecha qahramoniga atalgan tabrik yoki kollektivning mehnat raporti, sotsialistik majburiyatlari bo`lishi mumkin.
Ta`sirchan vositalardan biri badiiy so`zdir. Badiiy so`z aytilmoqchi bo`lgan fikrni badiiy-emotsional tarzda etkazib berishga xizmat qiladi. Klub kechalarida badiiy so`zning she`r o`qish, prozaik va she`riy monologlar, juft yoki ko`pchilik tomonidan o`qiladigan deklamatsiyalar kabi turlaridan keng foydalaniladi.
Badiiy o`qish boshqa materiallar bilan bir vaqtda ijro etilishi mumkin. Masalan, she`r o`qilayotgan bir vaqtda she`rning ma`nosiga mos keladigan kino parchalar ko`rsatilishi mumkin. Masalan, «O`zbekiston qardosh respublikalar oilasida» nomli tematik kechada «O`zbekiston — oq oltin o`lkasi» epizodini olaylik. Bunda ekranda M. Qayumovning «Bahordan bahorgacha» nomli kinofil’midan lavha ko`rsatiladi. Xuddi shu kadr ko`rsatilayotgan vaqtda boshqaruvchi O`zbekiston paxtakorlari haqida, ularning mehnat muvaffaqiyatlari haqida she`r o`qiydi. Bu bilan kechaning g`oyaviy-emotsional ta`siri oshishiga erishiladi.
Badiiy so`zni vujudga keltirish uchun badiiy asarlardan namunalar keltirishning o`zi kamlik qiladi. YOzma she`r – yozma badiiy so`zdir. Uni jonli badiiy so`zga aylantirib, ijro etish uchun ijrochining she`rdagi fikriga munosabati, ruhiy kechinmalari, his-hayajoni talab qilinadi. Aks holda she`rning oddiy, jonli so`zdan farqi qolmaydi. YAna shuni unutmaslik kerakki, chuqur anglash, fikrning tub mazmuniga etib, his-hayajon bilan aytilgan har bir jonli so`z badiiy so`zga aylanib ketishi mumkin. Agar «1941» degan iborani shunday aytib o`tib ketsak, u quruq raqamning o`zi bo`lib qoladi. Lekin, ko`z oldimizga urushning boshlanishini keltirib, dahshatli voqealarni his qilib, mantiq talab qiladigan g`amli kayfiyatda, ma`noli «Ming to`qqiz yuz qirq bir...» desak, bu raqam badiiy-dramatik so`zga aylanadi va ommaga badiiy-emotsional ta`sir etadi.
SHunday qilib, oddiy so`z badiiy so`zga aylanib ketishi uchun undagi fikriy mantiq his qilinib, ijro etilishi kerak.
Matbuot vositalari. Ma`lumki, madaniy-ommaviy tadbirlarga aholi yangi, ularga hali ma`lum bo`lmagan va qiziqarli voqealardan xabardor bo`lish uchun ham keladi. Bu ishda matbuot vositalri, yangi gazetalar, jurnallar va ayniqsa, kitoblar bitmas-tuganmas manba bo`lishi mumkin. Matbuot eng asosiy axborot tarqatuvchi va saqlovchi vositadir. SHunday ekan, tashkilotchilar tadbirning mazmunini boyitish uchun ularga har doim murojaat qilmog`i lozim. eng aktiv o`quvchi ham matbuotdagi hamma axborotlarni o`zlashtira olmaydi. SHu boisdan tadbirda ko`proq tomoshabinlarning nazariga tushmagan materiallardan foydalanishga harakat qilish kerak.
Tadbir tashkilotchilari kerak bo`lsa, kutubxonalarga borib 20-yillardagi yoki Ulug` Vatan urushi davridagi informatsiyalarni o`sha davr jurnal va gazetalardan yig`ishi va ulardan mohirona foydalanishi kerak.
Fundamental bilimlar kerak bo`lsa, entsiklopediyalarga, spravochnik va lug`atlarga murojaat qilish lozim. Ilmiy adabiyotlar, monografiyalardan tadbirlar uchun muhim materiallar olish mumkin.
SHuni unutmaslik kerakki, umumiy to`qima gaplar bilan aholini hech qachon qiziqtirib bo`lmaydi. Buning uchun ma`lum ma`noda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, matbuot materiallari yordamida tadbir mazmunini tashkil qiladigan axborotlar to`plashga va ulardan foydalanishga harakat qilmoq kerak. Masalan, Toshkentning 2000 yilligiga bag`ishlangan tadbirda yangi so`z aytish uchun kitoblardagi tarixiy manbalarga, revolyutsiyadan oldingi va keyingi yillarda chiqqan gazeta va jurnal materiallariga murojaat qilib, kerakli axborotlar yig`iladi.
Muzika. Madaniy-ommaviy tadbirlarda muzika ham etakchi o`rinlardan birini egallaydi. Odatda, tadbirlar uchun kompozitorlarning tayyor kuylaridan foydalaniladi. Tadbirlarda muzikadan ikki xil variantda foydalanish mumkin:
Tadbirlarning alohida nomeri sifatida.
Tadbirlarda aks etayotgan voqealarning ta`sirini oshirish uchun qo`shimcha vosita (muzikaviy fon) sifatida.
Birinchi variantda badiiy havaskorlik kollektivlarining tayyor yoki maxsus tayyorlangan nomeridan foydalaniladi. Ko`pincha muzika yoki qo`shiq tadbirlarda maxsus nomer sifatida qo`llanadi. Bunday paytda nomer tadbir mazmuni va mavzuiga mos ravishda epizodning tarkibiy qismiga aylanib ketmog`i kerak.
Masalan, xotin-qizlar bayramiga bag`ishlangan tadbirlarda onalar tantanali ravishda sahnaga taklif qilingandan so`ng «Onajonlar, assalom!» qo`shig`i ijro etiladi. Qo`shiq tugashi bilan boshqaruvchilar onalar haqida allomalar so`zlaridan namunalar o`qishadi. Bu qo`shiq alohida nomer sifatida foydalanilganligi uchun tadbir epizodining mavzusiga to`g`ri keladigan tarkibiy qismga aylanib ketadi.
Ikkinchi variantda esa muzika kechaning g`oyaviy mazmuniga qarab tanlanadi va magnitofon orqali «Fon» sifatida beriladi. Masalan, g`alaba kuniga bag`ishlangan «So`nmas u kunlar shuhrati» teatrlashtirilgan tomoshada paxtazorda mehnat qilayotgan dehqonlarga kolxoz raisining urush boshlangani haqida xabar olib kelishi hamda voqeaning ta`sirini oshirish maqsadida SHostakovichning «7-simfoniya»si magnitofon orqali ijro etiladi.
Muzikadan foydalanishning mazkur varianti tadbirlarda juda keng qo`llanilib, she`r o`qilayotganda ham, kinolavhalar ko`rsatilayotganda ham, dramatik parchalar ijro etilayotganda ham bu vositalarning ta`sirchanligini oshirish maqsadida xizmat qiladi. Muzika, asosan, tadbir ta`sirini kuchaytiruvchi vosita sifatida ham ishlatilib, aytilayotgan fikrning nozik kechinmalarini ommaga etkazib berishga xizmat qiladi. Tadbir mazmuniga qarab, muzikali chiqishlardan, muzikali antraktlardan va muzikali yakunlashlardan foydalanish mumkin
Dramatik parchalar. San`atning bu turi boshqa badiiy asarlardan farq qilib, unda g`oyalar kurashi, qarama-qarshi konfliktlar yorqinroq, oydinroq yoritiladi. SHuning uchun teatrlashtirilgan tadbirlarda mazmun rivojiga qarab, dramatik parchalardan keng foydalaniladi.
Tadbirlarda dramatik parchalardan foydalanishning ikki xil usuli bor: 1. Tayyor asarlardan olingan parchalar. 2. Stsenaristning o`zi tadbir uchun maxsus yozgan dramatik epizodlar.
Teatrlashtirishda faqatgina p’esalardan parchalar olinishi bilan kifoyalanib qolmasdan, kecha yo`nalishiga qarab, badiiy adabiyotlardan ham parchalar olinadi.
Dramatik parchalardan foydalanishning ikkinchi usuli ham keyingi paytda juda ko`p qo`llanilmoqda. Tadbirning asosiy fazilatlaridan biri mahalliy voqealarni aks ettirish bo`lgani uchun, stsenariy avtorlari joylarda bo`layotgan (yoki bo`lishi mumkin bo`lgan) voqealarni kichik dramatik lavha shakliga keltirib, undan samarali foydalanmoqda.
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, qishloq aholisida klub kechalariga bo`lgan qiziqishning sabablaridan biri - bu mahalliy faktlarni, voqealarni instsenirovka shaklida ko`rsatishdir. Ayniqsa, mahalliy voqealar asosida yozilgan intermediyalar aholiga manzur bo`lmoqda. Stsenariyda mahalliy hayotni aks ettiradigan dramatik epizoddan foydalanish uchun yoritilayotgan voqea yoki hodisani chuqur o`rganmoq kerak. Unda qahramonning mehnat faoliyati, qiyinchiliklari va ularning kelib chiqish sabablari to`la yoritilsin. Bunday epizodlarni havaskorlik teatri kollektivi qatnashchilari ijro etishsa, kecha qahramonining o`ziga ham, u bilan birga ishlaydigan kollektiv a`zolariga ham qiziqarli bo`ladi.
SHuni unutmaslik kerakki, barcha sahna asarlaridan, p’esalardan olingan dramatik parchalar yoki badiiy adabiyotlar asosida qilingan kichik instsenirovkalar yoki maxsus stsenariy uchun yozilgan lavhalardan foydalanish – tadbir mazmunining rivojiga «yordam bermog`i kerak.
Kinolavha. Kinolavha badiiy yoki hujjatli fil’mlardan olinib, tadbir tashkilotchilariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Kinoning (ayniqsa, hujjatli fil’mlarning) «sehrli kuchi» shundan iboratki, u bo`lib o`tgan voqealarni haqqoniy tasvirlaydi va jonli aks ettirad. U tarixiy voqealarning guvohi sifatida xizmat qiladi. Ma`lumki, kinosan`atkorlar tomonidan ko`pgina tarixiy voqealar suratga olingan. Ulardan foydalanish tadbirlarning mazmunini boyitadi, voqelikning haqqoniy obrazini ko`rgazmali gavdalantiradi. Asosan, kinofragmentlardan foydalanish tadbir stsenariysi yozilayotganda planlashtiriladi va shu asosda kinolavhalar tanlanadi. Ko`pgina tadbirlarda fil’mlardan olingan lavhalarning o`zi yaxlit bir zpizodni tashkil qilishi mumkin. Ba`zida kinolavhalar boshqa vositalar, ya`ni kinofragmentlar mazmuniga mos keladigai jonli va badiiy so`z, qo`shiqlar bilan parallel aks ettiriladi. Masalan, nemis fashistlari ustidan qozonilgan g`alabaning yilliklariga bag`ishlangan tadbirlarning final qismida «Xaloskorlik» («Osvobojdenie») fil’mining oxirgi seriyasidagi Reyxstagni qamal qilish epizodining ko`rsatilishi bilan parallel ravishda D. Tuxmanovning «G`alaba kuni» («Den’ pobedi») ashulasi magnitofon orqali eshittirilishi mumkin. Bu usul, albatta, tadbir final qismining ta`sirchanligini oshiradi.
Madaniy-ommaviy tadbirlarda kinofragmentlardan foydalanishning «assotsiatsiya» usulini qo`llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ko`pincha shunday hodisa vujudga keladiki, tashkilotchilar tadbir epizodining syujetiga aynan va bevosita mos keladigan kinolavha topisholmaydi. Bunday vaqtda epizod mazmuni bilan bog`lanib ketishi mumkin bo`lgan kinolavha tanlanadi. Masalan: «Onalar tinchlik uchun kurashda» nomli kechada ona o`g`lining o`limi haqida xat oladi. Bu psixologik holatda ona o`g`li bilan oxirgi uchrashuvini eslaydi. Xuddi shu paytda ekranda «Soldat haqida ballada» fil’midan parcha - onaning o`g`li Alyosha bilan oxirgi uchrashuvi lavhasi ko`rsatiladi. Ijodkorlikni talab qiladigan bu usul kinolavhalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi, tadbirni boyitadi.
Tadbirning g`oyaviy tuzilishida ta`sirchan vositalar, albatta ishtirok etishi kerak. Ta`sirchan vositalardan foydalanish esa tashkilotchilardan boy va ijodiy fantaziyani talab qiladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Jonli so`z nima?
Badiiy so`z deganda nimani tushunasiz?
Badiiy-ommaviy tadbirlarda muzikaning o`rni.
Badiiy-ommaviy tadbirlarda kinofragmentlardan foydalanish usuli.
MAVZU. MADANIY TADBIRLARNI IJTIMOIY XAYOTDA TUTGAN O’RNI
REJA:
Xalq ijodi durdonalari.
Xalq muzika fol’klori.
Xalq raqs san`ati.
Xalq teatr san`ati.
Dorbozlik, nayzabozlik san`ati.
Xalq ijodi zamonaviy san`atning bitmas-tuganmas chashmasi hisoblanadi.
Xalq ijodi mehnatkash xalq yaratgan omma orasida keng tarqalib, og`izdan-og`izga, ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga o`tib, tobora takomillashib. sayqal topib, taraqqiy etgan ijod mahsulidir. Unda «xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmush, tabiat to`g`risidagi tushunchalari, madaniyati, e`tiqodi, orzu-istaklari va ideallari, poetik fantaziyasi, his-tuyg`ulari va tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi o`ylari o`z ifodasini topadi».
Xalq ijodining durdonalari mehnatkash ommaning qobiliyatli vakillari tomonidan ijod etiladi. Og`izdan-og`izga ko`chib, boshqalar ham bu asarlarni ijro qiladilar, uning boyib borishiga o`z hissalarini qo`shadilar, takomillashtiradilar, boshqa variantlarini yaratadilar. SHunday qilib, xalq ijodining yaxshi namunalari o`lmas an`anaga aylanadi.
O`zaro chambarchas bog`liq bo`lgan xalq ijodini mutaxassislar shartli ravishda quyidagi turlarga bo`linadi: xalq og`zaki (poetik) ijodi, xalq (fol’klor) muzikasi, xalq teatri, xalq raqsi, xalq tasviriy va amaliy bezak san`ati. Keyingi vaqtda klub faoliyatida xalq ijodiga murojaat qilish va ulardan foydalanish muhim axamiyat kasb etmoqda. Darxaqiqat, ommaviy tadbirlarning ta`sirchanligini oshirishda, ularni «serjilo bezaklar» va «rang»lar bilan bezashda, milliy kolorit berishda xalq ijodi bebaho manba sifatida xizmat qilmoqda.
SHu sababli, biz quyida xalq ijodining asosiy turlariga qisqacha xarakteristika berishga va ularni klub ommaviy tadbirlari bilan bog`liq bo`lgan ba`zi masalalariga to`xtalamiz.
Xalq og`zaki ijodi insoi nutqi asosida vujudga keladigan ijod mahsulidir.
Mazmun (g`oya), badiiylik (obrazlilik) jihatdai kuchli bo`lgan nutqning namunalari og`izdan-og`izga o`tib, ko`pchilik orasida tarqalib, xalq og`zaki ijodiga aylanadi. Ular omma o`rtasida qayta-qayta sayqal topib, muayyan bir xususiyatga ega bo`lgan janrlarga aylanib bordi. CHunonchi, xalq og`zaki ijodiga maqollar, topishmoqlar, afsona va rivoyatlar, latifa va loflar, ertaklar va dostonlar, askiya va og`zaki drama kabi janrlar kiradi.
Xususan, badiiy-ommaviy tadbirlarda xalq og`zaki ijodi janrlaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. CHunonchi, deyarli barcha stsenariyda «so`z ko`rki - maqol»dan, xalq donishmandligi hisoblangan afsona va rivoyatlardan foydalanish tadbir «tili»ni boyitadi, ta`sirchanligini oshiradi. Latifa, lof va askiya tadbirlarning qiziqarliligini yanada oshiradi, mazmunini mustahkamlaydi, tomoshabinlarni aktivlashtiradi. Topishmoqlar tadbir ijrochilari va auditoriya o`rtasida «jonli» aloqa o`rnatishga yaxshi imkon yaratadi. Ayniqsa, bolalar uchun tayyorlangan tadbirlarda ertak va dostonlar qahramonlari ularni g`oyaviy-estetik tarbiyalashda muhim rolni bajaradilar. Masalan, Alpomish, Go`ro`g`li, Zumrad, Kenja botir, Malikai Husniobod singari obrazlar yoshlarning sevimli qahramonlari sifatida asrlar osha hozirgacha etib kelgan.
Badiiy-ommaviy tadbirlarda xalq og`zaki ijodining betakror, ayni chog`da, olam-olam mazmun kasb etuvchi maqollari, aforizmlari, naql va iboralari stsenariya mohiyatining yanada chuqurlashuvi, tadbir kuchining o`tkirlashuvini ta`minlashda xizmat qiladi.
Respublikamizning ayrim madaniyat uylari, joylardagi qishloq klublarida tashkil qilinayotgan badiiy-ommaviy tadbirlar xalq og`zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanishlari tufayli xalq o`rtasida katta obro` topmoqdalar.
NAZORAT SAVOLLARI:
Respublikamizda badiiy havaskorlik ijodining rivojlangan janri?
Xalq teatrining asosiy turlari?
Xalq og`zaki ijodi qanday vujudga keladi?
O`zbek an`anaviy xalq teatrining turlari?
MAVZU. MADANIY TADBIRLAR DRAMATURGIYASI
REJA:
Askiya – ijodning badiiy shaklidir.
Askiyani insonlarga ta`siri.
Askiya tarixi.
Askiya piri kim?
Askiyaning shakllari.
O`zbek xalqining qadim zamonlardan o`ziga xos, mazmundor, shaklan go`zal, ko`p qirrali, boy madaniyat, urf-odat va san`atga ega ekanligi ma`lum. Ularning orasida askiya - eng sevimli, ta`sirchan va katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan san`at turlaridan biridir. Askiya - bu ijtimoiy ahamiyatga ham ega bo`lib, halqning hayot mazmunini, mehnat va madaniyatini, kishilar o`rtasidagi munosabatlarni, qarama-qarshiliklarni, shuningdek, kishilardagi dunyoqarashni o`zida aks ettiradigan o`zbek san`atining an`anaviy hajviy janridir.
Askiya – eng avvalo, hajviy xarakterga ega bo`lib, original ijodiy janrdir. CHunki u inson tafakkurining hozirjavobligini, zehni, fikrining mantiqiyligini o`zida yaqqol ifoda etadi.
Askiya - ijodning badiiy shaklidir. CHunki uning negizida nutq madaniyati, til boyligi, badiiy-obrazli talqin etiladigan mazmun - tema (payrov), g`oya, voqealar xarakteri o`z o`rnini topadi.
SHunday ekan, aytish mumkinki, askiya ijtimoiy hayotni o`zida aks ettiradigan, badiiy ijodining original shaklidir.
Bulardai tashqari, askiya - inson sog`ligi, kayfiyati uchun ham eng ta`sirchan «dori»dir.
Xalqimizning «Bir marta dildan kulgan kishining umri bir kunga uzayadi» deyishi bejiz emas, albatta. Joylarda soatlab, ba`zan esa butun oqshom davom etadigan kulgi-askiya kechalarining kishi salomatligiga nechog`lik foyda keltirishini tasavvur etishning o`zi kifoya.
Askiya – mazmunga boy bo`lgan eng qiziqarli dam olish shakllaridan biridir. CHunki u kishilarning mehnatdan bo`sh vaqtida, bayramlarda, sayillarda, to`ylarda va boshqa xalq yig`inlarida ijro etiladi. Askiya va kulgi kechalari bo`lib o`tadigan joylarda xalq ko`p yig`iladi. Masalan, Toshkentdagi A. S. Pushkin nomli madaniyat va istirohat bog`ida askiya bo`lgan kuni tomoshabinlar nihoyatda ko`p bo`ladi. Andijon shahar parkida esa ochiq maydonlar u yoqda tursin, daraxtlarning ustida ham bo`sh joy qolmaydi. Bu askiyaga bo`lgan xalqning qiziqishidan, uning ta`sirchanligi, samarasi kuchli ekanligidan dalolat beradi. SHuning uchun ham askiyadan foydalanish yo`llarini izlash muhim masaladir.
|