• TAYANCH SO`ZLAR
  • NAZORAT SAVOLLARI
  • MAVZU. TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALAR
  • Ochiq maydondagi ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar
  • MAVZU. OMMAVIY BAYRAMLAR
  • Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati




    Download 0,63 Mb.
    bet5/7
    Sana26.12.2019
    Hajmi0,63 Mb.
    #5362
    1   2   3   4   5   6   7

    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Badiiy-tashviqot kollektivlarining namoyishi qanday?

    2. Badiiy-tashviqot bilan shug`ullanadigan qanday kollektivlar mavjud?

    3. Badiiy-tashviqot kollektivlari necha turga bo`linadi?

    4. Badiiy-tashviqot brigadalarining mukammallashgan shakli qanday?


    TAYANCH SO`ZLAR:

    Badiiy-tashviqot kollektivlari, tashviqot, brigada.


    MAVZU. DISKOKLUB PROGRAMMALARI.

    REJA:


    1. O`zbekistonda diskotekalarning vujudga kelishi va rivojlanishi.

    2. Diskoklublarning programmasini tashkil qilish metodikasi.

    3. Diskoklub programmalarining turlari.

    4. Teatrlashtirilgan o`yinli diskotekalar.

    CHet ellarda va respublikamizda yaqin yillarda vujudga kelib, yoshlar o`rtasida eng modaga kirgan shakl – «diskoteka» yoki «diskoklublar» yangi hodisa sifatida e`tibor qozonmoqda.

    Bu bejiz emas, albatta. CHunki mazkur yangi original shakl bir necha yil ichida butun mamlakatimizning deyarli barcha shaharlariga keng tarqaldi, katta shov-shuvga sabab bo`ldi. Natijada shu soha nazariyotchilari va amaliyotchilari o`rtasida katta munozara boshlanib ketdi. Buning boisi nimada? Nega u katta shov-shuvga sabab bo`ldi? Bu savolga javob berish uchun xalqimizning tobora o`sib borayotgan ma`naviy ehtiyojiga, talabiga va eng avvalo, yoshlar hayotiga oid muammolarga qisqacha to`xtab o`tamiz.

    Hayotimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida xalqimizning o`sib borayotgan ma`naviy ehtiyoji mehnat qilishga sarflangan fiziologik va ruhiy kuchni qayta tiklaydigan, muloqot va suhbat uyushtiradigan, ijodiy portret yaratadigan, g`oyaviy va badiiy emotsional ta`sir etadigan axborotlarga boy, mazmunli va qiziqarli dam olish kechalarini talab qilmoqda. Binobarin, bunday shakllar hayotiy ehtiyojlar tufayli vujudga keldi. SHunday shakllardan biri - «diskoteka» (yoki «diskoklub») nomi bilan hayotda paydo bo`ldi va u butun dunyoda, jumladan, respublikamizda keng tarqaldi. Bunday shakllar qanday nom bilan atalmasin baribir, ijtimoiy mohiyatga ega bo`lgani uchun doim zarurdir. Xo`sh «diskoteka» yoki «diskoklub»ning o`zi nima?

    «Diskoteka» degan tushuncha yangi bo`lgani sababli hali hech bir chet el lug`atlarida yo`q. Hozir dam olishning bu shakliga turlicha izoh berilmoqda Ba`zilar diskotekaning imkoniyatlarini va mohiyatini kamsitib, uni shunchaki muzikaning «disko» janriga bog`lab, muzikali tadbirga tenglashtirib qo`yishmoqda. Kuylar eshitib yoki tantsaga tushadigan «kecha» deb izohlashmoqda. To`g`ri, yuqoridagi jihatlarsiz diskoteka o`zining o`ziga xos elementlarini yo`qotadi. Lekin bu shakl ular o`ylagandan ko`ra, kengroq va chuqurroq mohiyatga ega. Buning uchun bu terminga oid bo`lgan so`zlarning mohiyatiga nazar solib, uni ijodiy izohlash lozim.

    «Disk» - keng va asl ma`noda aylana yoki doira demakdir. (Buni sport o`yinlarida ishlatiladigan — disk yoki plastinka diski deb qisqa ma`nolarda ham tushunish mumkin.) «...teka» - degan so`z bu foydalanish kerak bo`lgan ma`lum usulda to`plangan vositalar yig`indisi yoki yig`ilish joyi deb tushuniladi. (Masalan, biblioteka, fonoteka va hokazo.)

    Dam olish maqsadini nazarda tutsak, diskotekani hordiq chiqarish uchun foydalaniladigan usullar va maxsus to`plangan vositalarning sistemali yig`indisi deb tushunmog`imiz kerak. Biroq diskoteka ham xuddi biblioteka yoki fonoteka singari ma`lum mutaxassislarning ish jarayoni natijasida vujudga keladi. SHunday ekan, tashkilotchilarning butun faoliyatini aks ettiradigan tushuncha ham kerak. Buning uchun biz diskoklub degan tushunchaga murojaat qilamiz. «Klub» deganda biz ikki xil: 1) maxsus muassasani va 2) odamlarning qiziqishi asosida to`plangan uyushmani tushunamiz. Klub tushunchasining ikkinchisidan foydalanib, diskoklubga quyidagicha izoh berishimiz mumkin.

    Diskoklub - bu umumiy maqsadda maxsus doiraga, joyga to`plangan uyushmani yoki aniqrog`i, kerakli vositalar va usullardan foydalanib, aholining samarali dam olishini tashkil qiladigan ijodiy kollektivdir.

    Diskoteka esa ushbu diskoklub faoliyati jarayonida va natijasida hosil bo`lgan tadbir yoki mutaxassislar tili bilan aytganda, «disko programma»dir.

    Diskoteka va diskoklublarning ijtimoiy-ma`rifiy havaskorlik ijodi va dam olish shakli sifatida vujudga kelishi hamda rivojlanishi o`ziga xos tarixiy sahifalarga aylanishi mumkin bo`lgan qiziqarli voqealarga egaki, ularga to`xtalmasak, bu shakl haqidagi bilimimiz to`liq bo`lmaydi.

    O`zbekistonda diskotekalarning vujudga kelishi va rivojlanishi. Diskotekalar yoshlarning o`sib borayotgan ehtiyojiga binoan, dam olish tadbirlari sifatida mamlakatimizda etmishinchi yillarning o`rtasida paydo bo`la boshladi. Albatta, har bir sohaning paydo bo`lishida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar singari diskoklublar harakatida ham bunday qarama-qarshiliklar paydo bo`ldi. «Ha» va «Yo`q», «Kerak» va «Mutlaqo kerak emas!» degan qarama-qarshi fikrlar kuchayib ketdi. Diskotekaga qarshi bo`lgan kishilar: «Bu burjuaziya mamlakatlarining ta`siri! Uning rivojlanishiga yo`l qo`yish yoshlar tarbiyasining buzilishiga olib keladi!» - deyishdi. Lekin ular bir ishning yaxshi va yomon bajarilishini, bir shaklni bir-mkki uslubda tashkil qilishni va uni kerak bo`lgan mazmun bilan to`ldirish mumkinligini yaxshi anglashnn xohlashmasdi. «Atomdan ham bomba yasash, ham atom elektr energiyasi sifatida foydalanishning iloji bo`lganidek», diskotekadan biz qanday maqsadda va qanday foydalanishimizga ko`p narsa bog`liq edi.

    SHuni aytish kerakki, «Diskoklublar tarixi xaritasida», «Toshkent ittifoqimizdagi ilk bor diskotekalar paydo bo`lgan shaharlardan biridir. O`zbekiston poytaxtida ham diskoklublar Riga, Leningrad va Moskva bilan bir qatorda, parallel vujudga keldi va Toshkentda o`ziga xos diskoteka tashkil qilish uslubi, metodi va uning yo`nalishi paydo bo`ldi. Toshkentliklar ish tajribasi butun mamlakatga «Toshkentcha diskoteka» («Diskoteka po-tashkentski») uslubi bilan keng tarqaldi. Bu esa zamonaviy o`zbek madaniyatining buyuk g`alabalaridan biridir.



    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Diskoklub programmalari necha turga bo`linadi?

    2. Diskoklublar tarixi xaritasi qanday?

    3. O`zbekistonda diskoklublar qay yo`nalishda tashkil etilmoqda?


    TAYANCH SO`ZLAR:

    Diskoklub, diskoteka, Toshkentcha diskoteka.


    MAVZU. KONTSERTLARNI TASHKIL ETISH VA UNING TURLARI

    REJA:


    1. Kontsert turlari.

    2. Teatrlashtirilgan tomoshalar.

    3. Oddiy kontsert turlari.

    4. Kontsertlarni teatrlashtirish.

    «Kontsert» deganda, keng ma`noda san`atkorlarning oldindan tuzilgan muayyan programma asosidagi chiqishlari tushuniladi.

    «Kontsert» lotincha so`zdan olinib, «o`zishaman» degan ma`noni bildiradi. Avvalo, kontsertlar to`g`risida to`liq tushunchaga ega bo`lish uchun ularni turlarga bo`lamiz. Kontsertlar, asosan, uch turga bo`linadi.



    1. Umumlashma (yig`ma) kontsertlar.

    2. Tematik (mazmunli) kontsertlar.

    3. Teatrlashtirilgan kontsertlar.

    Birinchi turdagi, ya`ni umumlashma kontsertlar kundalik hayotimizda ko`proq uchrab turadi. Bu kontsertlarni tayyorlash va o`tkazish unchalik katta tayyorgarlikni talab etmaydi. Buning uchun nomerlar tayyor bo`lsa bas, kontsertni tomoshabinlarga xohlagan paytda namoyish qilish mumkin. Havaskorlar o`z ijodini, erishgan yutuqlarini, qobiliyatlarini xalqqa taqdim etishadi. Bunda qat`iy mavzu bo`lishi shart emas, lekin kontsertning ta`sirchanligini oshirish uchun yordamchi vositalardan foydalanishni unutmaslik kerak.

    Tematik kontsertlarda barcha foydalanilgan nomerlar yagona mavzuga bo`ysunadi. Bunda hamma nomerlar bir-biriga mantiqan bog`liq bo`ladi.

    Odatda, havaskorlar o`z ijodini muhim sanalarga bag`ishlab, kontsertlar tashkil qilishadi. Bunda ta`sirchanlik vositalari, nomerlar mavzu bilan bog`liq bo`lishi lozim.

    Teatrlashtirilgan kontsertda esa nomerlar teatrlashtirish metodi yordamida uyushtirilib, ular yagona syujet rivojiga amal qiladi.

    Teatrlashtirilgan kontsertlar bu eng murakkab kontsert turi bo`lishi bilan birga, u eng ta`sirli va badiiy-estetik jihatdan kuchli shakldir. SHu sababli unga batafsil to`xtalamiz.

    Teatrlashtirilgan kontsert degan tushuncha 50-60 yillarda paydo bo`lgan. Lekin, bu bilan o`zbek va boshqa xalqlarning qadimdan yagona muzika san`atida teatrlashtirilgan elementlar bo`lmagan, deyish albatta noto`g`ri bo`lur edi. Muzika san`atida teatrlashtirish elementlaridan hamda tomoshalarda muzikadan foydalanish milliy an`anaviy san`atda qadimdan mavjud hodisadir.

    Qadim zamonlardanoq bayram, marosim, to`ylarda an`anaviy muzika va teatrlashgan tomosha san`ati bir-biri bilan bog`langan holda rivojlanib kelgan. Ayniqsa, bu hol maishiy marosimlarga bag`ishlanganda («YOr-yor», «Kelinsalom»), tabiat va mehnatga («mayda», «yozi») oid mavzularda aytiladigan qo`shiqlarda teatrlashtirish elementlari ancha jonli bo`lgan.

    Teatrlashtirilgan tomoshalar (masxaraboz-qiziqchi, qo`g`irchoqboz) va tsirk san`atini muzika va ashulasiz tasavvur qilish mumkin bo`lmagan.

    Bunday sintez, asosan, o`tgan asrning 30—40 yillarigacha davom etib keldi. Keyinchalik esa muzika san`ati va teatr san`ati bir-birlaridan bir oz ajrala boshladi. Bunga sabab, muzika san`atining yangi janr va turlar bilan boyishidir. Buning ustiga ular mustaqil ravishda rivoj topa boshladi. Muzika san`ati bilan shug`ullanadigan o`quv muassasalarining vujudga kelishi muzika san`atining rivojlanishiga hissa qo`shadi, lekin ular muzikani boshqa san`atdan ajratib qo`yishdi.

    Bu, albatta, ijobiy hol, lekin har bir ijobiy hol-da zarracha bo`lsa ham salbiy tomon bo`lganidek, muzika san`ati teatrlashtirish elementlaridan borgan sari ajrala boshladi. «Birlashish uchun ajralish kerak» deganidek, yana muzika san`ati bilan teatrlashtirish elementlarini qo`shib, kontsertlar tashkil qilish vaqti keldi. Bu haqda keyingi paytlarda ko`p fikrlar bo`lmoqda, zamonaviy yangi yo`llar izlanmoqda.

    Mamlakatimizda keyingi yillarda bu sohada ancha tajriba to`plangan. O`zbekistonda ham davlat va respublika ahamiyatiga molik bo`lgan ko`pgina kontsertlar teatrlashtirilmoqda. Lekin ularning ko`pchiligida kontsertning boshi va oxiri teatrlashtirilib, o`rtasida temaga mos bo`lmagan nomerlardan foydalanib kelinmoqda. Bunday kontsertlarni to`liq teatrlashtirilgan deb bo`lmaydi.

    Hozirgi ko`pgina kontsertlar faqat muzikaviy nomerlar qo`shiq, raqslar yig`indisi bo`lib qolmoqda. Ularni tashkil qilishda g`oya va mazmun degan komponentlarga e`tibor berilmaydi.

    Hayot kontsertlar saviyasini takomillashtirishni talab qilayotgan bir paytda, ko`proq teatrlashtirish metodiga murojaat qilish lozim bo`lib qolmoqda.

    Buning uchun, zng avvalo, milliy an`analarga, uning progressiv tajribalariga diqqatimizni jalb qilib, undan teatrlashtirishning an`anaviy usullarini o`rganishimiz kerak. Undan keyingina teatrlashtirish borasidagi zamonaviy ish tajribalaridan foydalanmog`imiz lozim.

    Bizningcha, teatrlashtirilgan kontsertlarni tashkil qilishda ikki asosiy talabga e`tibor berish lozim.

    Birinchidan, butun kontsert programmasini dramaturgiya asosida (maxsus stsenariya bilan) umumiy g`oyaviy mavzuga bag`ishlab, badiiy-obrazli shaklda, qat`iy syujet liniyasiga amal qilgan holda (boshlanishi, rivojlanishi va yakuni bor) va kompozitsion tuzilishiga ega holda tashkil qilmoq kerak. Bunda kontsertdagi barcha nomerlar mavzuga yaqin bo`lishi shart.

    Masalan, «Qo`shig`imdasan, O`zbekiston» nomli teatrlashtirilgan kontsertda O`zbekiston, Vatan, uning so`lim tabiati, dongdor kishilar haqidagi qo`shiqlardan, kuylardan, badiiy lavhalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Ikkinchidan, kontsertning samarasini oshirish maqsadida uning har bir nomerida ko`proq ta`sirchanlik vositalari (kino, slaydlar, suratlar va hokazolar)dan foydalanish kerak. Masalan, paxta bayramiga bag`ishlangan «Oq oltin karvon-karvon» nomli teatrlashtirilgan kontsertda paxta va paxtakorlar haqidagi, davlat rahbarlarining paxtakorlar bilan bo`lgan uchrashuvini tasvirlovchi kinolavhalardan, shu mavzudagi she`rlar, qo`shiqlar, raqslardan foydalanish mumkin.

    Kontsertlarni teatrlashtirish uning nomerlarini real va mahalliy hayotga bog`lash, yaqinlashtirish demakdir. CHunki paxtakorlarga bag`ishlangan qo`shiq ijro etilayotganda zalda (sahna to`rida) paxtakorlarning mehnati va hayotini hikoya qiluvchi fotosuratlar ko`rsatib turilsa, bu nomer ularning real hayotiga yaqinroq bo`ladi. Ularning mehnatini targ`ib qiladi va ko`proq ta`sirchan kuchga ega bo`ladi.

    Teatrlashtirilgan kontsertlar ko`pincha muhim sanalarga bag`ishlanib, ularning nomerlari shu mavzuga xizmat qilishi kerakligini aytib o`tgan edik. Tadbir tashkilotchisi mavzuga oid programma tanlashni bilishi, bunda havaskorlarning imkoniyati va kuchiga asoslanishi zarur.

    Ba`zan badiiy kollektiv repertuarlarida g`oyaviy-badiiy jihatdan kuchli, xalqqa yoqadigan, lekin kontsert mavzusiga to`g`ri kelmaydigan nomerlar bo`ladi. Bu nomerlardan to`g`ridan-to`g`ri foydalanilsa, kontsert mavzusi va kompozitsiyasiga putur etadi. Agar foydalanilmasa, badiiy jihatdan yutqazish mumkin. Nima qilish kerak? Xuddi shu joyda kontsert rejissyorining ijodkorligi ish beradi. Bunday holatlarda quyidagi usullardan foydalanish mumkin.

    1-usul. Mavzuga to`g`ri kelmaydigan nomerga shunday joy topa bilish kerakki, u programma mazmuniga tabiiy bog`lanib ketishi kerak. Masalan, Toshkent Davlat madaniyat institutining metodist-tashkilotchi bo`limi studentlari tayyorlagan «APUS» (Abiturientlik, Paxta, O`qish, Sessiya») nomli teatrlashtirilgan kontsertda o`sha vaqtda hammaga yoqqan R. Tursunovning «SHahlo» nomli kuyiga raqs tayyorlangan edi. Lekin raqs tadbir mantiqiga to`g`ri kelmadi. SHunda quyidagi yo`l topilgan edi. Tadbirning «Paxta» nomli epizodida studentlar tushlik paytida ashula, o`yin qilib o`tirgan paytda xayolparastligi bilan ajralib turadigan yigit bir chetda o`ylanib o`tiradi. U hammaning diqqatini tortgandan keyin undan: «Nima haqida xayol suryapsan?» deb so`rashadi. U «xalaqit bermanglar, men kontsert zalidaman. YAngi chiqqan «SHahlo» raqsini tomosha qilyapman», deb kuyni xirgoyi qila boshlaydi. Unga ansambl’ jo`r bo`ladi va sekin raqqosa chiqib, «SHahlo» raqsiga tushadi. SHunday qilib, studentlarning hayotiga bag`ishlangan bu tadbirni «SHahlo» raqsisiz tasavvur qilib bo`lmay qoldi.

    2-usul. Bunda xalqni qiziqtira oladigan nomerlar bilan kontsert mavzusi o`rtasida kesishadigan bir nuqta topib, ularga programmadan qonuniy mantiqiy joy izlash kerak. Masalan, Marhamat shahrida «Gulla, yashna bizning rayon» nomli teatrlashtirilgan kontsertda xalq o`rtasida shuhrat qozongan havaskorlarning bir necha nomerlari rejissyorning diqqatini tortadi. U bu nomerlar tadbirning badiiy saviyasini yanada oshirishi mumkinligini tushunib, programmaga «Marhamat san`ati — yashamoqda» nomli maxsus epizod kiritadi. Bunda Marhamat rayoni san`atiga hissa qo`shayotgan havaskorlar va ularning yutug`i haqida gapirilib, ilova bilan ko`zda tutilgan hamma nomerlar namoyish qilinadi. Bu epizod ham teatrlashtirilgan kontsertning tarkibiy qismi bo`lib ketadi.

    Teatrlashtirilgan kontsertning boshlanishi (prologi) va oxiri (finali) tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun yuksak g`oyaviy-badiiy shaklda o`tmog`i lozim.

    Tadbirda nomerlar rivojlanib bormog`i va eng qi-ziqarli o`rinda epizodlar finaldan oldin qo`yilishi kerak.

    Oddiy kontsert ikki qismdan (har biri, taxminan bir soatdan) iborat bo`lsa, teatrlashtirilgan kontsert (antraktsiz) yaxlit shaklda, taxminan bir soat ichida o`tadi, chunki tanaffus programmaning rivojiga, ritmiga putur etkazishi mumkin.


    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Kontsertlar necha turga bo`linadi?

    2. YAgona mavzuga bo`ysunadigan kontsertlar qanday bo`ladi?

    3. Teatrlashtirilgan kontsert degan tushuncha qachon paydo bo`lgan?

    4. Oddiy kontsert necha qismdan iborat?


    MAVZU. TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALAR

    REJA:


    1. Yopiq binoda ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar.

    2. Ochiq maydondagi ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar.

    3. Teatrlashtirilgan karnaval namoyishi.

    4. Ko`cha va maydonlarda o`tkaziladigan tomoshalar.

    5. Stadionlarda o`tkaziladigan teatrlashtirilgan tomoshalar.

    Teatrlashtirilgan tomosha deb, teatr va dramaturgiya qonunlari asosida tuzilgan badiiy obrazli kompozitsiyaga ega bo`lgan madaniy-ommaviy tadbirga aytiladi. Bu tushunchani keng ma`noda va asl ma`nosida izohlash mumkin. Buning uchun teatr spektakli va ommaviy tomoshalarni bir-biriga taqqoslab ko`ramiz va teatrlashgan tomoshaning mohiyatini ochishga harakat qilamiz.

    Birinchidan, teatr tomoshalari spektakllarining asosini p’esa tashkil etib, u insoniyat hayotida uchragan yoki uchrashi mumkin bo`lgan voqealarni badiiy obrazlar orqali aks ettiradi, ommaviy tomoshalar asosini esa stsenariya tashkil etib, u real hayotda bo`layotgan muhim voqealarga va mahalliy turmush muammolariga bag`ishlanadi.

    Ikkinchidan, p’esa qachon yozilganidan qat`i nazar, lozim topilsa, har bir teatr sahnalashtirishi mumkin, ommaviy tomosha stsenariyasi esa ma`lum bo`lganidek, konkret sharoit, ma`lum auditoriya uchun, aniq vaqtda faqat bir marta tashkil qilinadi.

    Uchinchidan, teatr spektakllarida dunyodagi tipik voqea asosida «ikkinchi dunyo», ya`ni badiiy sahnaviy asar vujudga kelsa, ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar esa, real hayotning kundalik muhim voqealarni o`zining badiiy hujjatli shakllari asosida teatrlashtiradi.

    To`rtinchidan, spektakl’ aktyorlar tomonidan sahnada - «to`rt devor» ichida ijro etilib, uni faqat omma tomosha qiladi, teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalar esa ommaning ishtiroki bilan o`tadi.

    Klub faoliyatida bu ikki xil tomoshalardan ham keng ko`lamda foydalaniladi. Birinchisi: teatr tomoshasi — spektakllar badiiy havaskorlik drama kollektivlari ish jarayonida tayyorlanadi. Ikkinchisi — ommaviy teatrlashgan tomoshalar muhim sanalarga bag`ishlangan bo`lib, havaskorlar kuchi bilan maxsus tayyorlanadi.

    Ommaviy teatrlashgan tomoshalarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular qay sharoitda, qanday joyda uyushtirilishiga qarab bir oz o`zgarishi mumkin. SHu sababli madaniy-ma`rifiy faoliyat nazariyotchilari ularni shartli ravishda ikki turga: ochiq havoda (maydonlar, stadion, parklar va ko`chalarda) hamda yopiq bino (sahnalar, zallar, foelar)da o`tkaziladigan teatrlashtirilgan tomoshalarga bo`lishadi.

    Bunday klassifikatsiyada, albatta, jon bor. CHunki har bir tomosha (u bag`ishlangan san`atning mohiyati, hayotda tutgan o`rni, unga bo`lgan xalqning munosabati, mahalliy mavjud sharoit, yil fasllarini xususiyatlaridan kelib chiqib) uni tashkil qilish uchun o`ziga xos joyni talab qiladi.

    YOpiq binoda ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalarga xarakteristika berish qiyin emas. Teatrlashtirish usuli (metodi) asosida tashkil qilingan ko`pgina klub tadbirlarini, agar unda ommaning ishtiroki, aktivligi ko`zda tutilsa, teatrlashtirilgan tomoshalar deb bemalol aytish mumkin. Agar tadbirlar teatrlashtirish qonunlari va printsiplari asosida o`tkazilsa, har bir tematik kecha, kontsert, badiiy kompozitsiya va hokazolar o`ziga xos teatrlashtirilgan tomoshalarni, ya`ni teatrlashtirilgan tematik kechalarni, teatrlashtirilgan kontsertlarni, teatrlashtirilgan badiiy kompozitsiyalarni vujudga keltiradi.

    Ochiq maydondagi ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar yirik voqealarni keng nishonlash, bayram kayfiyatini yaratish, ommani g`oyaviy birlashtirish uchun tashkil qilinadi. SHaharlarda, yirik aholi punktlarida muhim sana hamma uchun umumiy bo`lganligi sababli, har bir madaniyat muassasasi o`zining bor kuchi va imkoniyatlarini birlashtirib, katta ommaviy teatrlashgan tomoshani tashkil etadi. Har bir bayram mohiyati, mazmuni va ommaning unga bo`lgan munosabatidan kelib chiqib tashkil qilish uchun park, yoki katta maydon, yoki stadion kabi joylar tanlanadi.

    Ochiq maydonlarda o`tkaziladigan teatrlashtirilgan tomoshalar haqida so`z yuritar ekanmiz, ularni tashkil qilish imkoniyatlaridan keraklicha foydalanmayotganimizni qayd etishimiz lozim. Bu madaniy-ma`rifiy ishlarning asosiy muammolaridan biridir.

    Ko`pgina madaniyat xodimlari ommaviy tadbirni kam o`tkazayotganligiga yoki uning kerakli darajada tashkil etilmayotganligiga sharoitning etishmasligi, zal hamda sahnaning yo`qligini bahona qiladilar. Bu muammolarga javob topmoq uchun butun dunyo san`at tarixida o`z o`rnini egallashi mumkin bo`lgan ochiq maydonlarda o`tkazilgan o`zbek xalqining ommaviy tomoshalariga nazar tashlashning o`zi kifoya.

    Milliy o`zbek an`anaviy tomoshalarini shartli ravishda ikkiga bo`lish mumkin: 1. «Kichik tomoshalar» - har qanday vaqtda, har joyda bir necha masxaraboz-qiziqchilar yordamida tashkil etiladi (ular Xorazmda - «Tuhva», Farg`ona vodiysida - «Kulgi-hikoya» nomi bilan yuritilgan). 2. «Katta tomoshalar» - asosan, muhim xalq bayrami kunlari yuzlab-minglab kishiga mo`ljallab, maxsus maydonlarda o`tkazilgan (ular Farg`onada - «Katta masxarabozlik», Buxoroda — «CHavqi», Xorazmda - «Xatarli o`yin» nomi bilan yuritilgan).


    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Teatrlashtirilgan tomosha deb nimaga aytiladi?

    2. Teatr tomoshalari spektakllarining asosini nima tashkil qiladi?

    3. Milliy o`zbek an`anaviy tomoshalari necha turga bo`linadi?

    4. Ochiq maydonda o`tkaziladigan yirik tomosha qanday nomlanadi?

    5. Teatrlashtirilgan bayram tomoshalari qanday tashkil topgan?


    MAVZU. OMMAVIY BAYRAMLAR

    REJA:


    1. Bayramlar tarixi.

    2. Bayramlarning ijtimoiy-madaniy, tarbiyaviy ahamiyati va asosiy xususiyatlari.

    3. Bayramlarning turlari haqida.

    4. Ijtimoiy-revolyutsion bayramlar.

    5. Mehnat bayramlari.

    6. Tabiat bayramlari.

    7. Madaniyat va sport bayramlari.

    «Bayram» - turkcha so`zdan olingan bo`lib, to`y, marosim, xursandchilik degan ma`nolarni bildiradi. Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan biri bo`lib, shodiyona, xursandchilik vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. Osmonni oysiz tasavvur qilib bo`lmaganidek, hayotni ham bayramsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.

    Bayramlarni barcha sotsial yacheykalar nishonlaydi. Lekin madaniy-ma`rifiy muassasalar - klub va parklar ommaviy bayramlarni tashkil qiluvchi asosiy zvenolardir. Klub va parklar madaniy-ma`rifiy muassasalarning eng yirik va murakkab shakllaridan biridir. Bayramlarni bemalol klub ishining «gultoji» desak, xato qilmaymiz.

    SHuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, ommaviy bayramlar madaniy-ma`rifiy muassasalarda uyushtiriladigan tadbirlarning yarmidan ko`p qismini tashkil qiladi. Buning ustiga, u ko`pgina madaniy-ommaviy shakllarni o`z ichiga qamrab oladi. Masalan, bayramning tarkibiy qismi ko`pincha teatrlashtirilgan kontsertlar, tomoshalar, mavzuli kechalar, marosimlardan iborat bo`ladi. Lektsiya, doklad, og`zaki jurnal kabi shakllardan tashqari, barcha madaniy-ommaviy tadbirlar bayramlarda o`z o`rnini topishi mumkin.

    SHu sabablarga ko`ra, biz bayramlarga boshqa shakllarga nisbatan ko`proq e`tibor berishga va ularni batafsil yoritishga harakat qilamiz.

    Bayramlar shu qadar ko`p qirrali ijtimoiy-madaniy hodisaki, uning mohiyatini tushunmoq uchun unga har tomonlama va chuqur yondashmoq kerak. Agar bayramlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va undagi o`zgarishlar hamda an`analarning shakllanishini bilmoqchi bo`lsak - tarix; uning hayotda tutgan o`rnini, jamiyat taraqqiyotida o`ynaydigan rolini bilmoqchi bo`lsak - sotsiologiya; ommaga qanday ta`sir etishi va tarbiyaviy jarayonda qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmoqchi bo`lsak - pedagogika; unda san`atning qanday shakllari, vositalaridan foydalanilishini va uning badiiy madaniyat, xalq ijodining rivojiga qanday hissa qo`shishini bilmoqchi bo`lsak — san`atshunoslik nuqtai nazaridan o`rganish maqsadga muvofiqdir.

    Fan olamida «bayramlar ilk bor qanday vujudga kelgan?» degan muammo haqida umum qabul qilingan yagona ma`lumotlar yo`q. Lekin adabiyotlarda: «Bayramlar marosimlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan» va «Bayram inson madaniyatining ilk shakllaridan biridir» degan gipotezalar mavjuddir.

    Bizningcha, bunga ularni oydinlashtiradigan «bayram inson va uning mehnati bilan birga vujudga kelgan» degan yana bir taxminni kiritishimiz mumkin. Bu fikrni isbot qilish uchun insonning vujudga kelishiga oid tarixiy manbalarga tayanib mantiqiy fikr yuritamiz.

    Tarixda yuqori saviyada maxsus rejissura asoslari bilan tashkil qilingan bayramlar milodning III asrlaridan boshlab, qadimiy Misr va YUnonistonda taraqqiy etgan. Bu bayramlar shu bilan diqqatga sazovorki, ular maxsus stsenariya va rejissura asoslariga amal qilingan holda marosimlar, tomoshalar va musobaqalarni bir-biriga bog`lab tashkil qilingan.


    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Bayram so`zining ma`nosi qanday?

    2. Ommaviy bayramlar qanday tashkil qilinadi?

    3. Bayramlar ilk bor qanday vujudga kelgan?

    4. Bayram nimaning g`alabasi?

    5. Haqiqiy bayramlar qanday vujudga keladi?


    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati

    Download 0,63 Mb.