• Май 2021 10-қисм Тошкент TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI Sherjonova Sohiba Qurbonazarovna
  • Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim tizimida AKT dan foydalanish haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
    1.Азизходжаева H.H. Педагогические технологии в подготовке учителя. Ташкент, 2000.
    2. Аллаёров И.А. Дидактические основы активного обучения управленченским дис-
    циплинам. — Ташкент: Фан, 1994.
    3. Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. - М., 1995.


    135
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
    Sherjonova Sohiba Qurbonazarovna
    Xorazm viloyati Shovot tumani 23-maktabning 
    geografiya fani o’qituvchisi
    sherjonovasohiba@gmail.com//91-221-44-27
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada ta’lim tizimida AKT dan foydalanish haqida so’z yuritiladi.
    Kalit so’zlar: 
    telegraf,telekommunikatsiya,faks,elektron darslik,karaoke dasturi.
    Bugungi kunda yosh avlodga har tomonlama ta’lim va tarbiya berish uzluksiz ta’lim old-
    idagi eng dolzarb ijtimoiy buyurtmadir.Bunga erishish ta’lim beruvchiga ham,ta’lim oluvchiga 
    ham,ta’lim vositasiga ham yangi-yangi talablarni qo’ymoqda. Kompyuter ilmini bilish, uning 
    imkoniyatlaridan oqilona foydalanish bugungi kun talabidir. XXI asr-axborot texnologiyalari asri 
    hisoblanadi.Axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda davla-
    timiz ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy qilish,axborot resurslaridan o’quv jarayonida 
    samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratmoqda.Yangilanayotgan ta’lim tizimida yakuniy na-
    tija bevosita ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan o’qituvchi mehnatining qanday tashkil 
    etilishiga borib taqaladi.Bu vazifani hal qilish uchun yoshlarni hayotga tayyorlashning yangi 
    texnologiyasi,metod,usul,vositalardan foydalanish lozim bo’ladi.Ta’lim tizimiga qo’yilayotgan 
    ulkan vazifalar esa ta’lim berishga munosabatni,yondashuvni o’zgartirishni talab etadi.
    Yangi axborot texnologiyalari konsepsiyasiga turli xil vositalar, xususan telefon, telegraf, 
    telekommunikatsiya, faks,kompyuter va boshqalar orqali ma’lumot uzatishni ta’minlovchi aloqa 
    texnologiyalari kiradi. Bularning barchasini zamonaviy o’qituvchiga qanday yetkazish kerak? 
    Gipoteza: deylik, axborot texnologiyalari nafaqat o’quvchi uchun, balki o’qituvchi uchun ham 
    noyob imkoniyatni yaratadi va pedagogik fan rivojlanib borgan sari, o’qitish usullari va shakllari 
    yaxshilanadi. AKT vositalaridan biri bo’lgan kompyuterdan foydalanishni pedagogik jarayonlarga 
    tadbiq etilsa, shubhasiz, o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishi ortadi va shu bilan ta’lim 
    samaradorligi ham o’sadi. Bunday vaziyatda o’quvchi ham ko’radi, ham eshitadi, ham kompyuter 
    bilan muloqotda bo’ladi
    Keyingi davrlarda yaratilgan sifatli elektron darslik – davr talabi. O’quv qo’llanmalardagi 
    dasturlar an’anaviy dars tizimiga moslashtirilgan, shu sababli elektron darslik tuzishda noan’anaviy 
    dars usuliga moslab animatsiyali dasturlar, test va krossvordlar ,“Ortiqchasini top”, “Bu qayer?” 
    singari o’yin uslublaridan foydalanishga katta ahamiyat berishimiz darkor. Elektron darsliklar 
    talab darajasida yaratilishini har bir fan o’qituvchilari o’z zimmasiga olishi shart, deb o’ylayman.
    Geografiya darslarida karaoke dasturidan foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. Bu usulni 
    interaktiv doska yordamida amalga oshirish samarali natijaga erishish imkonini beradi. Bunda 
    o’quvchining bilim,ko’nikma va malakasi shakllanib boradi va fanga bo’lgan qiziqishi ortadi.
    AKT bilan ishlash jarayonida ma’naviyatimizga yot, “ommaviy madaniyat” ga xos bo’lgan 
    axborotlarga qarshi kurashish uchun o’quvchilarda ma’naviy immunitetni shakllantirishga alohida 
    e’tibor qaratish lozim.
    Axborot texnologiyalari ta’limga oid ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatlarini sezilarli 
    darajada kengaytiradi. Rang, grafika, tovush va video texnologiyalarning barcha zamonaviy 
    vositalaridan foydalanish haqiqiy faoliyat muhitini yaratishga imkon beradi. Kompyuter 
    o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishini sezilarli darajada oshirishi mumkin. AKT 
    o’quvchilarni o’quv jarayoniga jalb qiladi, ularning qobiliyatlarini keng ochib berishga va aqliy 
    faoliyatni faollashtirishga yordam beradi.AKT ni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda, albatta,ijodiy 
    yondashish lozim. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy axborot texnologiyalari 
    yordamida dars o’tish ham yangilik, ham yengillik yaratadi: zarur ko’rgazmali qurollar, 
    tarqatmalrning hammasi kompyuter orqali tayyorlanadi. Bu o’qituvchining darsga tayyorgarlik 
    vaqtini va ko’rgazmali qurollarga sarflaydigan mablag’ini tejaydi. Shuningdek, o’quvchilar yangi 
    bilimlarni olish uchun faol ishtirok etadilar va fanga qiziqishlari ortadi. AKTdan foydalanib dars 


    136

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish