145
Май 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O’QUVCHILAR BILIMLARINI
TEKSHIRISH USULLARI
Toshmatova Dilfuza Abdulhamidovna
Namangan viloyati Norin tumani XTB ga qarashli
25-umumiy o’rta ta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Toshmatova Feruza Abdulhamidovna
Namangan shahar 37-umumiy o’rta ta’lim
maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang’ich sinfda ona tili darslarini tashkil qilish,
darslarning samaradorligini oshirishda o’quvchilar bilimlarini tekshirish va nazorat qilish usullari
haqida malumot berilgan.
Kalit so’zlar:
ona tili, nazorat, tekshirish, bilim, ko’nikma, takrorlash, baholash, yozma,
og’zaki, dastur, boshlang’ich ta’lim.
Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta’lim
tamoyillariga asoslanib, jahon tajribasiga tayangan holda O’zbekiston Respublikasidagi bosh-
lang’ich ta’lim tayanch o’quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, o’qish ta’lim sohalari kiriti-
ladi. Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tilini
o’qitish asosiy o’rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish, nutq o’stirish.
2. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
Boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limi o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stir-
ish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko’zda tutadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tu-
zilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi; so’zlarning o’zgarishi va gap-
da so’zlarning bog’lanishi haqidagi, so’zlarning morfemik tarkibi va so’z yasalishi, so’zlarning
leksik–semantik guruhi haqidagi; o’zbek tilining to’g’ri yozuv qoidalarini va tinish belgilarining
ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o’quvchilar nutqini o’stirishga xi-
zmat qiladi. Ona tili o’qitishning mazmuni va metodlari o’quvchilarga dastur talab qilgan hajmda
puxta bilim berish, ko’nikma va malakalar hosil qilshga ko’maklashishi lozim.
O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quvchilar bilimini tekshirishi va
baholashi o’qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va
aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson unutiladi.
Bilimlarni takrorlash - yangilarini o’rganish uchun tayanchdir. Boshlang’ich ona tili darslarida
o’tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o’rganish jarayonida va uni
o’rganishdan keyin, shuningdek har bir chorak hamda yil oxirida o’tkaziladi. Dars vaqtida mash-
qlar bajarilayotganda, qiziqarli savollarga javob berilayotganda bilimlarni individual yoki umumiy
tekshiriladi.
Tekshirish turlaridan biri o’quvchilar bilimini og’zaki hisobga olishdir, u har bir darsda bu-
tun sinfni umumiy so’rash yoki ayrim o’quvchilardan individual so’rash ko’rinishida o’tkaziladi.
Umumiy so’rashning ahamiyati shundaki, bunda javob berishga ko’proq sondagi o’quvchilar-
ni jalb qilish va sinf e’tiborini ushlab turish imkoniyati bo’ladi. Biroq ayrim savollarga olingan
javoblar har bir o’quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon bermaydi va ularga o’z
fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantirishga halaqit beradi. Shuning
uchun ham individual so’rash ya’ni ayrim o’quvchining ravon hikoyasi -so’rashning asosiy turi
hisoblanadi. So’rash jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab
olinganligini, ularning o’rganilayotgan mavzu to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarning qancha-
lik to’g’ri ekanligini aniqlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra materialning faqat og’zaki bayon qilin-
ishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Talab qilish kerakki, o’quvchilar javoblarida kuzatish nati-
jalaridan foydalanishsin, o’z hikoyalarini o’qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval,
model va boshqa o’quv qurollarini ko’rsatish bilan birga olib borsinlar.