141
Май 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIM ISLOHOTLARINING DOLZARB MASALALARI
Tashmatova Gulzoda Nimatullayevna
Guliston davlat universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada 2017-2021 yil O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmonida ijtimoiy soha, xususan,
ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalari tahlil qilindi
Kalit so’zlar:
yosh avlod, ta’lim-tarbiya, kashfiyot, fikr, dunyoqarash, ilmiy va texnikaviy.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh
qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy
bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning
qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga
sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan
sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim
muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni
zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan
ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv
dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning
qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan
ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga
yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va
yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga
yetishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etilishi ham aynan ana
shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu
borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish
va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha
mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.
ta’lim muassasalari bo‘yicha
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ko’plab muhokamalar qilindi. Xususan, oliy
ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida
ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga
bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.