140
Май 2021 10-қисм
Тошкент
O’ZBEKISTON KELAJAGIDA TA’LIM ISLOHOTLARINING O’RNI
Tashmatova Gulzoda Nimatullayevna
Guliston davlat universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish,
milliy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Kalit so’zlar:
ta’lim-tarbiya, kashfiyot, fikr, dunyoqarash, ilmiy va texnikaviy.
Har bir davlat kelajagi fuqarolarining intellektual salohiyatiga, madaniyati, bunyodkorligiga
tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib bo’lmaydi. Shu jihatdan
mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita bog’liq. Yangicha
fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egalagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega
bo’lish uchun ta’limtarbiya dargohlaridagi sharoitlarni birinchi navbatda sobiq sho’rolardan
qolgan ta’lim-tarbiya tizimni tubdan o’zgartirish, hozirgi davr talablari darajasiga ko’tarish zarur
va muhimligini hayot taqozo etmoqda.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, milliy kadrlar tayyorlashni zamon
talablari darajasiga ko’tarish masalasiga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Birinchi Prezident
Islom Karimov hali davlatimiz mustaqilligni qo’lga kiritmagan kezlardayoq o’z nutqida ―Fanga
iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga
oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning, hatto o’rta ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan
qayta qurish kerak...‖ degan edi. Mustaqilligimiz me’mori o’sha vaqtlardanoq amaldagi sobiq
sho’rolar ta’lim tizimi talabga mutlaqo javob bermayotgani, respublikamiz dadil oyoqqa turib
olmog’i uchun unga malakali kadrlar va bunday kadrlarni tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib
qo’ygan dastur zarurligini ko’p bor ta’kidlar edi.
Bu borada mustaqillik yillarida O’zbekistonda muayyan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti IslomKarimov ta’kidlaganidek,―tarixan O’zbekiston
Respublikasida shakllangan intellektual salohiyat XXI asr bo’sag’asida o’zining rivojlanish
darajasi jihatidan, innovatsion kashfiyotlar, imkoniyatlari bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko’pgina
rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketgan. Ilm-fanning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi
o’rnini belgilar ekan, Yurtboshimiz yuqoridagi fikrini davom ettirib, ―har bir ilmiy yangilik,
yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi‖, degan edi.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar
yaratildi. Iqtisodiy qiyinchiliklar hamda o’tish davri muammolariga qaramasdan sovet tuzumi
davrida shakllangan ilm-fan infrastrukturasi bir tomondan saqlab qolindi, boshqa tomondan uning
yanada rivojlanishi uchun huquqiy, ma’naviy, iqtisodiy asoslar yaratildi. Jumladan, O’zbekiston
Konstitutsiyasining 42-moddasida―Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi‖, deyilgan.
Barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi O’zbekiston davlati siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Zotan, bugun kamol topayotgan yoshlarimiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
rivojlanishi hamda madaniyatning o’sishini ta’minlovchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu nuqtai
nazardan, O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan jamiyatdagi yangilanish va islohotlar,
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, davlatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining
asosiy bo’g’ini sifatida ta’lim tizimini isloh qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ta’lim
tizimidagi islohotlar - ijtimoiy siyosiy jarayonda mustaqil fikrlaydigan, istiqbolli maqsadlarni
aniqlaydigan va ularning yechimini topa oladigan, ijodkor, yuksak kasbiy madaniyatga ega bo’lgan
yangi avlod kadrlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.
Bugun rivojlanayotgan jamiyatimizga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal
egallagan, teran fikrlaydigan, tashabbuskor, jismonan va ma’nan sog’lom, barkamol yoshlar kerak.
O’zining oilasiga, xalqiga va Vataniga sadoqatli, barkamol shaxslarni tarbiyalash muammolari
doimo davlat va jamoatchilikning diqqat markazida bo’lib kelgan.