Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston respublikasi prezidentining O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida 2017-yil 7-fevraldagi pf-4947-sonli farmoni
2. 20. Qurbonov SH. Barkamol avlod orzusi (―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ni amalaga
oshirish borasidagi publitsistik mulohazalar). - Toshkent: SHarq, 1999
142
Май 2021 10-қисм
Тошкент
O’QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARDA SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO
BOG’LANISHLARDA FOYDALANISH.
Tosheva Marhabo Narzullayevna
Karmana tuman 2-umumta’lim maktabning
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi
Alikulova Hilufar Mustafoyevna
Konimex tuman 2-umumta’lim maktabning
Rus tili va adabiyot o’qituvchisi
Annotatsiya.
Kompetensiyali yondashuv o’qitish maqsadlari ga erishish uchun ta’lim
mazmunini boyitish o’quv Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalar asosida tashkil
etish va natijalarini tahlil etishga imkon beradigan umumiy prinsiplar yig’indisi sanaladi.
Kalit so’zi.
Fan va texnika kompetensiyasi, ijtimoiy faol,bilim, ko’nikma va malakalar
texnologiya, matematik savodxonlik.
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli
“
Umumiyo’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to’g’risida” qaroriga muvofiq uzluksiz ta’lim, xususan umumiy o’rta ta’lim maktablarining
ta’lim mazmuni yangilandi, o’quv dasturlari va o’quv fanlari bo’yicha DTS kompetensiyali
yondoshuv asosida qayta ishlandi. Davlatimizning kelgusida jamiyat, fan, ishlab chiqarish
va shaxsning mustaqil hayotdagi muammolarni hal etishga qodir yoshlarga bo’lgan ijtimoiy
ehtiyojini qondirish maqsadida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini
yangi kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo’llashga o’rgatish;
Bo’shlangich ta’lim va rustilli va adabiyot mazmunini muammoli o’quv vaziyatlarni yaratish
orqali o’rganish asnosida o’quvchilarning fan asoslarini o’rganishga bo’lgan ehtiyojlarini
qondirish, qiziqishlarini rivojlantirish, shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish;O’quvchilarning o’quv–
bilish faoliyatini aniq texnologiya ob’ektlarga qaratish va mavjud muammolarni hal etishga
o’rgatish orqali DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish barobarida
o’quvchilar tomonidan ijodiy faoliyat tajribalarini egallanishiga erishish;O’quvchilarni aniq
amaliy faoliyatga tayyorgarligini orttirish orqali kasbga, ijodiy faoliyat tajribalarini rivojlantirish
natijasida fan yo’nalishiga yo’llash;Bo’shlangich ta’lim va Rustilli va adabiyot darslarda
o’zlashtirilgan ilmiy-nazariy bilimlarini aniq va jarayonli muammoli vaziyatlarda amaliyotda
qo’llash orqali o’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash imkoniyati mavjud.Kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan o’qitishning asosiy mohiyati texnologiyadan tashkil etilgan ta’lim-tarbiya
jarayonida o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy hayoti
davomida, shuningdek, kelgusida kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo’llay olish kompetensiya larini
shakllantirishga yo’naltirish sanaladi. O’quvchilar kelgusida hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy,
iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, mazkur jarayonda
duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha
raqobatbardosh bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim.Mazkur
kompetensiyali yondoshuv asosida shakllantirilgan DTS amaliyotga joriy etish ta’lim-tarbiya
jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini innovatsiya
kiritish orqali modernizatsiyalashni talab etadi.Jahonning rivojlangan mamlakatlarining ta’lim
tizimidagi ilg’or tajribalarni o’rganish uzluksiz texnologiya ta’lim jarayoniga kompetensiyali
yondashuvni tatbiq etish zarurligini ko’rsatdi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablari
zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali o’quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan,
kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi,
ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalar, matematik savodxonlik,
fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini tarkib
toptirish vazifasi yuklatilgan.Bo’shlangich ta’lim mazmunini tanlash va metodik ta’minotini
yaratishda o’quvchilarning qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, axloqiy,
g’oyaviy-siyosiy, ekologik muammolarni hal etish, didaktik jihatdan qayta ishlangan o’zida
o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda
qo’llash, o’zlarining hayotiy tajribalari, kuzatishlari yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarishga imkon
|