• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент TARBIYASI OG’IR BO’LGAN O’SMIRLAR BILAN ISHLASH. Sufibekova Shaxnoza Abduraxmanovna
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    o’tish o’quv samaradorligining keskin oshishiga ko’maklashadi.
    O’quvchilarni mustaqil fikrlaydigan, bugungi kun talabini his qiladigan, mantiqiy tafakkurga 
    ega insonlar qilib tarbiyalashimiz uchun ularning dunyoqarishini shakllantirishimiz lozimdir.Ta’lim 
    tizimiga AKTni keng joriy etib,saboq berilsa,yosh avlod zamonaviy texnika imkoniyatlaridan 
    keng foydalana oladigan yetuk kadralr bo’lib ulg’ayadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Aripov M. va b.Informatika va informatsion texnologiyalar,Toshkent-2005-yil
    2. Eshmuhammedov R.O’quv jarayonida interfaol usullar va pedagogik texnologiyalarni 
    qo’llash uslubiyati,Toshkent-2008-yil.
    3. Haydarov B. va b.q. Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari.Toshkent- 2002-yil.


    137
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    TARBIYASI OG’IR BO’LGAN O’SMIRLAR BILAN ISHLASH.
    Sufibekova Shaxnoza Abduraxmanovna
    Toshkent shahar Yashnobod tuman 
    230-maktab psixologi. 
    Annotatsiya: 
    ushbu maqolada tarbiyasi og’ir bo’lgan o’smir o’quvchilar bilan ishlash haqida 
    ma’lumot beriladi. 
    Kalit so’zlar: 
    psixolog, maktab, bilim, ota-ona, o’qituvchi. 
    Inson umrining o’smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo bo’ladi. Uning 
    bittasi-kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi – o’smirning oilada va maktabda nazoratn chetda qolish. 
    Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e’tiboridan tashqari, o’z oqimida, maqsadga muvofiq, tarzda 
    kechadigan bo’lsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o’smirlar paydo bo’lishiga olib keladi.
    Birinchi jihatni tahlil qilib ko’raylik, chunonchi, o’smirlik bosqichidagi o’g’il va qizlarda 
    ilk «kattalik» hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o’smir munosabat uslubini o’zgartiradi, axloq 
    mazmuni ham keskin o’zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko’zga tashlanadigan 
    ayrim tomonlari o’smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg’otadi. 
    Jumladan modaga qiziqish, o’ziga aro berish, o’zgacha «madaniy» horqdiq chiqarish, mulzamat 
    qilishga intilish kabilar. Ular ko’pincha talablarga, katta yoshdagi kishilarga, televizor va kinolarda 
    ko’rgandlariga taqlid qiladi. O’z tasavvurida nimani ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani 
    namuna tarzida qabul qiladi. O’smirda o’z-o’zini va o’zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa 
    yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg’ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob solish 
    holatlari ko’zga tashlanadi. 
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o’smirda dastlab kattalga taqlid qilish odati kuchli bo’ladi. 
    Shuning uchun, ota-ona va yaqin kishilar bu jihatni o’smir huzurida doim esda tutishlari, o’zaro 
    munosabatlarida, yurish-turishlarida, unga namuna bo’larli maqomda turishlarizarur. O’qituvchilar 
    maktab jamoa tashkilotlari rahbarlari haqida ham ayni mulohazani bildirish ma’qul.
    Endi ikkinchi jihatga diqqat qilsak, bunda engsh xatarli tomon-o’smirning beqaror yigitchalar 
    bilan muloqotga kirishishidir. Bunday kishilar uni noto’g’ri, egri yo’lga boshlaydilar, o’z 
    shaxsiyatini ko’zlab yashashga o’rgatadilar.
    Shuni aytish joizki, bo’sh vaqtni nazoratsiz o’tkazishga o’rgangan o’smir ko’cha-kuyda bevaqt 
    va behuda yuradigan bo’lib qoladi. Bunday sharoitda ayniqsa pulga ruju qilgan o’smir turli xil 
    qonunbuzar ishlarni amalga oshirishga kirib ketishi ehtimoldan holi emas. Shunga ko’ra, har bir 
    ota-ona o’z o’g’il yoki qizining bo’sh vaqtini maqsadga muvofiq o’tkazishni ta’kidlashi zarur. 
    O’smirni bo’sh vaqtlarida nazoratsiz qoldirish noxush kechinmalar sari yetaklaydi. 
    Bolalari maktabda kelib qayoqqa yuradi, kimlar bilan uchrashadi, o’rtoqlari kim – buni ota-ona 
    albatta bilishi, doimo kuzatib aniqlashi kerak. Agar o’smirning yurish-turishi nazorat qilinmasa, 
    bamaylixotir yurishga o’rganib ketadi va keyin uni bunday xulqdan qaytarib olish qiyin kechadi. 
    Har qanday holatda o’smirni haqorat qilish, uni kaltaklash mutlaqo chramaydi. Aksincha uning 
    salbiy odat va xatti-harakatlari, axloqiy jihatdan aynishlari oqibatini shirin so’z bilan ko’z oldiga 
    keltirib, ishonchli dalillar bilan tushuntirish zarur.
    Psixologiya fanida inson xulq-atvoridagi o’zgarish, goho chetga og’ish hodisasi ijtimoiy hayot 
    bilan bog’liqligi haqida umumiy qonuniyat mavjud. Jahon psixologlari olib borgan tadqiqotlar 
    tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishga ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik-psixoloik 
    omillar ham sabab bo’lishini ko’rsatmoqda.O’smirlar harakatlarini izchil va uzluksiz o’rganishщ, 
    ulardagi chetga og’ish ko’rinishlari turlicha bo’lishini ta’kidlamoqda. Oiladagi nosog’lom muhit va 
    sharoit ham tarbiyasi qiyin o’smirlarning yashashi va o’qishi uchun imkoniyatlar, qulay sharoitlar 
    yo’qligi uning ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Unda ota-onasidan norzilik hissi kundan-
    kunga avj olib ichki tug’yonga aylanadi. Alamdan chiqish ustun kelganda, o’smir ba’zi noxush 
    hatti-haraktgacha borib yetishi mumkin. Biroq u o’zida bu kezda alamli kechinmalarni idrok 
    qilolmaslik, nojo’ya qilmishini darrov payqab olmasligi ham ehtimol. Oilada ota-ona o’rtasida 
    samimiy munosabatning bo’lmasligi, ichimliklar iste’mol qilinishi, chayqavchilik, sudxo’rlik, 
    xalq mulkini talash kabi nopok ishlar bilan shug’ullanish o’smirning ruhiy dunyosida yomon iz 
    qoldiradi. «Qush uyasida ko’rganini qiladi» deganlaridek, o’smir ham ota-onasi orqasidan ketishi 
    mumkin. Ba’zan esa u oiladagi bunday jirkanch holatni ko’rmaslik uchun o’z uyini tark etgan 


    138

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish