134
Май 2021 10-қисм
Тошкент
OLIY MAKTAB O’QITUVCHISINING INNOVATSION FAOLIYATI
Sharipova Muqaddas Abdurahmonovna
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 319-maktab
Biologiya fani o’qituvchisi
telefon: +998946675342
Annotatsiya:
Maqolada Oliy maktab o‘qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab
pedagogikasining bosh muammolaridan biri ekanligi hamda ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish-
innovatsion pedagogikani rivojlantirishga qaratilganligi haqida ta’kidlagan.
Kalit so’zlar:
Innovatsion pedagogik, individual, integratsiyalashuv, intellektual
Hoziigi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish-innovatsion pedagogikani maydonga olib
chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy yevropa va
AQShda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Oliy maktab o‘qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab
pedagogikasining bosh muammolaridan biridir. Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish,
yangilikdir. Innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka-tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga
yangi, nisbatan turgan unsurlani kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlani tushunadi.
Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Ilmiy yo‘nalishlarda
yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika,
texnologiya va boshqalar Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining
mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya
tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar: Oliy maktab innovatsion
jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin: 1.Madaniyatshunoslik jihatidan
(insonni bilishning ustuvor rivojlanishi)yondashuv; 2.Shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi
texnologiyalar) yondashuv; 3.Ko‘p subyektli (dialogik) yondashuv, ya’ni kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish;
4. Individual - ijodiy (o’qituvchi va talabalarning o’zaro munosabatlari asosida) yondashuv.
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning subyekti o‘qituvchi va uning shaxsiy imkoniyati
hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari
yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi. O‘qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul
qilingan o‘quv-taibiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko‘rsatmalarini anglay bilish; intellektual
mehnatning yangi tadbirlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o’z-o’zini tarbiyalash va
mustaqil tahsil olish, qiyinchilildarni a’lo darajda yenga bilish, o’sish va mustahkam o’rin
egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan aniqish,
o’zining sotsial roli funksiyasini bajarishida faol munosabatda bo’lish . Innovatsion pedagogik
jarayonning muhim unsurlari shaxsning o’z-o’rni boshqarishi va o’zini- o’zi safarbar qila olishi
hisoblanadi.Uning eng muhim yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo‘nalish talabalarning o‘quv ishlarini faollashtirish, ulaming kasbiy ixtisoslashishini
aniqlab olish faolligini o‘z ichiga oladi. Tayanch yo‘nalishlar ta’lim , fan va ishlab chiqarishning
integratsiyalashuvi, ulaming o‘zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o‘tish. Shunday qilib,
innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo‘nalishi gumanistik aksblogiya
ekan, degan xulosaga olib keladi.