|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 147/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, so‘z, o‘zak, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot,
sifat, fe’l, son, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, darak gap, so‘roq gap, undov gap singari juda
ko‘p yangi atamalarni bilib oladilar.
O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan narsalarini o‘qituvchi
yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar.
Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurni
o‘stiradi. Tabiat hodisalari va predmetlarni idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid
tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar ta’lim jarayonida yo narsalarni (
daraxt, olma, shaftoli,
o‘rik, olxo‘ri, gul, o‘t
kabi), yo ularning belgisini (
mevali, mevasiz; achchiq, nordon, shirin; qizil,
oq
kabi), yo harakatini (
daraxt o‘sadi, qush uchadi, bulbul sayraydi
kabi) ifodalovchi so‘zlar bilan
bog‘lanadi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi
barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy
til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, har doim o‘quvchi
daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu
bilan u bolalarni ifodali so‘zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o‘rgatadi, tilga sezgirlikni uyg‘otadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Иванов П. И. Умумий психология. –Т.: «Ўқитувчи», 1997. 306 - бет
2. Рождественский Н. С., Кустарева В. А. Методика начального обучения русскому язы-
ку. - М.: «Просвещение», 1965. 297-бет.
3. Qosimova. K. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish.T.: 1964.
4. Safarova. R. Nutqiy ko‘nikmalarni tekshirish asoslari. //Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 1997.
№5. 10-11-betlar.
|
| |